2-MAVZU
: Gul tuzilishi va xillari,To’pgullar va ularning tuzilishi.
Reja:
1. Gulning tuzilishi.
2. Gul qismlarining joylashishi.
3. Gul formula va diagrammasi.
1. Gulning tuzilishi va rivojlanishi. Gul
novdaning uchki va barg
qo’ltig’idagi meristemadan hosil bo’ladigan reproduktiv (ko’payish) organi
hisoblanadi. Gulda
sporogenez, gametogenez, jinsiy jarayonlar, changlanish,
urug’lanish va mevaning hosil bo’lish jarayonlari ro’y beradi.
Gulbandi gulni poyaga biriktirib turadi. Ba’zi o’simliklarning gullarida
gulbandi bo’lmaydi.
Bunday gullarni o’troq gullar deyiladi. Issiqsevar
o’simliklarda gulbandi uzun bo’ladi. Gulbandining yuqori qismi kengayib gul
o’rnini hosil kiladi. Gul o’rni
botiq, qavariq va tekis bo’ladi. Gul o’rnida
gulqo’rg’oni, changchilar va urug’chi joylashadi.
Gul changlanib, urug’langandan keyin tuguncha devoridan meva,
urug’kurtakdan esa urug’ hosil bo’ladi.
Gullar to’g’ri
– aktinomorf, qiyshiq
- zigomorf yoki
asimmetrik bo’ladi.
Gulqo’rg’onining bo’lishi, bo’lmasligi va tuzilishiga qarab gullar:
1) gomoxlamid-gulqo’rg’oni oddiy kosachabarglardan yoki tojbarglardan
tashkil topgan,
barglari bir xil rangda, gul o’rnida spiral joylashgan, (lola,
magnoliya);
2) geteroxlamid-gulqo’rg’oni
murakkab, kosacha va tojbarglardan iborat
(olma, o’rik, na’matak);
3) gaploxlamid yoki monoxlomid-gulqo’rg’oni
bir qator, ko’pincha
kosachabarglardan tuzilgan (gazanda, qayrag’och);
4) apoxlamid - gulqo’rg’oni yo’q yalong’och (tol, shumtol) tipda bo’ladi.
Gullarda jinslarning joylashishi. Gullarda ham changchi ham urug’chi
bo’lsa
ikki jinsli deyiladi (masalan,
olma, g’o’za, bug’doy). Ayrim o’simliklarda
gullar
bir jinsli bo’ladi (
bodring, xurmo). Bunday gullarda faqat urug’chi yoki
changchi bo’ladi. Bir jinsli gullarda fakat
androtsey bo’lsa –
bir jinsli erkak gul
deb ataladi.
Gulda fakat ginetsey bo’lsa
bir jinsli urg’ochi gul deyiladi. Bir
o’simlikda bir jinsli (ham erkak ham urg’ochi) gullar bo’lsa,
bir uyli
(
makkajo’xori, yong’oq, bodring), urug’chi va changchi gullari boshqa-boshqa
o’simliklarda joylashgan bo’lsa,
ikki uyli (
tol, terak, ismaloq) deyiladi. Ba’zi
o’simliklarda ikki jinsli bilan bir jinsli gullar uchraydi va
ko’p uyli yoki poligam