2-mavzu : Gul tuzilishi va xillari,To’pgullar va ularning tuzilishi. Reja



Yüklə 366,6 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/6
tarix17.02.2023
ölçüsü366,6 Kb.
#123467
  1   2   3   4   5   6
2-maruza



2-MAVZU
: Gul tuzilishi va xillari,To’pgullar va ularning tuzilishi. 
Reja: 
1. Gulning tuzilishi. 
2. Gul qismlarining joylashishi. 
3. Gul formula va diagrammasi. 
1. Gulning tuzilishi va rivojlanishi. Gul novdaning uchki va barg 
qo’ltig’idagi meristemadan hosil bo’ladigan reproduktiv (ko’payish) organi 
hisoblanadi. Gulda sporogenez, gametogenez, jinsiy jarayonlar, changlanish, 
urug’lanish va mevaning hosil bo’lish jarayonlari ro’y beradi. 
Gulbandi gulni poyaga biriktirib turadi. Ba’zi o’simliklarning gullarida 
gulbandi bo’lmaydi. Bunday gullarni o’troq gullar deyiladi. Issiqsevar 
o’simliklarda gulbandi uzun bo’ladi. Gulbandining yuqori qismi kengayib gul 
o’rnini hosil kiladi. Gul o’rni botiq, qavariq va tekis bo’ladi. Gul o’rnida 
gulqo’rg’oni, changchilar va urug’chi joylashadi.
Gul changlanib, urug’langandan keyin tuguncha devoridan meva, 
urug’kurtakdan esa urug’ hosil bo’ladi.
Gullar to’g’ri – aktinomorf, qiyshiq - zigomorf yoki asimmetrik bo’ladi. 
Gulqo’rg’onining bo’lishi, bo’lmasligi va tuzilishiga qarab gullar:


1) gomoxlamid-gulqo’rg’oni oddiy kosachabarglardan yoki tojbarglardan 
tashkil topgan, barglari bir xil rangda, gul o’rnida spiral joylashgan, (lola, 
magnoliya);
2) geteroxlamid-gulqo’rg’oni murakkab, kosacha va tojbarglardan iborat 
(olma, o’rik, na’matak); 
3) gaploxlamid yoki monoxlomid-gulqo’rg’oni bir qator, ko’pincha 
kosachabarglardan tuzilgan (gazanda, qayrag’och); 
4) apoxlamid - gulqo’rg’oni yo’q yalong’och (tol, shumtol) tipda bo’ladi. 
Gullarda jinslarning joylashishi. Gullarda ham changchi ham urug’chi 
bo’lsa ikki jinsli deyiladi (masalan, olma, g’o’za, bug’doy). Ayrim o’simliklarda 
gullar bir jinsli bo’ladi (bodring, xurmo). Bunday gullarda faqat urug’chi yoki 
changchi bo’ladi. Bir jinsli gullarda fakat androtsey bo’lsa – bir jinsli erkak gul 
deb ataladi. Gulda fakat ginetsey bo’lsa bir jinsli urg’ochi gul deyiladi. Bir 
o’simlikda bir jinsli (ham erkak ham urg’ochi) gullar bo’lsa, bir uyli 
(makkajo’xori, yong’oq, bodring), urug’chi va changchi gullari boshqa-boshqa 
o’simliklarda joylashgan bo’lsa, ikki uyli (tol, terak, ismaloq) deyiladi. Ba’zi 
o’simliklarda ikki jinsli bilan bir jinsli gullar uchraydi va ko’p uyli yoki poligam 

Yüklə 366,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin