2-Mavzu: Metallarga ishlov berish texnologiyasi. Reja


-rasm. Uzun metallarni qirqish 11-rasm



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə2/7
tarix22.01.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#122441
1   2   3   4   5   6   7
2-Mavzu Metallarga ishlov berish texnologiyasi. Reja

10-rasm. Uzun metallarni qirqish 11-rasm. Listli metallni qirqish
usuli usuli

Metallni qaychi bilan qirqish juda unumli bo’lib, qirindi chiqarmay turib istalgan shakldagi detalni qirqishga va to’g’ridan-to’g’ri tayyor detal olishga imkon beradi


Qo’l qaychilar (26-rasm) yupqa list materialni qirqish uchun ishlatiladi. Ular bilan 0,5-0,7 mm qalinlikdagi po’latni, tunukani, qalinligi 1,5 mm gacha bo’lgan rangli metallarni kirqish mumkin.
Qo’l qaychilarning tig’i kalta, dastasi uzun bo’ladi. Qaychilarning tig’i, v = 70° burchak ostida charxlanadi. Metallni qirkqanda paydo bo’ladigan kuch ta`sirida tig’ning o’t, maslashishiga yo’l qo’ymaslik uchun charxlanish burchagi shunchalik katta olinadi.
Qaychilarning tig’ini o’tkir va to’g’ri chiziqli qilib charxlash kerak. Tig’lar butun uzunligi bo’yicha o’zaro yondoshib turishi lozim. Ular orasidagi zazor 0,2mm dan oshmasligi darkor.

27-rasm. Qo’l qaychi bilan yupqa list materialni qirqish
Agar zazor bundan oshib ketsa, qaychi metallni qirqmay ezadi, natijada kirqilgan joy g’adir-budur bo’lib chiqadi. Agar tig’lar orasida zazor bo’lmasa, katta ishqalanish kuchi paydo bo’lib, tig’ni tez o’tmaslashtirib qo’yadi. Tig’larning ishqalakishini kamaytirish uchun ular bir-biriga tegib turadigan tekislik ki-chik (b =1-2°) burchak ostida charxlanadi. Qo’l qaychilar 65, 70 markali po’latdan yasaladi, qirquvchi tig’lar NRS 52-58 qattiqligigacha toblanadi.
Qaychilar o’naqay (27-rasm, a) va chapaqay (27-rasm, b) bo’ladi. O’naqay qaychilar bilan qirqqanda pastki tig’ning qiyaligi o’ng tomonda bo’ladi. Bunday kaychilar ko’proq qo’llanadi. Chapaqay qaychilar egri chiziqli detallar qirqishda foydalaniladi.
Listlar va trubalarda shakldor teshiklar ochish uchun egri tig’li qaychilar ishlatiladi (27-rasm, v).
Qirqish paytida qaychi o’ng qo’l bilan ushlanadi (27- rasm, g). Bosh barmoq yuqori dasta ustida turadi, uch o’rta barmoq bilan pastki dasta ushlanadi, ko’rsatkich yoki kichik barmoq dasta,tar orasida turib, dastalarni ochib turadi. Qirqish paytida qaychining yuqori tig’i reja chizig’i ustidan yurishi kerak.
Qirqiladigan metall qaychilarning jag’i orasiga qanchalik ichkari kirsa, shuncha kam kuch bilan qirqiladi. Lekin tig’lar katta ochilganda kirqish kuchining gorizontal tashkil etuvchisi kattalashadi va metall qirqilmasdan itariladi, qaychi jag’lar orasidan chiqishga harakat qiladi (27-rasm, d).
Tig’lar taxminan 30° ochilganda ishqalanish kuchi va ishchi chap qo’lining kuchi itaruvchi kuchga qarshi tura oladi. Ana shu burchakni qo’l qaychilyar bilan metall kirqishda eng qulay burchak deyish mumkin.
Qirqish paytida qaychining yuqori tig’i reja chizig’i ustidan yuritiladi, chap qo’l bilan qirqib olinayotgan qism bukib turiladi. Bunda metallni keskin bukib yubormaslik kerak.
Qaychini oldinga yurgizyb qirqqan sari uni qirkiladigan joyga taqab borish kerak. Aks holda g’adir-budurliklar paydo bo’ladi.
Qaychi qirqilayotgan metallga tik ushlanishi lozim. Qiyshaytirilsa, qirkmasdan metallni ezadi.
Yupqa plastmassa listlarini oddiy qo’l qaychilar bilan qirqsa ham bo’ladi. Lekin bunda tig’lar orasidagi zazor juda kichik (0,1-0,2mm) bo’lishi kerak. Qirqish paytida listni stolga zich taqab turish kerak. Mo’rt plastmassalar: polistirol, organik shisha va boshqalarni qaychi bilan qirqish kerak emas, ular arra bilan qirqiladi.
Diametri 3mm gacha bo’lgan sim ombur bilan qirqiladi.


Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin