2-Mavzu. O’simtalarga qarshi immunitet. Reja



Yüklə 89,88 Kb.
səhifə4/8
tarix30.11.2022
ölçüsü89,88 Kb.
#120198
1   2   3   4   5   6   7   8
2-Maruza taqdimot

Organizmda uni kasallik qoʻzgʻatuvchi har xil Mikroorganizmlar va boshqa “yot” omillardan himoya qiluvchi tabiiy vositalar mavjud (organizmning nomaxsus rezistentligi): teri va shilliq qavatlarning mexanik toʻsiqlik vazifasi, limfa tugunlaridagi yalligʻlanish, organizm suyuqliklarining (soʻlak, koʻz yoshi, meʼda-ichak, nafas va siydik-tanosil yoʻllarining shilliq moddalari, limfa, qon zardobi tarkibidagi lizotsim, interferon, komplement, properdin kabi omillar) bakteritsid va normal mikrofloraning antagonistik taʼsiri, fagotsitoz qiluvchi hujayralar va tabiiy killerlar faolligi, organizmning fiziologik reaksiyalari va boshqa(lar) Nomaxsus chidamlilik qudratli himoya omili boʻlib, makroorganizning ichki muhiti barqarorligi (gomeostazi) ni doimiy ravishda taʼminlab turadi.

Organizm limfoid toʻqimalarining “oʻzinikini begonadan” ajrata olish qobiliyati umurtqali organizmlarda immun omillar tizimi sifatida shakllangan. Organizmda, irsiy jihatdan begona boʻlgan antigenlarga qarshi immun javob qon-limfoid aʼzolarda (immun tizim) maxsus antitelolar va limfotsitlar yordamida amalga oshiriladi.

Organizm limfoid toʻqimalarining “oʻzinikini begonadan” ajrata olish qobiliyati umurtqali organizmlarda immun omillar tizimi sifatida shakllangan. Organizmda, irsiy jihatdan begona boʻlgan antigenlarga qarshi immun javob qon-limfoid aʼzolarda (immun tizim) maxsus antitelolar va limfotsitlar yordamida amalga oshiriladi.

Tug'ma immunitet — bu berilmaslik xossasining mustahkam va zamonaviy shakli bo'lib, chidamlilik omillari bilan nasldan-naslga o’tishga asoslangan. Ma'lumki, odam yirik shoxli hayvonlar va it tounga sezuvchan emas, hayvonlar esa vabo va bo'g'ma bilan kasallanmaydi.Lekin tug’ma immunitet mutlaq emas, ya'ni mikroorganizm uchun qulay sharoit yaratish bilan uning yuqtirmaslik xosasini o'zgartirishi mumkin. Masalan, ortiqcha issiqlash, sovqotish, avitaminoz,garmonlarning ta'siri odam yoki hayvon uchun tegishli bo'lmagan kasalliklarni yuzaga keltiradi. Paster tovuqlarni sovqottirish yo'li bilan sun'iy ravishda kuyidirgi qo'zg'atuvchisini yuborgan va kasallikni yuzaga keltirgan, tovuqlar tabiiy sharoitda kuydirgi kasalligi bilan kasallanmaydi


Yüklə 89,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin