nomzodlarini qo'ydilar. Saylov natijalariga ko'ra, saylovda ishtirok etganlarning
86,5% i (8,514,136 kishi) Islom Karimov uchun, 12,3 % i (1,220,474 kishi ) esa,
Respublikasi Prezidenti saylov to'g'risida»gi qonunning 35 - moddasiga asosan
lavozimiga saylangan, deb qaror qildi. Saylov adolatli va qonuniy o'tkazilganligini
MDH mamlakatlari, shuningdek AQSH, Turkiya va Malayziyadan kelgan betaraf
Respublikamiz siyosiy jihatdan mustaqillikni qo'lga kiritgan ekan, albatta,
davlat ramzlariga ham ega bo'lmog'i kerak edi. Shu nazarda tutilib, 1991 yil 18
«O'zbekiston Respublikasining davlat bayrog'i to'g'risida» qonun qabul qilindi.
Davlat ramzlaridan biri bo'lgan bayroq tariximiz, ajdodlarimiz ruhini, milliy va
ma'naviy urf odatlarimizni o'zida aks ettirish kerak edi va shunday bayroqqa ega
«Bayroqdagi havorang zangori somon va musaffo suv ramzi.
6
Moviy rang -lojuvard- Sharqda azaldan qadrlangan. Amir Temur ham o'z
bayrog'iga shu rangni tanlagan.
Oq rang - tinchlik va poklik timsolidir. Yosh mustaqil davlat yo'lining oq va
beg'ubor bo'lishi uchun yaxshi niyat ifodasi.
Qizil chiziqlar- bu har bir tirik jonning tomiri, unda jo'sh urib turgan hayotiy
kuch, tiriklik ramzi.
Yashil rang - O'zbekistonning sahovatli va tabarruk tuprog'i, go'zal tabiatni
timsoli.
Yarim oy - o'zbek xalqining ko'p asrlik an'analariga mos keldi. Yarim oy va
yulduzlar musaffo osmon va tinchlikning ifodasidir.
12 ta yulduz tasviri - qadimdan mukammallik, barkamollik timsoli» (Bayroq
to'rtburchak bo'lib, uzunligi 250 sm, kengligi 125 sm. Moviy yashil va oq
ranglarning har birining eni 40 sm dan. Kizil hoshiyalarning eni har biri 2,5 sm.
dan).
1992 yil 2 iyulda O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida
«O'zbekiston Respublikasi davlat gerbi to'g'risida» qonun qabul qilindi.
«O'zbekiston Respublikasining davlat gerbi dumaloq ko'rinishiga ega bo'lib, bu
shaklning so'l tomoni bug'doy boshoqlaridan, o'ng tomoni esa, chanoqlari ochilgan
g'o'za shohlaridan iborat chambarga o'ralgan, uzoqdagi tog'lar va daryolar
manzarasida gullagan vodiy uzra quyosh zarrin nurlarini sochib turadi. Gerbning
yuqori qismida esa O'zbekistonning ozodligi ramzi sifatida sakkizburchak yulduz
uning ichki qismida esa yarim oy va yulduz, markazida - baxt va erksevarlik
ramzi-qanotlarini yozgan xumo qushi tasvirlangan. Gerbning pastki qismida
O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'ini ifoda etuvchi chambar tasmasiga
«O'zbekiston» deb yozib qo'yilgan.
O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbining rangli ko'rinishda: xumo qushi va
daryolar - kumush rangida: quyosh, boshoqlar, paxta chanoqlari va «O'zbekiston»
yozuvi oltin rangda: g'o'za shohlari va barglari, tog'lar va vodiylar - yashil rangda:
chanoqlardagi paxta - oq rangda: tasma va O'zbekiston Respublikasi bayrog'ining
ranglarini aks ettiruvchi uch xil rangda: sakkizburchak- oltin zarhal bilan
hoshiyalangan holda havo rangda: yarim oy va yulduzlar - oltin rangda
tasvirlangan»
Davlat mustaqilligining yana bir muhim ramzi «O'zbekiston Respublikasining
davlat madhiyasi to'g'risida» gi qonun O'zbekiston Respublikasi Oliy
Kengashining 1992 yil 12 dekabrda bo'lib o'tgan XI sessiyasida qabul qilindi.
7
Mavjud variantlardan Abdulla Oripov va Mutal Burxonovlarning varianti qabul
qilindi:
Serquyosh ho'r o'lkam, elga
baxt najot,
Sen o'zing do'stlarga yo'ldosh mehribon.
Yashnagay to abad ilmu fan ijod,
Shuhrating porlasin toki bor jahon!
Dostları ilə paylaş: