2-mavzu: kasbiy psixologiya fanining tadqiqot metodlari. Reja



Yüklə 267,62 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/8
tarix09.01.2023
ölçüsü267,62 Kb.
#122100
1   2   3   4   5   6   7   8
2-ma\'ruza

Sotsiometriya metodi. Bu tadqiqot metodiga AQShlik Djon Moreno asos solgan boʻlib, 
kichik (birlamchi) guruh a’zolari oʻrtasida emotsional, hissiy munosabatlarni bevosita oʻrganish 
va darajasini oʻlchashda qoʻllaniladi. Mazkur metod yordamida muayyan guruhdagi har bir 
a’zoning oʻzaro munosabatlarini aniqlash uchun uning faoliyatida kim bilan ishtirok etishi 
soʻraladi. Olingan ma’lumotlar atritsa, grafik, sxema, jadval, diagramma shaklida ifodalanadi. 
Ulardagi miqdor koʻrsatkichlari guruhdagi odamlarning shaxslararo munosabatlari mazmuni 
yuzasidan ma’lum bir xulosa qiladi. Biroq ma’lumotlar guruhiy munosabatlarning tashqi 
koʻrinishini aks ettiradi xolos. Uni takomillashtirish aqsadida hozirgi vaqtda psixolog olimlar 
Ya.L.Kolominskiy va I.P.Volkov tomonidan sotsiometriyaning kichik guruhlar psixologiyasiga 
moslab 
oʻzgartirilgan 
variantlari, 
koʻrinishlari 
ishlab 
chiqilganki, 
ular 
orqali 
shaxslarning bir – birini tanlashi motivlarini aniqlash mumkin. Ayniqsa, sotsiometriyaning 
Ya.L.Kolominskiy ishlab chiqqan oʻzgartirilgan varianti bolalar jamoasidagi shaxslararo 
munosabatlar toʻgʻrisida toʻla axborot berishga yordam beradi. Odatda oʻquvchilardn 
quyidagicha savollarga javob berish talab qilinadi: “Sen sayohatga kim bilan borishni 
xohlaysan?”, “mashgʻulotlarga kim ilan birga tayyorlanishni istaysan?”, “Kim bilan qoʻshni 
boʻlib yashashni yashashni yoqtirasan?” sinaluvchi har uchta javobdan bittasini “eng ma’qul” 


deb tanlashi lozim. Unga “avval, hammadan koʻra koʻproq kim bilan birga boʻlishini 
xohlasang, oʻshaning familiyasini yoz”, “aytilgan shartlarga binoan uchinchi shaxsning 
familiyasini yoz” deb uqtirish maqsadga muvofiq. Guruhiy tabaqalanishni koʻrsatish uchun 
sotsiogramma toʻrtta “maydon”ga ajratiladi. 
Qizlar doiracha bilan, oʻgʻil bolalar esa uchburchaklar bilan belgilanadi. Doiracha va 
uchburchaklar soni familiyalar soniga toʻgʻri keladi. Guruh a’zolarining oʻzaro munosabatlari 
doiracha va uchburchaklar strelkalar bilan bogʻlanganida oʻz ifodasini topadi. Eng koʻp 
munosabatga ega boʻlgan sinaluvchi doiraning markazidan oʻrin oladi. U guruh a’zolarining eng 
yoqimtoyi hisoblanadi. Shaxslar bilan aloqa oʻrnatmagan sinaluvchi doiraning eng chetidan joy 
oldai. Oraliqdagi “maydon”larga oʻrtacha va undan kamroq tanlangan tekshiriluvchilar 
joylashtiriladi. Shu yoʻl bilan birinchidan shaxslararo munosabatlarning darajasi va koʻlami 
aniqlanadi, ikkinchidan qizlar bilan oʻgʻil bolalar oʻrtasidagi koʻrsatkichlar taqqoslanadi.
Natijalarga qarab guruhdagi munosabatlar va ularning oʻziga xosligi, psixologik birini 
taqozo etuvchanligi haqida xulosalar chiqariladi. Shu bilan birga nazariy va metodologik 
hamiyatga molik gʻoyalar, qonuniyatlar ilgarisuriladi, amaliy koʻrsatmalar beriladi, aniq 
tavsiyalar bildiriladi, mavzuning tadqiqot istiqboli toʻgʻrisida muloxazalar yuritiladi. 

Yüklə 267,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin