2-Mavzu: Pul mablag’lari va valyuta operatsiyalari hisobi. Reja


Plastik kartochkalar bilan hisob-kitoblar



Yüklə 29,35 Kb.
səhifə6/8
tarix02.12.2023
ölçüsü29,35 Kb.
#137413
1   2   3   4   5   6   7   8
2 Mavzu Pul mablag’lari va valyuta operatsiyalari hisobi.

Plastik kartochkalar bilan hisob-kitoblar.
Plastik kartochkalar bank tomonidan chiqarilgan personifitsirlangan to’lov vositasi bo’lib, kartochka egasining tegishli bankdagi schyotida mablag’ borligiga guvoxlik beruvchi va naqd pul to’lamasdan tovarlar, ish va xizmatlarni sotib olish huquqini o’zida aks ettiradi.
Plastik kartochkada emitentning nomi bosma usulda terilgan harflarda ko’rsatiladi. Plastik kartochkalar jismoniy shaxslar, huquqiy shaxslar yoki yakka tartibdagi tadbirkorlar orasida sodir bo’ladigan o’zaro naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirishda, shuningdek naqd pul beradigan shaxobchalardan va bankomatlardan naqd pul mablag’larini olishda qo’llaniladi.
Vakolatli banklar xalqaro plastik kartochkalarini muomalaga chiqarishlari va ularga xizmat ko’rsatishlari mumkin, bunda ular xalqaro to’lov tizimlari bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq operatsiyalarni o’tkazish qoidalariga va O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013 yil 3 iyunda 2465-son bilan ro’yxatdan o’tkazilgan “O’zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisobkitoblar to’g’risida”gi Nizom talablariga amal qilishlari kerak.
Tegishligiga ko’ra plastik kartochkalar shaxsiy, oilaviy va korporativ xillarga bo’linadi:
1. Shaxsiy kartochka-bu jismoniy shaxsga berilgan plastik kartochka;
2. Oilaviy kartochka-bu foydalanuvchiga shaxsiy kartochka ushlovchining ishonchnomasiga asosan berilgan plastik kartochka;
3. Korporativ kartochka-bu huquqiy shaxslar va yuridik shaxsni tashkil etmagan yakka tartibdagi tadbirkorlarga xizmat ko’rsatishga berilgan plastik kartochka.
Korporativ kartochkalardan ish haqi va boshqa ijtimoiy tusdagi to’lovlarni to’lash, shuningdek naqd pul mablag’larini olish man qilinadi Harakatlanish rejimiga ko’ra plastik kartochkalar quyidagi turlarga bo’linadi:
1. Debetli-bank va mijoz o’rtasidagi shartnoma shartlariga binoan plastik kartochka egasining schyotida mavjud bo’lgan pul mablag’larini tovarlarga, ishlarga va xizmatlarga haq to’lashda foydalanish yoki naqd pul vositalarini (korporativ kartochkalardan tashqari) olish imkoniyatini beradigan kartochka;

Yüklə 29,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin