2-Mavzu O\'simliklarda suv almashinuvi fiziologiyasi reja
Kutikulyar transpirasiya. Barg og'izchalari ochiq holatdagiligida kutikulyar transpirasiyaning miqdori juda kam bo'ladi. Ammo qurg'oqchilik sharoitda bo'lgani kabi labchalar yopiq bo'lganda kutikulyar ranspirasiyaning miqdori katta bo'lib 50% gacha etishi mumkin. Ammo kutikulyar transpirasiyaning miqdori barglarning yoshiga ham bog'liq. Masalan yosh barglarda kutikulyar transpirasiyaning darajasi umumiy miqdordan ~50% bo'lsa, yetuk barglarda ushbu ko'rsatkich ~10%. Barglar qarib borishi bilan kutikulalar darz ketib yemirila boshlaydi va kutikulyar transpirasiyaning miqdori ham birmuncha ortishi mumkin.
Kutikulyar transpirasiyaning eng yuqori miqdori labchalar doimo ochiq holatda bo'lgan, suvda suzib yuruvchi o'simliklarda kuzatiladi. Ulardagi umumiy transpirasiyaning miqdori 180-400 mgG’sm2 soat bo'lsa, kutikulyar tranpirasiyaning miqdori ~50%.
Biz quyida ayrim guruh o'simliklar uchun umumiy va kutikulyar transpirasiyaning miqdorlarini keltiramiz.
O'simliklar Umumiy Kutikulyar
guruhi transpiratsiya transpiratsiya
(mg/sm2) (%)
Ikki pallali o'simliklar 170-25 10-20%
Buta o'simliklar 60-70 5-10%
Doimo yashil o'simliklar 45-55 2-3%
O'rmon daraxtlarida 9-10 10-20%
Mevali daraxtlarda 8-9 17-24%
Shuni aytib o'tish lozimki, tropik o'rmon daraxtlarida kutikulyar transpirasiya bo'lmaydi..
O'simliklarda suvning bug'lanishi qisman darajada kurtaklar va meva organlaridan ham bug'lanishi mumkin. Masalan, kungaboqar savatchasidan, ko'knori ko'sagidan va qalampir mevasidan shu o'simliklarning barglarining bir birlik yuzasiga nisbatan ancha ko'p miqdorda suv bug'lanishi kuzatiladi.
Guttatsiya. Bu hol namlik darajasi uta yuqori joyda o'suvchi o'simliklarga, xususan tropik sharoitga xos xususiyatdir. Bunda barglardagi maxsus gidatodlar (barg tishchalari) orqali suv aralash shira ajraladi. Guttatsiya holati transpirasiya jarayoniga yordam berib o'simliklarda suvning harakatlanishiga va ildizlarga mineral tuzlarning yutilishiga yordam beradi. Bizning sharoitimizda, boshoqdoshlar oilasi vakillarida bahor va kuz oylarida yaqqol kuzatilishi mumkin (IV.12-rasm).