2-mavzu: kasbiy psixologiya fanining tadqiqot metodlari. Reja


Faoliyat mahsulotini tahlil qilish metodi



Yüklə 267,62 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/8
tarix09.01.2023
ölçüsü267,62 Kb.
#122100
1   2   3   4   5   6   7   8
2-ma\'ruza

Faoliyat mahsulotini tahlil qilish metodi. Bu metod psixologiyada inson xotirsi 
tafakkuri, qobiliyati va hayolining xususiyatlarini aniqlash maqsadida keng qoʻllaniladi. Odam 
chizgan rasmlar, yasagan oʻyinchoqlar, modellar, toʻqigan narsalar, tikkan qoʻgʻirchoqlar, toʻqib, 
soʻzlab berilgan hikoyalar, texnik konstruksiyalar sxemasini tushunish kabilarni tahlil qilish 
orqal iularning mantiqiy xotirasi, tafakkuri, badiiy va adabiy qobiliyati, ijodiy hayoli, texnik ijodi 
yuzasidan materiallar toʻplash mumkin. 
Mazkur metodda ijod mahsulining yaratgan jismoniy shaxs bevosita ishtirok etmaydi. 
Teshiriluvchi bilan tekshiruvchi oʻrtasida muloqot oʻrnatish uchun shaxsning psixikasi 
toʻgʻrisida sirtdan muayyan hukm va xulosa chiqariladi. Tekshiruvchi (oʻqituvchi, murabbiy, 
psixolog) ekspert tariqasida shaxslar ijodiyotiga baho beradi, bunda mehnat mahsulining shakli, 
mazmuni, sifati, originalligi, hajmi, xususiyati bilankeskin tafovut qilishi nazarda tutiladi. Ijodiy 
faoliyat mahsullarini tahlil qilish orqali har xil yoshdagi va kasbdagi odamlarning psixik 
xususiyatlaritoʻgʻrisida ma’lumotlar toʻplash mumkin. 
Faoliyat mahsulotlarini oʻrganish inson ruhiyatini oʻrganish metodlari ichida oʻziga xos 
oʻrinni tashkil etadi. SHuni ta’kidlab oʻtish joizki, inson ruhiyatini oʻrganish yuqorida bayon 
qilingan metodlardan tashqari yana ayrim qoʻshimcha metodlardan ham foydalaniladi.
E’tirof etish joizki, qoʻllanilayotgan har bir metodning oʻziga xos ijobiy, afzal tomonlari 
bilan birgalikda qiyin va salbiy tomonlari ham mavjud. Shu bois konkret shaxs ruhiyatini 
oʻrganish vaqtida yakka metodlar natijalari bilankifoyalanib qolish mumkin emas. 
Ruhiyatni tekshirishda atroflilik, dinamiklik, ob’yektivlik, tekshiruvchining yosh 
xususiyatlarini inobatga olish va boshqa tamoillarga suyanish darkor. 
 
NAZORAT UCHUN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR: 
1. Metod nima? 
2. Kasbiy Psixologiyaning qanday tadqiqot metodlari mavjud?
3. Tadqiqiy metodlarning necha turi mavjud? 
4. Longityud metodi qanday metod? 
5. Kesimli metod qanday metod? 


6. Tashkiliy metodlarga nimalar kiradi? 
7. Kasb psixologiyasi oldida qanday tadqiqiy masalalar turibdi? 
8. Genetik usullar nima uchun mo‘ljallangan? 
9. Biografik usul qanday usul? 
10. Anamnez metodi qanday metod? 
11. Xususiy metodlarga qaysi metodlar kiradi? 
12. Metodlarning qanday klassifikatsiyalari mavjud?
13. Kuzatish metodi qanday metod va u nechiga bo‘linadi? 
14. Eksperimental metod va eksperimental psixologiya deganda nimalarni tushunasiz? 
15. Faoliyat mahsulotini tahlil qilish metodi qanday metod? 

Yüklə 267,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin