2-mavzu : Gul tuzilishi va xillari,To’pgullar va ularning tuzilishi. Reja


–rasm. Kosachabarglarning tiplari



Yüklə 366,6 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix17.02.2023
ölçüsü366,6 Kb.
#123467
1   2   3   4   5   6
2-maruza

3–rasmKosachabarglarning tiplari: 1–kosabarglar birikmagan, alohida joylashgan; 2–
tsilindrsimon; 3–qo’ng’iroqsimon; 4–ikki labli; 5–bo’rtgan. 
Tojibarg.  Tojibarg gulqo’rg’oning ichki aylanasini tashkil etib, kosachadan 
ochiq rangi va kattaligi bilan farq qiladi. Gulning o’lchami tojibarglarning 
o’lchamiga to’g’ri keladi. Tojibarglar ayrim yoki qo’shilgan bo’ladi (45rasmlar). 
Qo’shilgan tojbarglarda tishchalar mavjud bo’lib, tishchalar tojibarglar soniga teng 
bo’ladi. Qo’shilgan tojibarglar naysimon bo’lib, uzunligiga qarab, dolixomorf, 
mezomorf, braximorf tiplarida bo’ladi (Dolixomorf – naychasi uzun, mezomorf - 
o’rta, braximorf - qisqa). Naychaning uzunligi changlanish bilan bog’liq. Gulning 
simmetriyaligi tojibarglarning tuzilishiga qarab aniqlanadi, masalan, aktinomorf, 
zigomorf gullar.
Gullarda pixlarning paydo bo’lishi. Pix – gultojibarg asosidagi cho’ziq 
o’simtadir. Ba’zi o’simliklar oilalari vakillarini gullarida pixlarning hosil bo’lishi 
changlanishga moslanish xususiyatlaridan biridir (ko’knordoshlar, ayiqtavondoshlar 
va boshqalar). Pixning paydo bo’lishi asalshira ajralish bilan bog’liq. Pixning ichki 
tamoni bo’sh bo’lib, asalshira pixning devorlaridan yoki ichki tamonidagi asalshira 
bezlaridan ajraladi. 


4–rasm. Tojbarglarning tuzilishi: 1-ayrim va 2-3-qo’shilib o’sgan. 
5–rasm. Tojbarglarning tuzilishi: 1–Naysimon; 2G’ildiraksimon; 3Ikki labli; 4–Bir labli; 5– 
Kapalaksimon; 6– Voronkasimon; 7–Qo’ng’iroqsimon. 
Androtsey 
Guldagi changchilar to’plami androtsey deyiladi. Changchilar gulda bittadan 
bir necha yuz bo’lishi mumkin (6–rasm). Masalan, gulsapsarda –
3 ta, qoqio’tdoshlarda 5 ta; piyozdoshlarda 6 ta, burchoqdoshlarda 10 ta, 

Yüklə 366,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin