2 –Mavzu. Sifat kategoriyasi va sertifikatlashtirishning tarixi


Sertifikatlashtirish sohasidagi atama va ta’riflar



Yüklə 70,5 Kb.
səhifə4/6
tarix10.02.2023
ölçüsü70,5 Kb.
#123247
1   2   3   4   5   6
2 mavzu SM

4. Sertifikatlashtirish sohasidagi atama va ta’riflar
Mazkur kursda qo’llaniladigan atama va ta’riflar ISO/MEK 2, O‘z DSt ISO 9000:2002, O‘z DSt 5.5 standartlariga mos bo’lib quyidagi atama va ta’riflar mutanosiblik bilan qo’llaniladi:
Sertifikatlashtirish jarayoni, shunday uslubki, unda vositachi hisoblanmish – uchinchi tomon yozma ravishda guvohlik bildirib, mahsulot, jarayon yoki xizmatni qo’yilgan talablar darajasiga mosligini e’tirof qiladi.
Sanoat korxonalarida ishlab chiqilayotgan turli xil mahsulotlar muayyan ko’rsatkichlarga javob berishi kerak. Bu ko’rsatkichlar esa ma’lum belgilangan talablarga muvofiq /mos/ kelishi lozim. Muvofiqlik o’z navbatida mahsulot yoki xizmatlarning ma’lum standartga yoki boshqa me’yoriy hujjatlardagi shu mahsulot yoki xizmatlarga belgilangan kursatkichlarga mos kelishini talab etadi. Muvofiqlikni sertifikatlashtirish mumkin. Xo’sh sertifikatlashtirish tushunchasi nima?
Sertifikatlashtirish deganda talab etilgan ishonchlilik bilan mahsulotning muayyan standartga yoki texnikaviy hujjatga muvofiqligini tasdiqlaydigan faoliyat tushuniladi.
"Sertifikatlashtirish" tushunchasi birinchi marta Xalqaro standartlashtirish tashkiloti Kengashining sertifikatlashtirish masalalari bo’yicha maxsus qo’mitasi tomonidan ishlab chiqilib, uning "Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va sinov laboratoriyalarining akkreditlash sohalaridagi asosiy atamalari va ularning qoidalari" qo’llanmasiga kiritilgan.
Muvofiqlik - atamasi mahsulot, jarayon, xizmatga belgilangan barcha talablarga rioya qilishni o’z tarkibiga oladi. Bunda muvofiqlikni uchta ko’rinishi - muvofiqlik bayonoti, muvofiqlikni attestatlash, muvofiqlikni sertifikatlashtirish degan tushunchalar
mavjud. Muvofiqlik bayonoti deb yetkazib beruvchining mahsulot, jarayon va xizmatlarning aniq bir standartga yoki boshqa me’yoriy hujjatga to’la-to’kis muvofiqligi xaqida butun ma’suliyatni o’z ustiga olganligini bayon etishiga aytiladi. Muvofiqlikni attestatlash uchunchi tomon tarafidan "sinov laboratoriyasining bayonoti" tushunilib, ma’lum namuna mahsulotga bo’lgan talablarni belgilovchi ma’lum standartlar yoki boshqa hujjatlar bilan muvofiq ekanligini bayon etishiga aytiladi.
Sertifikatlashtirish jarayoni deganda mahsulot /buyum, mol/ yoki xizmat muayan standart yoki texnikaviy shart talablariga mos kelishini tasdiqlash maqsadida o’tkaziladigan faoliyat tushunilib, ushbu faoliyat natijasida mahsulot /buyum, molning/ urnatilgan talablarga iste’molchini ishontiradigan tegishli hujjat - sertifikat beriladi.
Yana bir zarur atamalardan biri "sertifikatlashtirish tizimi" bulib u quyidagicha ta’riflanadi: Sertifikatlashtirish tizimi - muvofiqlikning sertifikatlashtirish faoliyatini o’tkazish uchun ish tartibi qoidalariga va boshqarishiga ega bo’lgan tizimdir.
Sertifikatlashtirish faoliyatida kullaniladigan uchta tushuncha to’g’risida to’xtalib o’tamiz: sertifikatlashtirish tizimidan foydalanish, sertifikatlashtirish tizimida qatnashuvchi va sertifikatlashtirish tizimi a’zosi.

Yüklə 70,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin