2-mavzu: Mustaqillikka erishish arafasida O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar


«Siz O‘zbekistonning mustaqil, teng huquqli respublika sifatida yangilangan Ittifoq (Federatsiya) tarkibida qolishiga rozimisiz?»



Yüklə 21,86 Kb.
səhifə4/6
tarix09.12.2023
ölçüsü21,86 Kb.
#138571
1   2   3   4   5   6
2-mavzu Mustaqillikka erishish arafasida O‘zbekistondagi ijtimo

«Siz O‘zbekistonning mustaqil, teng huquqli respublika sifatida yangilangan Ittifoq (Federatsiya) tarkibida qolishiga rozimisiz?» degan savol qo‘yildi. Ovoz berishda qatnashgan saylovchilarning 93 % bu savolga «Ha» deb javob berdilar. Demak, o‘zbekistonliklar o‘z mamlakatini mustaqil davlat sifatida federativ ittifoqda bo‘lishini, O‘zbekistonning suveren respublika sifatida rivojlanishini yoqlab ovoz bergan edilar.
1991-yil aprelda Kiyevda Ukraina, Rossiya, Belorus, O‘zbekiston, Qozog‘iston respublikalari rahbarlarining uchrashuvi bo‘ldi. Uchrashuvda mustaqil respublikalar manfaatlariga mos keladigan Ittifoq shartnomasini tuzishga
yondashish yo‘llari ishlab chiqildi va tegishli bayonot imzolandi. Bu hujjatni Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston Respublikalari ham imzolashga rozilik bildirdi. Markaz yon berishga majbur bo‘ldi.
1991-yilga kelib O‘zbekistonda respublikaning davlat mustaqilligiga doir mutlaqo yangi davlat ramzlarini tayyorlash va qabul qilish borasida dadil ishlar qilina boshlandi. 1991-yil 15-fevralda O‘zbekiston Oliy Kengashi «O‘zbekistonning davlat ramzlari to‘g‘risida» maxsus qaror qabul qildi.
O‘zbekistonning o‘z suvereniteti uchun kurashi, avvalo, respublikada qabul qilingan har bir qonunning mazmuni va mohiyati jihatidan sobiq Ittifoq qonunlaridan tubdan farq qilishida, bundan tashqari, har bir qonun avvalgidek Ittifoq qonuniga moslashtirib emas, balki respublika manfaati ifoda etilganligi bilan ajralib tura boshladi. Xususan, 1991-yilning 22-iyulida O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi Prezidiumining
Yüklə 21,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin