2-mavzu. O‘zbek milliy xalq xunarmandchiligi turlari


O’zbek xalq amaliy san’atining tarixi va rivojlanish bosqichlari



Yüklə 56,05 Kb.
səhifə8/15
tarix13.10.2023
ölçüsü56,05 Kb.
#130140
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
2-mavzu. O‘zbek milliy xalq xunarmandchiligi turlari-fayllar.org

O’zbek xalq amaliy san’atining tarixi va rivojlanish bosqichlari.


  • O’zbek xalq amaliy san’atining tarixi va rivojlanish bosqichlari.

  • Amaliy bezak san‘atning alifbosi bo‘lgan naqsh va naqqoshlik san‘ati xalq amaliy san‘atining qadimgi turlaridan biridir. Insoniyat yaratgan nafosat durdonalarining sarasi naqsh bezaklari amaliy san‘atning barcha turlarida namoyon bo‘libgina qolmay, bino va inshootlar me‘moriy bezaklarida ham keng qo‘llanilgan.

  • Naqsh tarixi insoniyatning badiiy madaniyati bilan bir qatorda nihoyatda qadimiydir. Hali yozuv vujudga kelmasdan burun chizmatasvir yozuv vazifasini bajargan. Madaniyat rivoji jarayonida unda rassomlik bilan naqqoshlik ajralib chiqqan. Arxeologik manbalar ham naqsh dunyoning hamma xalqlarida qadimdan mavjud bolganligidan dalolat beradi. Metal, sopol buyum, idish, qurollar, paleolit, neolit davrlarida geometric (xandasaviy) shakllar bilan, Miken san‘atida , Qadimgi Eronda, Xitoy va Hindistonda geometric shakllar qatorida o‘simliksimon (islimiy) naqshlar bilan bezatilgan. Naqshlardagi ramziy elementlar turli o‘lkalarda, xalqlardagi geografik muhit, o‘lkaning o‘simlik va hayvonot dunyosi, madaniyati ta‘sirida shakllangan va rivoj topgan.

  • Naqshning eng jozibadorligi va yuksak pog‘onaga ko‘tarilishi uyg‘onish davriga to‘g‘ri keladi. XIX asrning oxiridan boshlab shu davrda vujudga kelgan turli oqimlar naqshdan foydalanishni o‘ta kamaytirib, hatto keyinchalik butunlay undan voz kechish kuzatildi.

  • Naqsh chizish, naqsh yaratish - naqqoshlik xalq amaliy bezak san‘atining asosiy va qadimiy turlaridan biridir.O‘rta osiyo hududidagi me‘moriy yodgorliklar, arxeologik topilmalar o‘lkamizda bu san‘at qadimdan rivojlanganligidan darak beradi. Me‘morchilik, kulollik, misgarlik, zargarlik, chilangarlik, kashtado‘zlik singari kasblarning taraqqiyoti naqqoshlik san‘ati jivojiga borib taqaladi. Ajdodlarimizning yuksak ma‘naviyatini Qo‘yqirilgan qal‘a, Tuproqqal‘a, ko‘hna Urganj, qadimgi Termiz, Ayritom, Varaxsha, Afrosiyob va boshqa joylardan topilgan naqsh namunalarining jozibadorligidan bilib olish mumkin.

  • Diyorimizning turli viloyatlarida naqsh bilan ziynatlangan me‘moriy yodgorliklari, idish, buyum, mehnat qurollarida umumiylik kuzatilsada, Buxoro, Xiva, Farg‘ona va boshqa joylarning o‘ziga xos naqsh uslublari, keyinchalik maktablari shakllangan. Naqqoshlik avloddan avlodga o‘tgan, otalari ustozlaridan o‘rgangan naqsh namunalarini shogirdlar tajriba va iste‘dodlari orqali rivijlantirganlar.

  • O‘zbek naqqoshlari asosan ko‘k (lojuvard) zangori (havo rang, osmoni), yashil, sariq, qizil, oq, qora ranglarda naqsh ishlaydilar. Naqqoshlikning uslublari avloddan-avlodga o‘tgan. (masalan, axtadan foydalanish, bo‘yoq tayyorlash, oldin naqshning asosiy chiziqlarini chizib, zaminni bo‘yab olish va hokazolarni), lekin yozib qoldirmagan. Ustaning naqsh ishlash sirlarini faqat shogirdlarigina yaxshi bilganlar.

  • Naqsh san‘ati O‘rta Osiyo madaniyati tarixida eng qadimiy bo‘lib, o‘ziga xos namunalari bilan diqqatga sazovordir. O‘rta Osiyoda keng tarqalgan naqshlar ikki turga: geometric (xandasaviy) chiziqlar va shakllarning murakkab ko‘rinishi girix deb nomlanadi. O‘simliksimon tasvirdagi naqshlarning keng tarqalgani, islimiy deb ataladi. Namoyon, ruta, munabbat, turunj, zanjira xilidagi naqshlar islimiy kompozitsiyani tashkil etadi. naqqoshning malakasi va yuksak mahorati aniq o‘lchamdagi eiementlarning ohangdorligi, did bilan tanlangan ranglarning o‘zaro mutanosibligini ta‘minlaydi. O‘rta Osiyoning eng qadimiy naqsh namunalarini asosan me‘moriy obida va inshootlarda ko‘rish mumkin. Naqshning ajoyib ko‘rinishlari ganch, yog‘och va tosh o‘ymakorligi, yog‘och(ustun, bolor, vassa va boshqalar)ni bo‘yab ishlash orqali amalga oshorilgan. Bizgacha yetib kelgan qadimiy zargarlik va misgarlik san‘ati noyob namunalarida ham ajdodlarimizning nozik didi, mohir qo‘li va teran zakovati bilan yaratilgan naqsh bezaklarini o‘sha turlarga xos bejirim yechimlarda bajarilganligi kishini hayratga soladi. Masalan Dalvarzintepadan topilgan oltin zirak (er. III asri) ixcham aylanma (silindrik) sirt yuzasi oddiy ritmik jihatdan nihoyatda mutanosib joylashtirilgan to‘rt bargli gul naqsh bezagi tushirilgan.

  • Mintaqadagi yirik kulolchilik markazi Samarqand hisoblangan.

Yüklə 56,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin