2-mavzu. Pedagogning o‘zgarishlarga moslashuvchanligi reja


Pedagogik jamoa va uning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari



Yüklə 322,96 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/3
tarix18.12.2022
ölçüsü322,96 Kb.
#121335
1   2   3
cszlg17KZQoJ6Yd2QypP4R4yDrwDDrIY6JKKbGzx

Pedagogik jamoa va uning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari 
Shaxsni o„quvchilar jamoasida tarbiyalash va shakllantirish-barkamol shaxs 
tarbiyasining qoidasidir. Bola shaxsi faqat jamoadagina, uning ta‟siridagina 
haqiqiy shaxs sifatida shakllanadi. Hozirgi sharoitda jamiyatning har bir a‟zosi 
biror bir pedagogik jamoaning faol a‟zosi bo„lishi zarur. Jamoa deb, muayyan 
ijtimoiy maqsadbirligiga qaratilgan uch yoki undan ortiq kishilarning birlashmalari 
yoki tuzilmalariga aytiladi. Demak, pedagogik jamoa bu – ta‟lim muassasasida 
faoliyat yuritayotgan, o„quvchi-yoshlarga ta‟lim-tarbiya berishni maqsad qilib 
olgan barcha pedagog - o„qituvchilar birligi. 
Ilg„or o„qituvchilar tajribasining ko„rsatishicha, o„quvchilar ahil jamoa 
bo„lib uyushgandagina tarbiya ishlarini amalga oshirish ancha yengil bo„ladi va 
muvaffaqiyati ta‟minlanadi. Yaxshi uyushgan, sog„lom jamoada o„quvchilarning 


fikri juda katta tarbiyaviy kuchga ega bo„ladi va tarbiya jarayonida 
o„qituvchilarning tayanchiga aylanadi. 
O„qituvchining nutq madaniyati va mahoratini tinmay oshirishlariga 
erishish, ularning tildan foydalanishda namuna sifatidagi fazilatlarni egallashlarini 
ta‟minlash, ommaviy axborot vositalarida eshittirish, ko„rsatuvlar va materiallarni 
o„zbek adabiy til me‟yorlariga amal qilgan holda, yuqori saviyada tayyorlash, 
boshlovchilar, jurnalistlarning nutq madaniyatini oshirish, reklamalar tili aniq, 
mazmunli, davlat tilida bo„lishiga, peshlavhalar davlat tili qonuni talablari asosida 
yozilishiga erishish lozim. 
Pedagogikada “tarbiya” tushunchasi keng va tor ma‟noda qo„llanishi 
mumkin. Keng ma‟noda qo„llanish deganda – katta avlod vakillari o„zlari
to„plagan hayotiy tajribalarini yosh avlodga qoldirishlarini tushunish mumkin. Tor 
ma‟noda qo„llanish deganda – maxsus ta‟lim muassasasi orqali shaxsga aniq bilim, 
dunyoqarash, ichki hissiyotlarini, umuman xayotga tayyorgarligini rivojlantirish 
tushuniladi. Bu muqaddas Vatanda inson aziz bo„ladi. Azizlanganlar esa 
azizlanganlarni azizlaydilar.
Oila muhitidagi nosog„lom psixologik iqlim 8unosa oiladan bezishiga, turli 
noqonuniy harakatlar bilan mashg`ul bo„lishiga olib keladi. Bu turdagi oilalarda 
olib boriladigan ta‟lim va tarbiya uzviyligi ijtimoiy mazmunni o„zida to„la aks 
ettirishi lozim. Inson qalbini zabt etishi orqali uning ongini egallash bugungi 
mafkuraviy kurashning bosh maqsadidir.
O„z manfaatini jamiyat manfaatlari bilan qo„sha bilish, bir-biriga o„zaro 
yordam berish kabi qimmatli fazilatlar avvalo jamoada shakllanadi. O„quvchilar 
jamoasida har bir shaxsning kamolga yetishi, hamda sinfda va umuman maktabda 
do„stlik rishtalarini mustahkamlash uchun qulay sharoit yaratmoq darkor. Shuni 
ham aytish kerakki, ba‟zan tarbiya jarayonida jamoa bilan shaxs o„rtasidagi 
qarama-qarshiliklarni bartaraf qilishga ham to„g„ri keladi. 
O„qituvchi va tarbiyachi o„zining tarbiyaviy ishlarida hamma vaqt 
o„quvchilar jamoasiga va ular orasidagi faol o„quvchilarga tayanmog„i, 
o„quvchilarni turli ishlarni birgalikda bajarishga odatlantirib, ularga jamoachilik 


ruhini singdirib borishi lozim. Inson kamolotiga ta‟sir etadigan omillardan biri 
tashqi muhitdir. Muhit deganda kishiga tabiiy ta‟sir etadigan tashqi voqealar 
majmui tushuniladi. Bunga tabiiy muhit, ijtimoiy muhit, oila muhiti (mikromuhit) 
kiradi. Shu bilan birga, inson kamolotida mikromuhit – oila sharoiti ham katta 
ta‟sir kuchiga ega. Chunki bola ko„z ochib ota-onasini, qarindosh-urug„ini ko„radi. 
Uning munosabati jismoniy va psixologik rivojlanadigan davri oila ta‟sirida 
shakllanadi. Xalqimizda “Qush uyasida ko„rganini qiladi” degan maqol bekorga 
aytilmagan.
Bola kamolotida ijtimoiy muhit ham muhimdir. Chunki ishlab chiqarish 
munosabatlarni va ularni tartibga solib turadigan ijtimoiy qonun-qoidalar kishiga 
alohida ta‟sir qiladi. Ijtimoiy aloqa, ya‟ni insonlararo o„zaro munosabat natijasida 
odam bolasi hayotga va mehnatga tayyorlanadi, kerakli tajriba va bilimlarni 
egallaydi. Inson kamolotiga ijtimoiy muhitning ta‟siri turli tarixiy davrda 
(formasiyalarda) turlicha bo„ladi, turli sotsial guruhlarga ham turlicha ta‟sir etadi. 
Shunday ekan, hozirgi zamon pedagogika fani muhitga, uning inson 
rivojlanishidagi ta‟sirining roliga alohida e‟tibor beradi. Muhit tushunchasiga 
kiradigan ijtimoiy xayot voqealarining shaxsga ta‟siri g„oyat muhim ekanligini 
ko„rsatadi va ijtimoiy muhit abadiy emas, o„zgaruvchan deb qaraydi. Shuning 
uchun muhit inson taqdirini belgilab beradigan omil deb hisoblanmaydi. Ammo 
uning ta‟siri ham rad etilmaydi. 
Аytish mumkinki, bilimli va intellektual rivojlangan barkamol avlod 
sog„lom muhit mavjud bo„lgan sog„lom jamoada tarbiyalanadi. Shundan kelib 
chiqqan holda amaliyotga joriy etilayotgan innovatsiyalarning mantiqiy davomi 
sifatida taʼlim muassasalarida sog„lom muhitni shakllantirishga qaratilgan 
“SOG„LOM MUHIT – SOG„LOM JАMOА” deb nomlangan tadbirlar majmuasini 
amaliyotga tatbiq etishni tavsiya etilgan. Yuqoridagilardan “Sog„lom muhit nima? 
Va uni shakllantirish kimlarga va nimalarga bog„liq?” degan savol tug„iladi.
SOG„LOM MUHIT bu – taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari o„rtasida 
o„zaro samimiy hurmat, taʼlim-tarbiya sifatini oshirish uchun birgalikda faoliyat 


ko„rsatayotgan ahil jamoa, jamoadagi har bir shaxsning qobiliyatlarini yuzaga 
chiqarish va rivojlantirish uchun yaratilgan sharoit, do„stona, iliq va ishchan muhit.
Shundan kelib chiqqan holda, sog„lom muhitni shakllantirish quyidagi omillarga 
bog„liq:
- Maktab rahbariyatining adolatli yondashuvi va samarali boshqaruv; 
- Jamoa o„rtasidagi samimiy munosabat;
- Maktab rahbariyati, o„qituvchi, o„quvchining ahil bo„lib umumiy maqsad (taʼlim-
tarbiya sifati va samaradorligini oshirish) sari intilishi; 
- Sog„lom raqobatning mavjudligi;
- Shaxsning intellektual salohiyatini namoyon etishga imkoniyat va sharoitlarning 
yaratilganligi;
- Natijaga ko„ra rag„batlantirishning yo„lga qo„yilganligi; 
- Samarali natijaga olib keluvchi o„zaro hamkorlikning mavjudligi; 
- O„quv-tarbiya jarayonini ishtirokchilari (o„quvchilar)ning shaxsiy qobiliyatlari
(o„qituvchilar)ning kasbiy mahoratlarini hurmat qilinishi; 
- Keng jamoatchilik bilan samarali hamkorlikning yo„lga qo„yilganligi; 
- oila-mahalla-maktab hamkorligi doirasida haftalik va dekadalar tashkil etish;
- maʼnaviy-maʼrifiy tarbiya va o„quvchilarni ijodiy faoliyatga jalb qilish bo„yicha 
mahalla qo„mitalari bilan ishlash;
- deviant xulqli o„smirlarni ijodiy faoliyatga jalb qilish bo„yicha voyaga 
yetmaganlar bilan ishlash komissiyalari bilan hamkorlikda tadbirlar tashkil etish;
Umum taʼlim maktablarida SOG„LOM MUHITni shakllantirish eng avvalo 
maktab rahbariyatining boshqaruv mahorati va kasbiy salohiyatiga bog„liq.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda rahbar atamasi masʼuliyatni his 
qiladigan, jamoani birlashtirib umumiy maqsad (taʼlim-tarbiya sifati va 
samaradorligini oshirish) sari yetaklab, javobgarlikni o„z zimmasiga olib biladigan, 
yosh avlod manfaatlari hamda el-yurtni kelajagini o„ylab mehnat qiladigan kishiga 
nisbatan ishlatiladi.
Rahbarlik yuqori darajadagi masʼuliyatlikni, yuksak aql–farosat, ko„p kuch-
g„ayrat, izlanish va topqirlikni, o„z ustida tinmay ishlashni talab qiladi. Rahbar eng 


avvalo masʼuliyatli, kompetentli (o„z kasbining mohir ustasi), tashkilotchi, adolatli 
va fidoyi bo„lishi zarur. 
Maktab rahbari sog„lom ijodiy muhit vositasida jamoa aʼzolari orasida 
shunday munosabatlar tizimini shakllantiriishi kerakki, bu muassasa oldiga 
qo„yilgan maqsadlarga eng yuqori darajada erishish imkonini bersin. Buning uchun 
rahbardan quyidagi malaka va xususiyatlarga ega bo„lish talab etiladi:
* tashkilotchilik qobiliyati; 
* o„z bilimini muntazam oshirib borishi; 
* taʼlim-tarbiya sifati va samaradorligini oshirishda shaxsiy namuna ko„rsata olishi 
(o„z mutaxassisligi bo„yicha namunaviy ochiq darslar tashkil etishi, dars 
tahlillariga kirishi, ilg„or tajribalarni joriy etishda yetakchilik qilishi); 
* yangi g„oya, yangi tashabbus, yangi texnologiyalarni joriy etilishini qo„llab-
quvvatlashi;
* o„qituvchi va o„quvchi psixologiyasidan xabardor bo„lishi (yosh xususiyatlari va 
temperamentlariga qarab samarali muloqotga kira olishishi); 
* faqat o„zining nuqtai-nazari va fikrini o„tkazmasdan, o„zgalarning ham fikrini 
inobatga olishi; 
* o„qituvchilarning bilim va malakalarini, ijodkorlik qobiliyatlarini qadrlash 
xususiyatini mavjud bo„lishi; 
* tadbirkor, ishbilarmon bo„lishi; 
* vaziyatni to„g„ri baholay olish; 
* mustaqil qaror qabul qila olish va mazkur qarorga javobgarlik hissi bo„lishi; 
* hamkorlariga, jamoa aʼzolariga bergan vaʼdasini doim o„z vaqtida bajarish;
* mag„rurlanib ketmaslik, jamoa o„rtasida kamtar bo„lish, o„ziga ortiqcha baho 
bermaslik; 
* o„zining ishtiroki zarur bo„lgan masalalarnigina hal qilishda qatnashishi; 
* faoliyatidagi har bir xato va kamchiliklarini sinchiklab tahlil qilib, kerakli saboq 
chiqara olish kabi xususiyatlar. 


Shu bilan birgalikda rahbar kadrlardan samarali faoliyatning muhim vositasi 
sifatida har bir harakatga ijodkorlik bilan yondashib, hududdagi shart-sharoitlarni 
aniq hisobga olgan holda ish uslubini tanlash talab qilinadi. 
Jamoa ko„pchilikni tashkil etadi, shunday ekan ularning fikri, dunyoqarashi, 
maʼnaviyati, xarakteri, ruhiyati ham turlichadir. Rahbar ularning turli-tuman 
ishlarini kuzatib turishi kerak bo„ladi. O„z muassasasi aʼzolarining hatti-
harakatlaridan voqif bo„lmaslik jamoaning bir necha tarafga bo„linishiga sabab 
bo„ladi. 
Sog„lom muhitni rivojlantirishda insondagi ehtiyoj va qiziqishlari 
o„zgarganligini ham hisobga olmoq kerak. Аgar yaqindagina mehnat faolligining 
asosiy sharti ish haqining miqdoridan, so„ngra esa qulay moddiy ish sharoitini 
taʼminlashdan iborat bo„lgan bo„lsa, hozirda mehnatga moddiy rag„batlantirishning 
muhim roli saqlanib qolgan holda maʼnaviy, ijtimoiy-psixologik faktorlarga tobora 
ko„proq ahamiyat berilmoqda. Hozir mutaxassis o„zining ish joyi sifatida ko„proq 
jamoasi ahil bo„lgan, masʼuliyatli va ijodkor o„qituvchi hurmat qilinadigan, u 
haqida g„amxo„rlik qilinadigan, o„zini erkin his etadigan, qulay psixologik vaziyat 
tarkib topgan ish joyini tanlamoqda va bor kuchini sarflab ishlamoqda.
Taʼlim 
muassasalarida 
sog„lom 
muhitni 
shakllantirish 
bevosita 
o„qituvchilarning vazifalarini sifatli bajarishlariga bog„liq. Shundan kelib chiqqan 
holda o„quvchilarning erishgan natijalari va yutuqlarning asosi – maktablarda dars 
jarayonining sifatli tashkil etilishi hisoblanadi. Darsning sifati esa maqsadga 
erishish uchun eng samarali usul va vositalar orqali sinfda sog„lom, do„stona 
muhitni yaratib, o„quvchilarga bilim berish hamda mustaqil faoliyat ko„rsatish kabi 
hayotiy ko„nikmalarni rivojlantirish orqali taʼminlanadi.
Bu jarayon esa o„qituvchilardan quyidagi talablarga javob berishni talab etadi:
- o„z fanining ilmiy - amaliy nazariyasini va zamonaviy yutuqlarini bilish; 
- o„quvchilarning mustaqil bilim olishlarini, ularda boshlang„ich tadqiqotchilik 
ko„nikmalarini shakllantirish maqsadida samarali usullarni qo„llay olishlari; 
- ilg„or ish tajribalar, yangiliklarni o„qitish jarayoniga tadbiq qilish; 


- o„quvchida mustaqil bilim olish, ijodkorlik va izlanishlarni rivojlantirish 
usullaridan foydalana olish; 
- dars jarayonida o„zaro hurmat, ishonch va o„zaro yordamni tashkil eta olish; 
- dars va darsdan tashkari jarayonni ko„tarinki kayfiyatda tashkil eta olish; 
- o„quvchilarni umumiy maqsadlarga intilishlarini rag„batlantirish va qo„llab-
quvvatlash. 
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda taʼlim muassasalarida sog„lom 
muhitni shakllantirishga qaratilgan “SOG„LOM MUHIT - SOG„LOM JАMOА” 
deb nomlangan tavsiyalar, eng avvalo maktablarda amaldagi vaziyat qanday 
ekanligini aniqlash maqsadida o„z-o„zini baholash metodikasini joriy etish hamda 
shundan kelib chiqqan holda keyingi faoliyatlarini rejalashtirishga qaratilgan. 

Yüklə 322,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin