2-modul. Ilk yozuvlar tarixi va ularning o’rganilishi 2-Mavzu: Markaziy Osiyodagi ilk yozuvlar va ularning o’rganilishi. Markaziy Osiyo yozma yodgoriiklari topilgan hududlar. Reja



Yüklə 31,95 Kb.
səhifə3/3
tarix06.02.2023
ölçüsü31,95 Kb.
#123070
1   2   3
2-modul. Ilk yozuvlar tarixi va ularning o’rganilishi 2-Mavzu M

Qadimgi Xorazm tili va yozuvi.
Markaziy Osiyo xalqlarining eng qadimgi yozuvi bu xumning sirtida tasvirlangan Xorazm tilidagi qisqa yozuvdir. U Katta Ayirbuyir qal'a shahar xarobasida topilgan. Arxeologik ma'lumotlarga qaraganda bu yozuv milloddan avvalgi V-IV asrlarga tegishlidir. Millodan avvalgi IV – III asrlarga oid yana bir qadimgi Xorazm yozuvi Quyqirilgan qal'a xarobasida topilgan sopol idishning sirtida saqlangan. Bu yagona so`z bo`lib, «Asparak» otliq, chavandoz so`zidan iborat. Xorazm yozuvida 20 belgi ishlatilgan.Bu yozuv belgilarini rus olimi Livshis va qoraqalpog`istonlik qadimshunos M.Mambetullayev tadqiq etgan. Qadimgi Xorazm yozuvi oromiy alifbosiga asoslangan. Oromiylar – millodan avvalgi I ming yillikning boshlarida Mesopotamiya (ikki daryo oralig`i hududida joylashgan qadimgi xalqdir. Milloddan avvalgi VI-IV asrlarga kelib, 22 ta xarfdan iborat bo`lgan oromiy alifbosi O`rta Sharqning idora qilish, ish yurituvchi va ma'muriy tili vazifasini bajargan.
Bundan tao‘qari, biz qiyosiy tahlil etishni ixtiyor qilgan yana bir qadimiy manba Xorazm tili va yozuvi bo‘lib, bu yozuv xronologik jihatdan shakllanishi miloddan avvalgi IV asr oxiri–III asrning boshlarida Qadimgi Xorazm davlatining tashkil topish davriga to`g`ri keladi. Yozuv tizimining mavjud bo`lishi va rivojlanishi miloddan avvalgi IV asrdan milodiy XI asrlarni qamrab olgan.Yozuvlarning aksariyati VI-VIII asrlardagi kumush qadahlardagi yozuvlardan, To`qqal`a qabristonidan topilgan ossuariylardagi yozuvlardan, Giyour Qal`adagi (Mizdaxkon) yozuvlaridan tashkil topgan.
Akademik S.P.Tolstov va akademik Yahyo G`ulomov Xorazm tangalarini o`rganish asosida bu yozuvni alifbosini qayta tiklashga urunib ko`rganlar.
Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. Viktor Drachuk.. Yozuvlar o`tmish sirlari shohidi.T. “O`zbekiston. 1980.

  2. Kobrin V.B., Leonteva G.A., SHorin P.A., Vspomogatelnie istoricheskie dissiplino‘, M., Prosveshenie, 1984.

  3. Sagdullaev A. Qadimgi O`zbekiston ilk yozma manbalarda. T. 1996.

  4. Dyakonov I., Istoriya pisma, perevod s nemetskogo, M., 1979

  5. Iogannes F., Istoriya pisma, M., Nauka, 1980



Yüklə 31,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin