2-Mavzu O\'simliklarda suv almashinuvi fiziologiyasi reja
2.Arid yerlar. Bu joylarda suvning yillik bug'lanish miqdori yillik yog'ingarchilik miqdoridan ko'p bo'ladi.
Yer yuzi quruqlik qismining 1/3 qismi arid zonalarga to'g'ri keladi, ya'ni bu joylarda yillik yog'ingarchilik miqdori 250-500 mm ni tashkil qiladi.
Arid zonaning yarmidan ko'prog'i qattiq qurg'oqchilik rayonlarini tashkil qiladi. Bu joylarda yillik suv bug'lanishi miqdori 1000 mm bo'lgani holda yog'ingarchilik miqdori 250 mm dan ham past bo'ladi.
O'simliklarning muqobil rivojlanishi uchun uning suv bilan ta'minlanganligi butun o'sishi davomida talab darajasida bo'lishi lozim. Ammo ko'pgina qishloq xo'jalik rayonlari arid zonalarda joylashganligi tufayli bu yerlarda faqat sug'orib dehqonchilik qilish mumkin.
O'simliklar rivojlanishi davrida ruy bergan bir martagina kuchsiz suv tanqisligi ham ular hujayralaridagi moddalar almashinuviga kuchli salbiy ta'sir qiladi. Agar o'simlik bir marta qisqagina vaqtda suvga muhtoj bo'lsa ham, biz keyin qanchalik urinmaylik undagi normal moddalar almashinuvi hech qachon tiklanmaydi.
O'simlikning ichki suv balansi bir qancha omillarga bog'liq. Bulardan biz quyidagilarni ko'rsatib o'tishimiz lozim.
1.O'simliklarning turiga, ildizlarining chuqur ketishi, shoxlanishi va rivojlanishi bosqichlariga.
2. Berilgan maydonda o'sayotgan o'simliklarning soniga.
3.Ob-havo omillariga, ya'ni harorat, havoning namligi, tuman, shamol, yorug'lik, yog'ingarchilik miqdorlari va boshqalar.
4.Tuproq omillariga, ya'ni tuproq eritmasining osmotik bosimiga, tuproqning tuzilishiga va uning nam sig'imiga.
Sug'oriladigan dehqonchilik sharoitida, tuproqqa ekilishi mumkin bo'lgan o'simliklarda normal fiziologik jarayonlarning ketishi va ekinlardan yuqori va sifatli hosil olish uchun avvalo tuproqning namlik ko'rsatkichlarini bilish muhimdir. Bu shunaqa namlik ko'rsatkichiki, undan pastda o'simlikning organik massasi kamayib, u o'z navbatida hosilning kamayishiga olib keladi. Bu tuproq namligi ko'rsatkichi optimal namlik chegarasi deyiladi.
Tuproqning optimal namlik chegarasi o'z navbatida o'simlikning o'sishi fazasiga, tuproqning unumdorligiga, sho'rlanishga, sizot suvlarning minerallashishiga, ob-havo sharoitlariga, agrotexnikaga hamda kuchli suv yetishmasligini keltirib chiqaradigan xavfli davrlarning bo'lishi yoki bo'lmasligi bilan bog'liq. Shuning uchun ham arid zonalari uchun qishloq xo'jalik kinlarini suv bilan aniq va tejab sug'orishning fiziologik ko'rsatkichlarini ishlab chiqish alohida ahamiyatga ega bo'lib, yuqori hosil olishning asosiy omilidir.
Hozirgi vaqtda o'simliklarni sug'orish muddatlarini aniqlashda bir qancha usullar qo'llanilmoqda. Bularga biz barglarning suvlilik darajasi va ularning osmotik bosimi, barg og'izchalarining ochiqlik holatining o'lchami va shira ajratish qobiliyatini ko'rsatib utishimiz mumkin.
Ushbu usullardan keng tarqalgani bu barglarning so'rish kuchini aniqlashdir. Buning uchun avvalo ma'lum bir o'simlik bilan bir xil oziqa muhitida bir qancha sug'orish variantlarida tajribalar qo'yilib ma'lum bir rivojlanish fazalarida yoki ma'lum bir muddatlarda ular barglarining so'rish kuchlari aniqlab boriladi. Tajriba oxirida yuqori va sifatli hosil olingan hamda nisbatan kam suv sarflangan variant aniqlanadi va ushbu o'simliklar barglarining so'rish kuchlari keyingi yillar uchun na'muna (etalon) sifatida xizmat qiladi. Chunki ushbu variantda tuproq namligi o'simliklarda boradigan fiziologik jarayonlar uchun eng muqobil bo'lib, iqtisodiy jihatdan samarali bo'ladi.
Hozirgi vaqtda ekinlarni vaqtida sug'orish uchun ayrim o'simliklar barglarning so'rish kuchlari aniqlangan. Masalan, bug'doyda, uning barglarining normal so'rish kuchi gullashi oldidan 0,81-0,91 MPa bo'lsa, yoppasiga gullash va don tugish fazasida mos ravishda 1,0-1,1 va 1,11-1,21 MPa ga teng bo'ladi.