2-mavzu: Pedagogik imidj va muloqot madaniyati reja: Pedagogik imidj 2



Yüklə 382,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix09.12.2022
ölçüsü382,56 Kb.
#120683
1   2   3   4   5
2-mavzu Pedagogik imidj va muloqot madaniyati reja Pedagogik i

Notiqlik bu — so‗z san‘ati, so‗z san‘ati bo‗lganda ham ohangdan libos kiyib 
talaffiiz bilan jilolangan so‗z san‘atidir. Madomiki, ―so‗z‖ qudratini chuqur 
anglagan, ―so‗z‖ ne‘matining Alloh tomonidan faqatgina insonga in‘om 
etilganligini his etgan buyuk allomalargina uni qadrlaganlar va e‘zozlashga 


undaganlar. Shu ma‘noda notiqlik san‘ati boshqa san‘at turlari orasida alohida 
mavqega ega ekanligi tan olingan haqiqatdir. 
Bugungi kunda ko‗pgina idora rahbarlari nutqidagi kamchiliklar, muallimlar 
nutqidagi chaynalishlar, 
teleko‗rsatuvlardagi, hatto jurnalistlar nutqidagi 
g‗alizliklar bizning ma‘naviyatimizga yarashmaydi. Chunki biz Mustaqillikning 
barcha chashmalaridan bahramand bo‗lib turgan ekanmiz, notiqlik san‘ati 
chashmasidan ham bebahra bo‗lmasligimiz kerak. Nima qilishimiz zarur? Avvalo, 
maktabda nutqni, uning grammatikasini chuqur o‗rganishimiz, fikrimiz va 
tafakkurimizning asosi bolmish notiqlik san‘ati sirlarini o‗rgatishimiz va 
o‗rganishimiz juda muhim. Til va tafakkur birbiriga chambarchas bog‗liq bo'lgani 
holda, notiqlik san‘atini bilmasdan haqiqiy ijodiy tafakkur, go‗zal va chiroyli nutq 
so‗zlashimiz amri mahol. So‗zlayotgan nutqimizni maromiga yetkazib o‗z ona 
tilimizda ifodalashimiz uchun notiqlik san‘ati qoidalaridan xabardor bo'lishimiz 
kerak. Hozirgi ayrim o‗quvchi va talaba yoshlarimiz nutqida uchraydigan nuqson, 
fikrlashdagi oqsoqlik, fikrini bayon etishda qolipdan chiqolmaslik, tafakkuridagi 
to‗mtoqlik, ortiqcha kirish so'zlarni (anaqa, haligi, nima edi?, nima desam ekan? 
kabi) ishlatish kabi qusurlaming kelib chiqishi teran notiqlik malakalarining 
zaifligi bilan bog'liqligi ma‘lum. Maktabdan tortib, akademik litsey va kollej 
hamda institut va universitetlar, malaka oshirish institutlari o‗quv rejalariga 
notiqlik san‘ati darsini kiritish, bu darsning o‗quv yurtlarining o‗ziga xos 
xususiyatlariga qarab uning dasturi va darsligini yaratish juda dolzarb. 
Notiqlik san‘atining predmeti hali tuzilmagan, chiroyli sayqal bilan tuzilishi 
lozim boigan so‗z asaridir. Jozibali, teran so‗z va gaplarning jonli nutq orqali 
ifodalanishi notiqlik san‘atining predmeti sanaladi. Har bir nutq egasining nutqini 
kuzatish va tekshirish, undagi yutuq va nuqsonlarni aniqlash, har bir ijodkor, shoir 
yoxud yozuvchining asarlaridagi badiiy notiqlik mahoratini kuzatish, shu yozuvchi 
yoki shoirning og‗zaki ommabop nutqidagi notiqqa xos yutuqlarni ko‗ra bilish 
mazkur fanning predmet obyekti sanaladi. Notiqlik san‘atining turlari ko‗p. 
Jumladan, ij'timoiy-siyosiy notiqlik, bunda asosan davlat va jamiyat ahamiyatiga 
ega bolgan yig‗inlarda so‗zlanadigan ma‘ruza, akademik nutq, bunda ilmiy 
yo‗nalishdagi ma‘ruzalar, auditoriya notiqligi, talaba va o‗quvchilar uchun 
o‗qiladigan ma‘ruzalar, ijtimoiy-maishiy nutq, turli tadbirlarda so‗zlanadigan nutq 
kabilarning nutqiy kamchiliklarini va yutuqlarini (ham og‗zaki, ham yozma 
shaklini) tekshirish jarayoni ham notiqlik san‘ati predmeti doirasiga kiradi. 

Yüklə 382,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin