2-mavzu Korxona mustaqil xo‘jalik yurituvchi bozor sub’ekti. Re
4.Korxonadagi ishlab chiqarish va bozor aloqalari Korxonalar faoliyatini ayrim turlari davlat tomonidan litsenziyalash (ruxsatnoma) orqali amalga oshiriladi.
Jahon tajribasida litsenziya ixtiro, texnologiya, texnologik bilim, ishlab chiqarish siri, tajribasi, savdo markasi kabilarga beriladi.
CHet ellar amaliyotida litsenziyalar huquqiy xarakteri va miqdoriga qarab har xil turlarda ishlatiladi. Ular maxsus, maxsus bo‘lmagan (oddiy), to‘la kabilar. Bu litsenziyalar patentli yoki patentsiz bo‘ladi.
Jahon bozori amaliyotida litsenziyalar va nou-xau bilan oldi-sotdi savdosi keng tarqalgan. Bunday hollarda litsenziya, ixtiro, texnologiya, texnologik bilim, ishlab chiqarish tjribasi, ishlab chiqarish siri, savdo markasi kabilarni (egasi) sotuvchini (litsenziar) ularni sotib oluvchiga (litsenziat) biron bir davrga ishlatish uchun berilgan ruxsatnoma sifatida tushuniladi. Litsenziyalarni sotish patentli va patentsiz bo‘lishi mumkin.
Patentli litsenziya - litsenziyani ishlatish huquqini nou-xausiz berishni (“sof patent”) bildiradi.
Patentli litsenziya olish uni ishlab chiqarishga joriy qilishga qo‘shimcha xarajatlar talab qiladi. Bu esa tijorat xavfini kuchaytiradi va iqtisodiy samarani kamaytirishi, texnologik nuqtai nazardan amalga oshirishi qiyinchiliklar to‘g‘dirish ehtimoli ko‘proq. SHu sababli amaliyotda patentsiz (Litsenziya nou-xausi bilan) litsenziyani sotib olishga ko‘proq intilinadi.
Litsenziyalar o‘z xarakteri va ishlatish huquqining hajmiga qarab quyidagi turlarga ajratiladi:
Oddiy - bunday litsenziyalar litsenziarga (litsenziya egasiga) ushbu hududida bitta litsenziyani bir necha sotib oluvchilarga sotilish huquqini beradi;
Maxsus - sotib oluvchiga litsenziyani ishlatishni monapol huquqini beradi.
To‘la - litsenziatga litsenziyani muddatiga (patent yoki nou-xouni) ishltishga maxsus huquq beradi. Litsenziyalar bilan savdo litsenziya kelishuvlar (shartnomalar) asosida amalga oshiriladi. Kelishuvlar SHartnomalar)da faoliyat litsenziyalangan turi; Litsenziyani ishlatish xarakteri va huquqi; ishlab chiqarish sohasi, doirasi, hududiy chegarasi; litsenziyani ishlatish muddati va boshqa majburiyatlar o‘z aksini topadi.
Litsenziya - iqtisodiyotning ayrim sohalari yoki tarmoqlarida jiddiy davlatshumul ahamiyatga ega bo‘lgan sohalar, tarmoqlar, korxonalarga ayrim mahsulotlarni yaratish, ishlab chiqarish, sotish, tashish, saqlash va ta’mirlash kabi ishlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berish to‘g‘risidagi hujjat.
Litsenziyalash yuqorida keltirilgan jarayonlarni amalga oshirishga ruxsatnoma berish uchun bajariladigan faoliyat.
O‘zbekiston Respublikasida litsenziyalash jarayoni O‘zbekiston Respublikasining “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 28 iyun 2002 yilgi 236-sonli faoliyatni ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risidagi qonunni amalga oshirish chora-tadbirlari haqidagi qarori va hukumatning boshqa qonun hujjatlari asosida amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasining “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi qonunning 3 moddasida litsenziyaga quyidagicha ta’rif berilgan.
Litsenziya - litsenziyalovchi organ tomonidan yuridik yoki jismoniy shaxsga berilgan, litsenziya talablari va shartlariga so‘zsiz rioya etilgani holda faoliyatning litsenziyalanayotgan turini amalga oshirish uchun ruxsatnoma (huquq).
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi faoliyatning litsenziyalanishi majbur bo‘lgan sohalari va turlarini, litsenziyalovchi organlarni aniqlaydi va belgilaydi.
Litsenziyalar namunaviy (oddiy) va yakka tartibdagi turlarga bo‘linadi.
Namunaviy (oddiy) litsenziyalar turiga cheklanmagan doiradagi huquqiy va jismoniy shaxslarga beriladigan litsenziyalar kiradi.
Yakka tartibdagi litsenziyalar jumlasiga huquqiy va jismoniy shaxslarga alohida talablar va shartlar asosida beriladigan, litsenziya egalariga faoliyatning mazkur turini amalga oshirishda mutloq huquqlar beruvchi, miqdoriy cheklangan litsenziyalar kiradi. Ularning miqdoriy cheklanish me’yori, amal qilish hududi, faoliyat ob’ekti yoki hukumat tomonidan belgilanadigan boshqa asoslarga ko‘ra belgilanadi.
Yakka tartibdagi litsenziyalarni berish asosan tanlov (tender) asosida amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 28 iyundagi 236 son qaroriga binoan litsenziyalanishi shart bo‘lgan mahsulotlar, faoliyatlar turlari va faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalovchi organlar tasdiqlangan.
Qurol-yarog‘, o‘q-dorilarini, harbiy-texnikani, ularning ehtiyot qismlari, portlovchi va zaharli moddalarni, shifrlovchi texnikani yaratish, ishlab chiqarish, ta’mirlash va realizatsiya qilish; ko‘priklar va tonellarni, mudofaa ob’ektlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash; noshirlik, nodavlat ta’lim muassasalarining, diniy ta’lim muassasalarining, turizm faoliyatlari; etil spirti hamda boshqa alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish va hokazolar litsenziyalanishi shart.
Litsenziyalovchi organlarga Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat mulk qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Markaziy bank, Aloqa va axborotlashtirish agentligi, Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat agentligi va boshqalar kiradi.