2-mavzu: uo’TMda huquqiy-me’yoriy hujjatlar kompetensiyaviy yondashuv asosidagi davlat ta’lim standarti haqida umumiy ma’lumot


Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan o’quv dasturining tuzilishi



Yüklə 109 Kb.
səhifə3/8
tarix28.09.2023
ölçüsü109 Kb.
#129515
1   2   3   4   5   6   7   8
3-ma\'ruza darsi

Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan o’quv dasturining tuzilishi
Masalan: Ona tili fani o’quv rejaga muvofiq 5-9- sinflarda 646 soat hajmda, haftasiga 19 soat, shundan 5- sinfda 6 soat, 6 -sinfda 5 soat, 7- sinfda 3 soat, 8- sinfda 3 soat, 9-sinfda 2 soat o’qitiladi.
Ona tili fanini chuqur o’rganishga ixtisoslashtirilgan maktablarning 5-9-sinflarida esa 986 soat, haftasiga 29 soat, shundan 5 sinfda 8 soat, 6-sinfda 7soat, 7-sinfda 5 soat, 8-sinfda 5 soat, 9-sinfda 4 soatdan o’qitiladi.
O’quv dasturida “Uqtirish xati” keltirilgan bo’lib, unda fanini o’qitishning ahamiyati va unga zamonaviy yondashuvlar, fanni o’qitishning maqsad va vazifalari, o’quv dasturi mazmunida aks etgan xamda o’quv fani bo’yicha umumiy o’rta ta’lim muassasalari bitiruvchilariga qo’yiladigan malaka talablari kiritildi.
Fan Davlat ta’lim standartida umumiy ko’rinishda berilgan tayanch komptensiyalar A2 va A2+ darajaga ajratib berildi. Har bir sinfning boshida o’quvchilarda shakllantirilishi lozim bo’lgan shu sinfga xos tayanch komptensiya elementlari berilgan.
Har bir sinfda o’rganiladigan bo’lim va mavzular nomlari hamda ularga ajratilgan soatlar ko’rsatilgan. Bunda har bir bo’lim mazmuni va fanga oid komptensiyalar elementlari ochib berilgan.
Ona tili fanining xususiyatidan kelib chiqib o’quvchilarda fanga oid kompetensiyalar elementlarining shakllanganlik darajasini aniqlash maqsadida nazorat ishi hamda o’quvchilar bilimini mustahkamlash, takrorlash soatlari ajratilgan.
A2 va A2+ (9-sinf) yakunida o’quvchilarda shakllangan tayanch hamda fanga oid kompetensiyalar elementlari keltirilgan.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi(ona tili fani misolida)
A2 mediamanbalar (radio, televizor, internet va boshqalar)dan zarur ma’lumotlarni izlab topa olish, saralash, saqlash, ulardan samarali foydalana olish, ularning xavfsizligini ta’minlash ko’nikmalarini egallash .
A2+ mediamanbalar (radio, televizor, internet va boshqalar)dan zarur ma’lumotlarni izlab topa olish, saralash, qayta ishlash, saqlash, ulardan samarali foydalana olish, mediamadaniyatga ega bo’lish.

Yüklə 109 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin