Birinchi davr 1991-1994 yillar. О„tish davri parlamenti deb atash mumkin
bо„lgan oxirgi 12-chaqiriq Oliy Kengash deputatlari davlat boshqaruvining
mutlaqo yangi organlarini tashkil etishning, ijtimoiy yо„naltirilgan bozor
iqtisodiyotiga asoslangan demokratik jamiyat qurishning xuquqiy negizi bо„lgan
О„zR Konstitusiyasini qabul qildi. Parlament yosh davlatning suverenitetini
mustaxkamlashga qaratilgan “О„zRning davlat mustaqilligi asoslari tо„g„risida”gi
“О„zR Prezidenti saylovi tо„grisida”gi, “О„zRning Davlat bayrog„i tо„g„risida”gi,
“О„zRning Davlat gerbi tо„g„risida”gi, “О„zRning Davlat madhiyasi tо„g„risida”gi,
“О„zRning davlat tili haqida”gi, “О„zR OMga saylov tо„g„risida”gi va
mustaqilligimizni huquqiy jihatdan mustahkamlashga qaratilgan nihoyatda muhim
bо„lgan bir qator qonunlarni qabul qildi.
Oliy Kengashning о„n ikkinchi sessiyasi 1994 yil 23 sentabrda О„zR OMga
birinchi saylovni 1994 yil 25 dekabrda о„tkazish tо„g„risida qaror qabul qildi. Uch
bosqichda (1994 yil 25 dekabrda, 1995 yil 8 va 22 yanvarda) bо„lib о„tgan saylov
yakunlariga binoan 245 nafar deputatdan iborat tarkibdagi parlament
shakllantirildi. Saylov kо„p partiyaviylik asosida о„tkazildi.
Ikkinchi davr 1995-2004 yillar. Oliy Kengash о„rniga О„zRning bir palatali
parlamenti OM shakllantirildi. Birinchi chaqiriq (1995-1999 yillar) OM tarkibida
О„zbekiston Xalq demokratik partiyasidan 69 nafar, “Adolat” sotsial-demokratik
partiyasidan 47, "Vatan taraqqiyoti” partiyasidan 14, "Milliy tiklanish" demokratik
partiyasidan 7 nafar deputat bо„lib, deputatlarning qolgan qismini hokimiyat vakil-
lik organlaridan kо„rsatilgan shaxslar tashkil etdi.
Ikkinchi chaqiriq (2000-2004 yillar) OMga saylov hokimiyat vakillik
organlari bilan bir qatorda beshta siyosiy partiya va saylovchilar tashabbuskor
guruhlari ishtirokida bо„lib о„tdi. Ikkinchi chaqiriq OMda 11 nafar deputatni
birlashtirgan "Adolat" sotsial-demokratik partiyasi fraksiyasi, 10 nafar deputatdan
iborat "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi fraksiyasi, 20 nafar deputatga ega
bо„lgan "Vatan taraqqiyoti" partiyasi fraksiyasi, 34 nafar deputatni tashkil etgan
"Fidokorlar" milliy demokratik partiyasi fraksiyasi, 49 nafar deputatdan iborat
Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi, 107 nafar kishidan iborat hokimiyat vakillik
organlaridan saylangan deputatlar bloki va 16 nafar saylovchilar tashabbuskor
guruhlaridan saylangan deputatlar bloki ruyxatga olindi. Keyinchalik "Vatan
taraqqiyoti" va "Fidokorlar" partiyalari bitta "Fidokorlar" partiyasiga birlashganligi
munosabati bilan ikkinchi chaqiriq OMning ikkinchi sessiyasida ularning
parlamentdagi fraksiyalari a‟zolari ham birlashib, 54 nafar deputatni birlashtirgan