2-mavzu: Pedagogik imidj va muloqot madaniyati reja: Pedagogik imidj 2



Yüklə 382,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix09.12.2022
ölçüsü382,56 Kb.
#120683
1   2   3   4   5
2-mavzu Pedagogik imidj va muloqot madaniyati reja Pedagogik i

Nutqning tо‘g‘riligi
. Nutqning tо‗g‗ri bо‗lishi asosan ikki me‘yorga urg‗u va 
grammatik me‘yorga amal qilishni taqozo etadi. Nutq jarayonida ma‘noni tо‗g‗ri 
anglatish uchun sо‗zdagi bо‗g‗in, gapdagi sо‗z urg‗usining tо‗g‗ri ishlatishiga 
e‘tibor qilishimiz lozim bо‗ladi. Nutq urilishining grammatik shakllarini farqlay 
olish sо‗zlarni mazmuniy bog‗lanishlariga qarab joylashtirish grammatik 


me‘yorlarni belgilar ekan, nutqning tо‗g‗ri ifodalanishi uchun gap tuzish 
qoidalarini о‗zlashtirish, о‗zak va qо‗shimchalar о‗rtasidagi munosabatlarni, ega-
kesim mosligini, ikkinchi darajali bо‗laklarning ularga bog‗lanish yо‗llarini yaxshi 
anglash lozim bо‗ladi. 
 
Nutqning aniqligi. 
Aniqlik ham nutqning asosiy kommunikativ sifatlaridan 
bi-ridir. Agar tо‗g‗rilik nutqning yuzaga kelishida faqat til omili zaruriy belgisi 
sifatida qaralsa, nutqning aniqligi deyilganda uning shakllanishiga xizmat 
qiladigan, tildan tashqarida bо‗lgan omillarni ham nazarda tutish lozim bо‗ladi. 
Bunda dastlab til va tafakkur munosabati turadi. Chunki, tabiat va hodisalar 
о‗rtasidagi mutanosiblik va uning nutqda aks etishi ana shu aniqlikning xuddi 
о‗zidir. 
Nutqning mantiqiyligi
. Nutqning mantiqiyligi uning asosiy sifatlari – 
tо‗g‗rilik va aniqlik bilan chambarchas bog‗langandir. Chunki grammatik jihatdan 
tо‗g‗ri tuzilmagan nutq ham, fikrni ifoda etish uchun muvaffaqiyatsiz tanlangan 
leksik birlik ham mantiqning buzilishiga olib kelishi tabiiydir. Mantiqiy 
izchillikning buzilishi tinglovchi va о‗quvchiga ifodalanayotgan fikrning tо‗liq 
borib yetmasligiga, ba‘zan umuman anglashilmasligiga sabab bо‗lishi mumkin. 
Nutqni shakllantirishdagi e‘tiborsizlik oqibatida ba‘zan mantiqsizlik ham yuz 
beradi.
Nutqning tozaligi
. Nutqning tozaligi deganda unda til elementlarining
ishlatilishida adabiy til me‘yorlariga amal qilish-qilmaslik tushuniladi. Yaxshi, 
namunaviy nutq hozirgi о‗zbek adabiy tiliga, uning talablariga mos holda 
shakllangan bо‗lishi, turli g‗ayriadabiy va g‗ayriaxloqiy til elementlaridan holi 
bо‗lishi kerak. Chunki u boy ma‘naviy-axloqiy qadriyatlarga ega bо‗lgan va bugun 
mustaqillik davrida yashab, dunyo hamjamiyati bilan teng mavqeda muloqotda 
bо‗layotgan о‗zbek xalqining madaniy darajasiga mos bо‗lishi lozim.

Yüklə 382,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin