Antitoksik immunitet — bakteriyalarning zaharli (toksinlari)ga nisbatan hosil bo'ladi. Antivirus immunitet — virusli kasalliklardan so'ng hosil bo'ladi. Immunitetning bu turi uzoq davom etadi va mustahkam (qizamiq, chechak va boshqalar) bo'ladi. Shuningdek, faol virusli immunitet virusli vaksinalar bilan emlangandan so'ng hosil bo'ladi. Bundan tashqari organizmni kasallik qo'zg'atuvchisidan tozalanish davriga ko'ra ham bo'lishimiz mumkin.

Steril immunitet — ko'pgina qo'zg'atuvchilar bemor tuzalganda organizmdan yo'qoladi. Immunitetning bu turi steril immunitet deyiladi (qizamiq, chechak va boshqalar).
Sterillanmagan immunitet — infeksiya qo'zg'atuvchining moyilligi xo'jayin organizmida bo'lgan davrdagina saqlanib turiladi. Bunday immunitet sterillanmagan yoki infeksion immunitet deyiladi. Immunitetning bu turi sil, zaxm va ayrim boshqa infeksiyalarda kuzatiladi.
Odamning yuqumli kasalliklarni yuqtirmasligi spetsifik va nospetsifik himoya omillarida o'z aksini topadi. Nospetsifiklik deb, organizmning tug'ma xususiyatiga aytiladi, bu odam tanasi yuzasidagi va organize ichidagi turli xil mikroorganizmlarni yo'qotishga imkon beradi.

Spetsifik himoya omili organizm qo'zg'atuvchisi yoki toksinlaf bilan to'qnashganda hosil bo'ladi, bu omillarning ta'siri faqat qo'zg'atuvchilar yoki ularning toksinlariga qarshi qaratilgan bo'ladi . Organizmning nospetsifik himoya omili. Organizmni turli xil mikroorganizmlarning zaharlari ta'siridan himoya qiluvchi mexanik, kimyoviy va biologik omillari mavjud.