Soliq to‘lovchilar tarkibi, soliq obyekti va soliq bazasi Soliqqa tortish maqsadida foydaga soliq to‘lovchilarni rezidentlar va norezidentlarga ajratiladi. Soliq kodeksining 33-moddasiga muvofiq, quyidagi yuridik shaxslar O’zbekiston Respublikasining soliq rezidentlaridir: - O’zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari;
- O’zbekiston Respublikasining soliq solish masalalari bo’yicha xalqaro shartnomalariga muvofiq ushbu xalqaro shartnomalarni qo’llash maqsadlari uchun O’zbekiston Respublikasining soliq rezidentlari deb e’tirof etilgan chet el yuridik shaxslari;
- haqiqatdagi boshqaruv joyi O’zbekiston Respublikasi bo’lgan chet el yuridik shaxslari, agar O’zbekiston Respublikasining soliq masalalari bo’yicha xalqaro shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa.
Soliq to‘lovchilar tarkibi, soliq obyekti va soliq bazasi O’zbekiston Respublikasining soliq rezidentlari bo’lmagan yuridik shaxslar O’zbekiston Respublikasining norezidentlari deb e’tirof etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan yuridik shaxslar O‘zbekistonda va undan tashqaridagi faoliyatdan olgan daromadlaridan foyda solig‘iga tortiladilar.
Rezidentlar doimiy faoliyat ko‘rsatuvchilar bo‘lsa, norezidentlar faoliyati Respublikada vaqtinchalik xarakterga ega bo‘ladi.
Soliq to‘lovchilar tarkibi, soliq obyekti va soliq bazasi Soliq kodeksining 295-moddasiga muvofiq soliq to’lovchi tomonidan olingan foyda foyda solig’i bo’yicha soliq solish ob’ekti hisoblanadi.
Soliq kodeksining 296-moddasiga muvofiq soliq solinishi lozim bo’lgan foyda summasi soliq bazasi hisoblanadi.
Soliq bazasini belgilangan tartibda va shartlarda aniqlashda soliq to’lovchi daromadlarining va (yoki) xarajatlarining (zararlarining) ayrim turlari maxsus qoidalar bo’yicha inobatga olinishi yoki inobatga olinmasligi mumkin.
Soliq to‘lovchilar tarkibi, soliq obyekti va soliq bazasi Soliq to’lovchi foydani va zararni hisobga olishning umumiy tartibidan farq qiladigan tartibi nazarda tutilgan operatsiyalar bo’yicha daromadlarning (xarajatlarning) alohida-alohida hisobini yuritadi.
Soliq bazasi, agar Soliq kodeksining 48 va 50-boblarida boshqacha qoida belgilanmagan bo’lsa, soliq davri boshlanganidan e’tiboran ortib boruvchi yakun bilan aniqlanadi.
Soliq to’lovchi tomonidan hisobot (soliq) davrida ko’rilgan zararlar soliq solish maqsadlarida soliq bazasini belgilangan tartib va shartlarda kamaytiradi.