5. Buyuk ipak yo'li – muloqot va hamkorlik yo'li
Eng qadimgi yo'llar. O'tgan mavzularda ta'kidlaganidek bronza, davriga kelib
O'rta Osiyodagi tarixiy-madaniy taraqqiyotni tezlashtirgan bir qancha jarayonlar
bo'lib o'tdi. Bronzaning kashf etilishi va jadallik bilan xo'jalik hayotiga kirib
kelishi, o'troq dehqonchilik xo'jaliklarining rivojlanishi natijasida yangi yerlarning
o'zlashtirilishi, qishloqlarning rivojlanib ilk shaharlarga aylanishi, boshqaruv
tizimining yanada murakkablashuvi, qadimgi yo'llarning shakllanishi va nihoyat,
dastlabki ulov va transport vositalarining paydo bo'lishi ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanish uchun ulkan ahamiyatga ega bo'ldi. Aynan bronza davridan boshlab O'rta
Osiyoni Qadimgi Sharq dunyosi bilan bog'laydigan aloqa, savdo-tranzit yo'llari
tizimining paydo bo'lishi va shakllanishi mintaqaning xalqaro aloqalar tizimiga
qo'shilishiga asos bo'ldi.Ta'kidlash lozimki, bronza davrida O'rta Osiyoni Qadimgi
Sharqning sivilizatsiya markazlari bilan bog'laydigan dastlabki savdo-tranzit
yo'llarining paydo bo'lishida iqtisodiy omillar muhim ahamiyat kasb etgan. Masalan,
Qadimgi Sharq sivilizatsiyasi o'chog'lariga O'rta Osiyoning janubiy hududlaridan,
avvalo, So'g'diyona va Baqtriyadan olib ketiladigan metall va nometall mahsulotlar,
qimmatbaho toshlar va nodir minerallarga talab katta bo'lgan. Bunday mahsulotlar
ichida Qadimgi Sharqda yuksak qadrlangan Badaxshon lojuvardi ayniqsa katta
ahamiyatga ega edi.Yuqoridagilardan shunday xulosa chiqarish mumkinki, qadimgi
savdo-tranzit yo'llari bronza davridayoq paydo bo'ladi. Ko'pchilik tadqiqotchilar bu
yo'lni "Lojuvard yo'li" deb ataydilar. Bu yo'l tog'li Badaxshondan boshlanib
Mesopotamiya, Misr, Hindiston hududigacha yetib borgan edi. Bu davrdagi O'rta
Osiyoning savdo yo'llaridan biri Baqtriya va Marg'iyonani Qadimgi Xorazm,
So'g'diyona, Markaziy Qozog'iston va Ural bilan bog'lagan.Mil. avv. III ming
yillikda Mesopotamiyada Badaxshon lojuvardi mashhur bo'lgan. Shumer va
Akkaddagi tarixiy-arxeologik tadqiqotlar natijasida topilgan lojuvarddan yasalgan
turli buyumlar shundan dalolat beradi. Undan tashqari Mesopotamiyaning Uruk, Ur,
Kish, Lagash shaharlaridan Badaxshon lojuvardidan yasalgan turli buyumlar
topilgan. Shumer sopol bitiklarida ham uzoq tog'li o'lkadan oltin, kumush va
lojuvard olib kelingani haqida ma'lumot saqlangan. Demakki, bronza davridagi yana
bir yo'l Badaxshondan janubi-sharqqa tomon Afg'oniston orqali O'rta Osiyoning
qadimgi xalqlarini Mesopotamiyaning shahar-davlatlari bilan bog'lagan."Lojuvard
yo'li"ning yana bir yo'nalishi mil.avv. II ming yillikda Amudaryoning yuqori
oqimidan Eron hududi orqali Kichik Osiyoga ham kirib borgan. Kichik Osiyodagi
mashhur Troya shahri xarobalaridan Badaxshon lojuvardidan tayyorlangan
buyumlarning topilishi shundan dalolat beradi. Bronza davrining yana bir yo'li O'rta
Osiyoning janubidagi Baqtriya va Marg'iyonani Hindistondagi Xarappa va Mohinjo-
Daro, Erondagi Shahri So'xta, Afg'onistondagi Mundigak kabi madaniyat markazlari
bilan bog'lagan. Tadqiqotchilarning fikricha, Badaxshondagi lojuvard konlaridan
boshlangan bu yo'l, Amudaryoning chap qirg'og'ida, Ko'kcha daryosining
Amudaryoga quyilish joyidan shimolroqda joylashgan Sho'rto'qay makoni orqali
o'tgan va bu yerdan bir necha tarmoqlarga bo'lingan. Mil.avv. II ming yillikka kelib
Farg'ona va Shosh hududlari ham Qadimgi Sharq bilan aloqalar o'rnatadi.
Arxeologik tadqiqotlar natijalariga ko'ra, bu davrda Mesopotamiya shaharlaridan
chiqqan savdo yo'llari Eron va Janubiy Turkmaniston orqali Baqtriya va
So'g'diyonadan o'tib Farg'onaga kelgan. Bu yo'lning bir tarmog'i Farg'onadan
g'arbga Qozog'iston cho'llari orqali Ural va Volga bo'yiga ketgan. Yana bir tarmog'i
esa, Farg'onadan sharqqa, Dovon orqali Sintszyan, Shimoliy Xitoyga ketgan. Bu
o'rinda aytib o'tish joizki, bizga ma'lum bo'lgan ma'lumotlar mil.avv. II ming yillik
ohirlariga kelib O'rta Osiyo va Xitoy o'rtasida qizg'in aloqalar yo'lga qo'yila
boshlanganidan dalolat beradi. Xususan, xitoylik arxeologlar Tyanshanning janubiy
yonbag'irlaridagi so'nggi bronza-ilk temir davriga oid Ukunbaka (Sin`baka)
makonidan O'rta Osiyodan keltirilgan temir o'roq va dastali bronza oyna kabi
buyumlarni topganligi xam mintaqaning Sharqiy Turkiston bilan aloqalarining
qadimiyligini asoslab berdi. Qadimgi xitoylik dehqonlarning bu makonidan naqshi
va shakliga ko'ra Chust va Burgulik madaniyatlari sopol idishlariga o'xshash
idishlarning topilishi esa O'rta Osiyo va Xitoyning qadimgi aloqalaridan va bu
aloqalarda qadimgi Choch vohasi va Farg'ona vodiysining tutgan o'rnidan dalolat
beradi.O'quvchilar e'tibor berishlari lozimki, O'rta Osiyoning Qadimgi sharq
sivilizatsiyasi markazlari bilan olib borgan aloqalarida nafaqat qimmatbaho toshlar,
birinchi galda lojuvard katta o'rin tutgan, balki, bu aloqalar bronza davridan
boshlaboq iqtisodiy-madaniy xayotning barcha sohalarini qamrab olgan edi. Mil.
avv. III-II ming yilliklarga kelib O'rta Osiyoning Xitoy, Hindiston, Eron,
Mesopotamiya, Misr kabi hududlar va o'lkalar bilan turli-tuman aloqalari yanada
faollashadi. Buni ko'pgina hududlardagi ibodatxonalar, shaharsozlik madaniyati,
sopol idishlar va buyumlar, terrakota haykalchalaridagi o'xshashliklar misolida ham
kuzatishimiz mumkin.Hindistonning O'rta Osiyo bilan aloqalaridagi yana bir muhim
yo'nalish yo'li Shimoliy Afg'oniston va Surxon vohasidagi bronza davri
makonlaridan - Dashli, Sopolli, Jarqo'ton kabilar orqali o'tib mintaqaning ichki
hududlariga olib kelgan. Tadqiqotlarga ko'ra, bu yo'nalishdagi aloqa yo'li bo'ylab
mil.avv. II ming yillikda olib borilgan iqtisodiy-madaniy aloqalarni Sopollitepa
qishlog'idan topilgan tosh va metalldan yasalgan burgut tasvirli muhrlar hamda
Jarqo'ton
ko'hna
shahridagi
moddiy
madaniyat
buyumlari
ham
tasdiqlaydi.Ta'kidlash
lozimki,
Zarafshonning
yuqori
oqimidagi
Sarazm
madaniyatiga oid turli topilmalar ichida Hind okeanida uchraydigan chig'anokdan
yasalgan taqinchok va munchoqlar, shimoli-g'arbiy Hindistondagi qadimgi sopol
buyumlarga o'xshash kulolchilik mahsulotlari uchraydi. V.M.Massonning fikricha,
bu topilmalar Sarazm makoni shakllanishida Hind daryosi vodiysidan ko'chib
kelgan aholi ham sezilarli o'rin tutganligini, xususan bu manzilgoh xarappaliklarning
O'rta Osiyo tog'larida mavjud bo'lgan polimetall rudalarni o'zlashtirishga
bo'lgan ehtiyojlarini qondirishda katta ahamiyatga ega bo'lganligini ko'rsatadi. Uzoq
yillar mobaynida O'rta Osiyoning qadimgi yo'llari masalalari bo'yicha ilmiy
izlanishlar olib borgan O'.Mavlonovning tadqiqotlari xulosalariga ko'ra, eneolit va
bronza davrida O'rta Osiyoda ichki va tashqi iqtisodiy-madaniy aloqalarga xizmat
qilgan yo'llar tizimi shakllanadi. Mintaqadagi asosiy aloqa yo'llari asosan tog'
dovonlari, daryo vodiylari, dasht va cho'llar orqali o'tgan yo'llardan keng foydalanish
boshlanadi. Buning natijasida qadimgi ajdodlarimizning mintaqa tabiati va
geografik holati xamda joylashuvi xaqidagi, shu bilan birgalikda, qo'shni
o'lkalar to'g'risidagi tasavvurlari ham kengayib bordi. Bu amaliy bilimlar o'z
navbatida mahalliy, mintaqaviy va transmintaqaviy aloqa yo'llari hakllanishiga asos
bo'ldi.Eng qadimgi yo'llarning birinchi guruhiga mahalliy ahamiyatga ega bo'lgan
yo'llar kirgan bo'lib, ular avvalo, o'troq dehqonchilik markazlarini dehqonchilik
qilinadigan yer maydonlari, ov qilinadigan hududlar, xom ashyo zahiralari mavjud
bo'lgan joylar, suv manbalari va boshqalar bilan bog'lashga; yagona madaniyatga
mansub makonlarning o'zaro aloqalarini ta'minlashga; chorvador qabilalar
xo'jaligida muhim o'rin egallagan qishloq-yaylov-qishloq yo'nalishdagi harakatni
boshqarishga hizmat qilgan.Mintaqaviy ahamiyatga ega bo'lgan ikkinchi guruh
yo'llari avvalo, O'rta Osiyodagi eneolit va bronza davriga mansub turli
madaniyatlarning o'zaro aloqalarini ta'minlashga xizmat qilgan. Mintaqaning ichki
iqtisodiy-madaniy taraqqiyotida muhim o'rin tutgan ko'p tarmoqli bu yo'llar
yo'nalishlari O'rta Osiyo o'troq vohalari o'zlashtirilishiga mos ravishda kengayib
borgan. Mintaqaviy aloqa yo'llari bo'ylarida mahalliy qabilalar va xalqlar nazoratida
bo'lgan turli inshootlar va tegishli infratuzilmalar shakllanib, ilk ulov va transport
vositalaridan foydalanishga o'tiladi.Eng qadimgi yo'llarning uchinchi guruhi
transmintaqaviy ahamiyatga ega bo'lgan yo'llardir. O'rta Osiyoning turli hududlarida
metall va nometall qazilma boyliklari hamda boshqa xom ashyo zahiralarining
mavjudligi va Qadimgi Sharq mamlakatlarida ularga bo'lgan katta talab, ya'ni,
iqtisodiy omillar mintaqada tranzit ahamiyatga ega bo'lgan yo'llar yo'nalishlarining
paydo bo'lishiga olib kelgan edi. O'rta Osiyoni Hindiston, Eron va Mesopotamiya
orqali Old Osiyo, Misr, Sharqiy Turkiston va Xitoy hamda mintaqa shimolidagi
dashtlar orqali Sibir va Uralorti hududlari bilan bog'lovchi tranzit yo'llar - aloqa
yo'llari tizimining eng muhim qismi bo'lib, bu yo'llar orqali olib borilgan iqtisodiy-
madaniy aloqalar O'rta Osiyoda sivilizatsiya markazlarining paydo bo'lishi,
avvalo, ilk shahar madaniyatining shakllanishi, keyinchalik, davlatchilik
jarayonlari taraqqiyoti uchun muhim ahamiyatga ega bo'lgan edi.Mil.avv. I ming
yillikning boshlariga kelib O'rta Osiyoning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy-madaniy
hayotida bo'lib o'tgan yangiliklar va o'zgarishlar qadimgi savdo-tranzit yo'llari
tarmoqlarining kengayishi va aloqa yo'llarining angi yo'nalishlari paydo bo'lishi
uchun ham katta ahamiyatga ega bo'ldi. Bu davrdagi tor doiradagi hududlarni
bog'lovchi ichki aloqa yo'llaridan tashqari Dasht yo'li, "Oltin yo'li", "Shoh yuli"
kabilar mintaqadagi iqtisodiy va madaniy hayot taraqqiyotini ta'minlagan edi.Ilk
temir davri ichki aloqa yo'llari yo'nalishlarini aniqlashtirishda mintaqadagi bu davr
makonlari joylashuvi katta ahqamiyatga egadir. Arxeologik tadqiqotlar va yozma
manbalar ma'lumotlari natijalariga ko'ra, mil.avv. I ming yillikning birinchi yarmida
O'rta Osiyoning janubiy va shimoli-sharqiy hududlari bir necha yo'nalishdagi aloqa
yo'llari tizimi bilan o'zaro bog'langan edi. Ular orasida Parfiyadagi Ulug'depa,
Ulkandepa va boshqalarni, Janubiy Turkmanistondagi Saraxs vohasidan Marg'iyona
orqali Qadimgi Xorazm, So'g'diyona va Baqtriyaga eltuvchi yo'llar katta ahamiyatga
ega.A.Sagdullaev va E.Rtveladzelarning fikricha, O'rta Osiyoning ilk temir davri
savdo-tranzit yo'llari tizimida Marg'iyonani Qadimgi Baqtriya hududi bilan
bog'lovchi yo'llar ham katta ahamiyatga ega edi. Surxon vohasi va Janubiy
Tojikiston hududlarida (Shimoliy Baqtriya) bu davrdagi aholi punktlari, asosan,
daryolar va ularning irmoqlaridagi bir qancha dehqonchilik vohalari bo'ylab
joylashgan bo'lib, har bir dehqonchilik vohasi yirik shahar tipidagi makon atrofida
joylashgan mustahkamlangan qo'rgonlar va qal'alarga ega edi. Marg'iyonani
Shimoliy Baqtriya bilan bog'lagan aloqa yo'li Janubiy Baqtriya orqali (Shimoliy
Afg'oniston) o'tgan. Bu hududlardagi ilk temir davriga oid Tillatepa, Maymana,
Davlatobod, Shibirg'on va Oqcha makonlari mazkur aloqa yo'lining muhim oraliq
punktlari hisoblangan. Shimoliy Afg'onistondan yo'l Amudaryodagi Cho'chqaguzar
va Sho'rob kechuvlari orqali Surxon vohasi va Janubiy Tojikistonga o'tgan. Bu
davrda Baqtriya va Marg'iyonadan, Xorazmdan kelgan yo'llar Samarqand orqali
Farg'ona, qadimgi Choch vohasiga va mintaqa shimolidagi dasht hududlarga qarab
ketgan. Qadimgi Baqtriya va Xorazm Amudaryoning chap qirg'og'i bo'ylab o'tuvchi
aloqa yo'li orqali bog'langan. Shuningdek, bu hududlarning o'zaro aloqalari
Amudaryo suv yo'li orqali ham olib borilgan. Sug'diyona va Xorazm vohasini
bog'laydigan yo'llar bir nechta yo'nalishda bo'lgan. Asosiy yo'nalish Zarafshon
daryosi bo'ylab joylashgan makonlar orqali Amudaryoga olib chiqqan.Ilk temir
davri O'rta Osiyoning tashqi aloqalarida ham muhim ahamiyatga ega bo'ldi. Bu holat
avvalo, tashqi aloqalardagi iqtisodiy omillar bilan bir qatorda siyosiy manfaatdorlik
bilan bog'liq edi. Chunki bu davrda qadimgi shaharlar rivojlanib, ilk davlatchilik
shakllanayotgan davr edi. Bu davrdagi Dasht yo'li haqida gapiradigan bo'lsak, bu
davrda O'rta Osiyo hududlari orqali o'tgan savdo-tranzit yo'llari ichida Oltoydan
boshlanib Eron, Mesopotamiya, Arabiston va Shimoliy Afrikaga hamda Volga va
Ural daryolari oralig'idagi dashtlardan Hindistonga olib boruvchi yo'llar muhim
ahamiyatga ega edi. Qopa dengizning shimolidagi dashtlardan Oltoyga qadar
cho'zilgan bu yo'l tarixiy adabiyotlarda "Dasht yo'li" deb ataladi. Bu yo'l Qora dengiz
shimolidagi savdo shaharlaridan boshlanib, Don daryosining quyi oqimidan Tanais
shahri, Quyi Volgabo'yi, Orolbo'yi, Janubiy Qozog'iston orqali Yuqori Irtish va
Zaysan ko'li hududiga, Oltoy va Sharqiy Turkistonta olib chiqqan.Qadimgi Sharq
davlatlarida qimmatbaho va nodir metallar hisoblangan oltin va kumushga bo'lgan
talab Ahamoniylar davridan oldinroq, ilmiy adabiyotlarda "Oltin yo'li" deb om olgan
mintaqalararo aloqa yo'li paydo bo'lishiga sabab bo'lgan edi. Tog'li Oltoydagi oltin
konlaridan boshlanib O'rta Osiyo orqali Hindiston va Eronga boruvchi bu yo'l
qadimgi davrning katta siyosiy va strategik ahamiyatga ega bo'lgan yo'llaridan
hisoblangan. Bu davrda mintaqamiz hududlarida siyosiy birlashmalar, tarixiy-
madaniy viloyatlar, ilk davlat uyushmalari shakllanib, qadimgi shaharlar
rivojlanayotgan davr ekanligini hisobga olsak, bu yo'lning davlatchilik
taraqqiyotidagi ahamiyati juda katta bo'lganligi kuzatiladi. A.Sagdullaevning
tadqiqotlariga ko'ra, ilk temir davrida O'rta Osiyoning Hindiston bilan aloqalari
davom etgan bo'lib, bu aloqalar olib borilgan yo'llar yo'nalishlarida birmuncha
o'zgarishlar ro'y beradi. Bu davrda Hind daryosi vodiysini Hindiqush tog' dovonlari
orqali Amudaryoning yuqori oqimi bilan bog'lovchi yo'l Xonoboddaryo va Qunduz
yoki Daryoi Bangi-Panj daryolari vodiylari bo'ylab o'tgan. Bu oraliqda Kalafagan,
Ko'kcha, Oyxonim, Rustak, Yangi qal'a kabi ilk temir davriga oid makonlarning
topilishi bu aloqa yo'li yo'nalishlarini aniqlashda uhim ahamiyatga ega
bo'ldi.Mil.avv. I ming yillikning birinchi yarmiga kelib Gretsiya va Misrdan O'rta
Osiyo va Hindistonga qadar ulkan hududlarda tashkil topgan Ahamoniylar davlati
ko'pgina davlatlar, xalqlar va elatlarning turli tomonlama aloqalarida muhim
ahamiyatga ega bo'ldi. Doro I hukmronligi davrida "Shoh yo'li" nomini olgan savdo-
tranzit yo'li o'z faoliyatini boshlagan edi.Ahamoniylar davlati tarkibiga kirgan O'rta
Osiyo qadimgi tarixiy-madaniy viloyatlaridagi shahar va qishloqlardan Persepol,
Suza va imperiyaning boshqa shaharlariga eltuvchi savdo-llari mil.avv. VI-IV
asrlarda mintaqaning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotida muhim ahamiyatga ega
bo'lgan edi. Xullas, mil.avv. I ming yillikning o'rtalaridan boshlab mavjud "Dasht
