Operandlarni saqlash joyiga qarab klassifikatsiyalash
Bo’yruqlar tizimi arxitekturasi ko’rinishi quyidagilarga bo’linadi:
stekli;
akkumulyatorli;
registrli;
xotiraga ajratilgan murojaatli.
Aniq arxitekturani tanlash bir qator fikrlarga bog’liq:
buyruqlarning bir qismi nechta adreslarni o’z ichiga oladi;
bu so’zlarning uzunligi qancha bo’ladi;
operandlarga murojaat qanchalik oson bo’ladi;
buyruqlarning umumiy uzunligi qanday bo’ladi.
Stek arxitekturasi Stek – bu mantiqiy ravishda bir-biriga bog'langan yaycheykalar to'plamini tashkil etuvchi, “oxirgi kelgan, birinchi ketadi” tamoilo asosida o'zaro munosabat qiluvchi xotira (Last In First Out).
Stekli xotiraning ishlash prinsipi
O’qish/yozish amallari faqat stekning cho’qqisida amalga oshadi.
Stekka asoslangan BTA li (stekli BTA) EHMsida operandlar qayta ishlanishdan oldin stek xotirasining yuqori ikkita yaycheykasiga joylashtiriladi.