internetning qora bozorida sotishga qaror qilishgan, shundan so‘ng MySpace
ma'muriyati barcha parollarni tashladi. Manbaga ko‘ra, ijtimoiy tarmoq
akkauntlarining ma'lumotlari hech qanday qiziqish uyg‘otmaydi, biroq
foydalanuvchi barcha saytlarga nisbatan bitta parolni qo‘llagan bo‘lsa, bu ma'lumot
tovlamachilarga boshqa servislarga ham kirish imkonini beradi.
«MySpace» ijtimoiy tarmog‘i o‘z foydalanuvchilarining 12 yillik (2003—2015-
yillar) ma’lumotlarini yo‘qotib qo‘ydi. Bu haqda «Xaytek» yozmoqda.
Ijtimoiy tarmoq 2015-yilgacha
joylangan barcha audio, video va fotofayllaridan
ayrildi. Taxminlarga ko‘ra, 14 million nafardan ortiq musiqachining 12 yil
davomida joylangan 50 milliondan ziyod treklari yo‘qolgan. Bloger hamda
«Kickstarter» sobiq texnik direktori Endi Bayo shuncha ulkan ma’lumotlar bazasi
«tasodifan yo‘qolib qolishi» mumkinligiga shubha bilan qaramoqda. «MySpace»
— musiqa ayirboshlashga ixtisoslashgan ommaviy ijtimoiy tarmoq. Shu tarmoq
«Arctic Monkeys» guruhini va qo‘shiqchi Adelni jahonga tanitgan. «MySpace»
2006-yili AQShda hatto «Google»dan ham mashhur edi, biroq hozir Okeanortida
«kuchli mingtalik»ka ham kirmaydi.
Yoshlar o’z qarashlarini bayon etishda yoki fikr-mulohazalarini tasdiqlashda
mediadan foydalanadi. Medialar fuqarolik jamiyati xususidagi bahsmunozaralar
uchun faol maydoncha vazifasini o’taydi. Ular “partisipatsiya” xodisasini, ya’ni
shaxslar va hamjamiyatlarning, deylik,
ijtimoiy tarmoqlar orqali, turli fuqarolik
aksiyalari va munozaralarida birgalikda ishtirok etishini yuzaga keltiradi.
An’anaviy medialarda odatda kattalarning fikri ustunlik qiladi, shu bois yoshlar
virtual makonda o’z qarashlarini bayon etishni afzal biladi. O’zini jamiyatning faol
a’zosi deb his etish yoshlarda fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishga yordam
beradi. YOsh jurnalist muayyan mediaresurs ustida ishlar ekan, o’z auditoriyasida
faol ijtimoiy pozitsiyani shakllantirishga, shu orqali fuqarolarning ijtimoiy
faolligini oshirishga xizmat qilishi kerakligini tushunishi zarur. Xabardorligi yuqori
bo’lgan insonlar qarorlar qabul qilish hamda jamiyat
hayotida ishtirok etishga
yaxshiroq tayyor bo’ladi. Bola huquqlari to’g’risidagi xalqaro Konvensiya bolalar
va yoshlarning turli kanallar orqali o’z qarashlarini bayon etish, axborot izlash va
olish huquqlarini kafolatlaydi. Shu bilan birga, ularning yoshlar uchun
yaratilayotgan imkoniyatlardan xabardorligini oshirish, bunda jumladan,
mediakontent
imkoniyatlaridan foydalanish, ularga qarorlar qabul qilish hamda
o’zlari ma’qullamaydigan fikrlarni inkor etishga yordam beradigan axborotni
qayerdan va qanday olishni ko’rsatish ham muhim ahamiyatga ega. Medialar
shuningdek, yoshlarga muhim bo’lgan axborotlarni izlab topishda hamda fuqarolar
bahs-munozaralarida qatnashishi uchun imkoniyatlar yaratishda yordam berishi
kerak. O’z fikrini aniq bayon etish, uni asoslab bera olish,
voqea va hodisalarni
turli nuqtai nazardan ko’rib chiqish malakasi –media savodxonligining muhim
tarkibiy qismi bo’lib, undan OAVning turli kanallari uchun maqola tayyorlashda,
videomaterialni e’lon qilishda, muhim masalalar yuzasidan ijtimoiy reklama
tayyorlashda yoki bahs-munozaralarni tashkil etishda foydalanish mumkin.
Masalan, o’quvchilar o’zi uchun ahamiyatli bo’lgan muammo yuzasidan ijtimoiy
mediakampaniyaga qo’shilishi, kampaniya qanday kechayotganini kuzatib borishi
mumkin. Bir vaqtning o’zida ular opponentlar uchun ma’qul bo’ladigan shaklda o’z
nuqtai nazarini shakllantirishni ham o’rganib boradi. O’z
fikrini bayon etish
erkinligini cheklashga, faqat boshqa odamlarga ham o’z qarashlarini bildirish
imkonini berish zarurati tug’ilgandagina yo’l qo’yiladi. Haqorat qilish, sha’nga
tegish, nafrat kabilarni taqiqlovchi qonunlar ko’rinishidagi bunday cheklovlar turli
suiste’mol qilish holatlarining oldini olish uchun juda zarur.
Ular uchun “mashhur bo’lib ketish” o’zini namoyon etish, hamda shu orqali
tor yoki keng doiradagi odamlar, aksariyat hollarda tarmoqlardan xalqaro miqyosda
foydalanuvchilar qo’llab- quvvatlashi va e’tirofiga sazovor bo’lishdan iboratdir.
YOshlar uchun mediadan foydalanish yaqqol ijtimoiy ma’noga egaligi bilan ajralib
turadi. Ijtimoiy tarmoqlar orqali yoshlar ayni damda o’zidan olisda bo’lgan
yaqinlari bilan muloqotda bo’lib turadi, yangi do’stlar orttiradi. Ular
Internetda turli ijtimoiy rollarda o’zlarini sinab ko’rish imkoniyatiga ega. Uyatchan
va kamgap inson tarmoqda ochiq va sergap bo’lib ketishi ham mumkin. Ammo
interfaol muloqot orqali barcha ijtimoiy ko’nikmalarga ega bo’la olish mumkin
emas. Shuning uchun yoshlarning real hayotda ham do’stlari bo’lishi juda muhim.
Ko’plab yoshlar tarmoqdagi do’stlari bilan real hayotda ham uchrashib turadi.
1.
Yoshlar va kommunikatsiyalarning mobilligi. Kommunikatsiyaning mobilligi
deganda “ko’p kanallilik” tushuniladi. Yoshlar vaziyat va o’z ehtiyojlaridan kelib
chiqib, turli-tuman media qurilma va kontentlardan foydalanadi.
2.
Yoshlar media-resurs parcha(fragment)larini afzal ko’rishadi.
Foydalanuvchilar
ko’plab takliflar orasidan mediani tanlash imkoniyatiga ega, ya’ni: qaysi
videoklipni ko’rish, qanday yangiliklarni ochish, qaysi ma’lumotlarga ishonish va
h.k. Yoshlar turli manbalardan olingan axborot parchalarini yaxlit holatga keltiradi.
Natijada esa parchalanish (fragmentatsiyalash) xavfi va umumiy manzaraning
buzilishi ehtimoli yuzaga keladi.
3.
Yoshlar mediakontentni do’stlariga tavsiya etadi. Ijtimoiy mediada har kim
axborotning markaziy manbasiga, fikrlar filtri yoki baobro’ yetakchisiga aylanishi
mumkin. Bunda axborot oqimlari kesishadigan markazga aylanish juda oson,
chunki bu vositalardan barcha foydalana oladi.
4.
Yoshlar parallel ravishda bir necha mediadan foydalanadi. Bir vaqtning o’zida
medianing bir necha turi qo’llanilishi mumkin: yoshlar bir vaqtning o’zida radio
tinglashi, jurnal o’qishi va Facebookda do’stlari bilan muloqot qilishi mumkin.
5.
Yoshlarda har doim mediavositalar mavjud bo’ladi. Deyarli barcha o’smirlarning
qo’lida
har doim uyali telefon, planshet yoki mp3pleyer bo’ladi. Mobil Internet
ijtimoiy tarmoqlar uchun yangidan-yangi imkoniyatlar eshiklarini ochib bermoqda.
Makondagi joylashuvni o’rnatishga asoslangan ilovalardan foydalanish bunga
yaqqol misol bo’la oladi.
Dostları ilə paylaş: