2-mavzu. O‘zbek milliy xalq xunarmandchiligi turlari


Ganchkorlik san’atining rivojlanish bosqichlari



Yüklə 56,05 Kb.
səhifə11/15
tarix13.10.2023
ölçüsü56,05 Kb.
#130140
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
2-mavzu. O‘zbek milliy xalq xunarmandchiligi turlari-fayllar.org

Ganchkorlik san’atining rivojlanish bosqichlari.


  • Ganchkorlik san’atining rivojlanish bosqichlari.

  • Qadimiy san‘at turlaridan biri ganchkorlik o‘z jozibasini dunyo me‘morchiligida, shu jumladan O‘rta Osiyo, Eron, Turkiya, Afg‘oniston, Arabiston va boshqa Sharq mamlakatlari me‘morchiligida namoyon bo‘lib kelmoqda. O‘ziga xos kompozitsion yechimi, badiiyligi va ishlanish uslubi bilan O‘rta Osiyoda yaratilgan asarlar boshqalaridan farq qiladi.

  • Ganch o ‘ymakorligi san‘ati asrlar davomida o‘ziga xos uslub bilan rivojlanib keldi. Amaliy bezak san‘atining mazkur turini rivojlanish jarayonini kuzatib, o‘rganib chiqadigan bo‘lsak har davrda bir-biridan mutlaqo farq qiladigan shakl va ko‘rinishlarda namoyon bo‘lganligi e‘tiborga loyiqdir.

  • Qadimgi ganch o‘ymakorligi hajmiy bo‘lib, realistic uslubda ishlangan bo‘lib, odamlar, qushlar, hayvonlar tasviri tushirilgan. Eramizning birinchi asrlaridayoq ajdodlarimiz ganchni ajoyib xususiyatlaridan foydalanib, qal‘alar, karvonsaroy va boshqa joylarni bezaganlar. Janglar oqibatida hashamatli binolar vayronaga aylanib, faqat qoldiqlari bizgacha yetib kelgan.

  • Tuproqqal‘aning serhasham saroy mehmonxonalari (III asr) ganch o‘ymakorligi bilan bezatilgan. Eng ahamiyatli III-IV asrlarda ishlangan ganch o‘ymakorligi namunasi (Varaxsha) topilgan bo‘lib, unda o‘simliksimon, xandasaviy (geometrik) shakldagi naqshlar tushurilgan. Ayniqsa, gorel‘efda ishlangan baliq tasviri o‘z davri ganch o‘ymakorligi uslubining o‘ziga xosligini namoyon etadi.

  • Varaxsha (VII-VIII asrlar) topilmalarida qushlar, hayvonlar, baliqlarni, o‘simliksimon va geometrik shakllarni o‘yma namunalarini ko‘rish mumkin.

  • Buxorodagi Ismoil Somoniylar maqbarasida ganch o‘ymakorligi namunalarida to‘lqinsimon ishlangan naqshlar topilgan. Unda naqshning islimi turi ko‘p ishlatilgan.

  • Naqqoshlik, yog‘och, tosh va ganch o‘ymakorligi X-XI asrlarda yanada rivojlandi. Bu davrda murakkab abstrakt tasvirdagi naqshlar paydo bo‘ldi. Ganch o‘ymakorligi binolarning ichki (inter‘yer) van am tegmaydigan tashqi (ekster‘yer) qismida ham qollanilgan. Hatto o‘ymakorlik elementlari ishtirokisiz g‘isht, har xil geometric shakllarda naqshsimon qilib terilishi o‘ziga xos uslubda bo‘lib, betakror joziba namoyon etgan. Yuqorida qayd etigan Somoniylar maqbarasi ana shunday noyob yodgorlik namunasi hisoblanadi.

  • Afrosiyobda arxeologik qazishmalar natijasida X-XI asrlarda ishlangan saroylarning qildiqlari topilgan. Izora (panel) ganchida geometric va o‘simliksimon naqshlar chuqur o‘yma uslubida ishlangan naqshning o‘yma chuqurligi 2-3 santimetrgacha borgan. Ganch devorga qalin suvalib, naqsh tasviri devorning sirtiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chizilib o‘yilgan. Binolarning tashqi qismiga esa quyma asosida ganch ishlari bajarilgan.

  • Ganch o‘ymakorligida murakkab naqshlardagi o‘simlik va hayvonlarning soddalashtirilgan tasvirlarini tushurib ishlatilishi III asrda paydo bo‘ldi. Bino tashqi qismiga namoyon, ustun va peshtoqlariga ganch o‘ymakorligi kompozitsiyalari

Yüklə 56,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin