2-Mavzu. O’simtalarga qarshi immunitet. Reja

Yüklə 89,88 Kb.
səhifə5/8
tarix30.11.2022
ölçüsü89,88 Kb.
#120198
1   2   3   4   5   6   7   8
2-Maruza taqdimot

Tug'ma immunitet — bu berilmaslik xossasining mustahkam va zamonaviy shakli bo'lib, chidamlilik omillari bilan nasldan-naslga o’tishga asoslangan. Ma'lumki, odam yirik shoxli hayvonlar va it tounga sezuvchan emas, hayvonlar esa vabo va bo'g'ma bilan kasallanmaydi.Lekin tug’ma immunitet mutlaq emas, ya'ni mikroorganizm uchun qulay sharoit yaratish bilan uning yuqtirmaslik xosasini o'zgartirishi mumkin. Masalan, ortiqcha issiqlash, sovqotish, avitaminoz,garmonlarning ta'siri odam yoki hayvon uchun tegishli bo'lmagan kasalliklarni yuzaga keltiradi. Paster tovuqlarni sovqottirish yo'li bilan sun'iy ravishda kuyidirgi qo'zg'atuvchisini yuborgan va kasallikni yuzaga keltirgan, tovuqlar tabiiy sharoitda kuydirgi kasalligi bilan kasallanmaydi

Orttirilgan immunitet odamda hayoti davomida orttiriladi, nasldan-naslga o'tmaydi.

Orttirilgan immunitet odamda hayoti davomida orttiriladi, nasldan-naslga o'tmaydi.

Tabiiy immunitet. Tabiiy faol immunitet kasallik bilan og'rib o'tgandan keyin yuzaga keladi (u postinfeksiya deyiladi). Ko'pgina hollarda u uzoq vaqt saqlanadi, qizamiq, suvchechak, toun va boshqa kasalliklardan so'ng yuzaga keladi. Shuningdek, ayrim kasalliklarda immunitetning muddati 1 yildan oshmaydi (gripp, dizenteriya va boshqalar). Ayrim hollarda tabiiy faol immunitet kasallik yuzaga chiqmasidan ilgari hosil bo'ladi. U yashirin (latent) infeksiya yoki qo'zg'atuvchining kichik dozada qayta-qayta yuqtirish natijasida hosil bo'ladi (maishiy, turmish immunizatsiyasi).

Tabiiy passiv immunitet — bu chaqaloqlar (platsenta) immuniteti bo'lib homila ona qorindaligidayoq orttiriladi. Shuningdek, chaqaloqlar ona suti orqali ham immunitetni orttirishi mumkin. Immunitetning bu turi uzoq davom etmaydi, 6—8 oydan so'ng yo'qolib ketadi. Lekin tabiiy passiv immunitetning ahamiyati katta, u chaqaloqlarni yuqumli kasalliklarga chalinmasligini ta'minlaydi.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8

Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə

yükləyin