yo'li", "Oltin yo'li", "Shoh yo'li" kabilardan nafaqat, turli qabilalar va xalqlarning bir
hududdan boshqa hududga ko'chishida, turli hududlarda yashovchi qabilalarning
o'zaro madaniy va iqtisodiy aloqalarida, balki harbiy-siyosiy maqsadlarda ham izchil
foydalanilgan. Bu holat avval Ahamoniylar, so'ngra esa Aleksandr Makedonskiy
yurishlari yo'nalishlarida yaqqol kuzatiladi. Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, eng
qadimgi davrlarda savd karvonlari ming-minglab kilometrga cho'zilgan yo'llar orqali
ko'zlagan manziliga o'sha davr nuqtai nazaridan yetib borgani shubhali bo'lsa-da,
mahsulot ayirboshlash qabiladan qabilaga, tumandan tumanga, viloyatdan viloyatga,
vohadan vohaga o'tib keng hududlarni qamrab olganligi bugungi kunda ilmiy
jihatdan asoslangan. Ushbu hududlar tizimida O'rta Osiyo hududida yashagan
qadimgi qabilalar ham mavjud bo'lib, ularning say'i- harakatlari va faoliyatlari
natijasi o'laroq, mintaqada ilk shahar madaniyati shakllanib, dastlabki davlat
uyushmalariga asos solindi. Bu jarayonda qadimgi savdo-tranzit va madaniy
aloqalar yo'llarining ahamiyati beqiyosdir.Nafaqat o'zbek xalqi, balki dunyodagi
ko'pgina xalqlar davlatchiligi tarixida, rivojlanish bosqichlarida Buyuk ipak
yo'lining ahamiyati katta bo'lgan edi. Tadqiqotchilarning fikrlariga araganda,
mil.avv. III asrning oxiri - II asrning o'rtalaridan boshlab, Xitoy sayyoxi va diplomati
Chjan Szyan xitoyliklar uchun ilk marta G'arbiy o'lka - O'rta Osiyo viloyatlariga yo'l
ochgan davrdan boshlab Buyuk Ipak yuli shakllanadi. "Buyuk ipak yuli" degan nom
o'sha davrlarda Fapb davlatlari uchun juda qimmatbaho hisoblangan ipak
mahsulotlari bilan bog'liqdir. Ammo, bu degani bu yo'ldan faqat ipak mahsulotlari
olib o'tilgan, degan ma'noni bermaydi. Tadqiqortchilar ipak qurtidan ipak olish
sirlarini xitoyliklar bundan besh ming yil ilgari o'zlashtirgan deb hisoblaydilar.
Ayrim tadqiqotchilar ipakchilikning vatani Hindistonning tog'li tumanlari, G'arbiy
Himolay va hatto, Eron deb hisoblasalarda, ipakning vatani Shimoliy
Xitoy, aniqrogi, Shandun viloyati ekanligi aksariyat olimlar va xitoyshunoslar
tomonidan e'tirof etilgan. Xitoy elchisi va diplomati tomonidan ochilgan bu yo'l
aslida ikkita buyuk yo'lni birlashtirgan yo'l edi. Ulardan biri - G'arbdan, O'rta Yer
dengizi hududlaridan O'rta Osiyoga kelgan bo'lib, Aleksandr Makedonskiy va
Salavkiylar sarkardasi Demodam yurishlari davrida Yaksart - Sirdaryogacha
cho'zilgan. Ikkinchisi esa, Sharqdan, Xan imperiyasidan O'rta Osiyoga yo'nalgan
bo'lib, Chjan Szyan bu yo'l bo'ylab shimoldan Davan, Qang', Sug'd, Baqtriya orqali
janubga chiqqan edi. Ikkita buyuk sivilizatsiya - G'arb va Sharq, sivilizatsiyalarini
birlashtirishda bu yo'llar ustida joylashgan O'rta Osiyo xalqlari faoliyati katta
ahamiyatga ega bo'ldi.
Dostları ilə paylaş: |