17
organlari, soliq va bojxona qо„mitalari, korxonalar bankrotligini nazorat qiluvchi
organlar tashkil qilindi. Iqtisodiy munosabatlarning yangi tizimiga xos bozor
institutlari: bank tizimi, sugurta, lizing,
auditorlik kompaniyalari, tovarlarni birja
orqali sotish tizimi shakllandi.
Shu tarzda, davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish jarayonida qat‟iy davlat
nazorati mamlakatda aholini ijtimoiy himoya qilish va fuqarolararo hamjihatlikni
ta‟minlash, bozor islohotlarini amalga oshirish uchun mustahkam iqtisodiy zamin
va qonunchilik bazasini shakllantirish imkonini berdi.
Bu davrda boshqaruvning
ma‟muriy-buyruqbozlik tizimi barham topdi, VM, davlat va xо„jalik boshqaruvi
organlari, joylardagi vakillik va ijro organlari faoliyatining huquqiy asoslari
yaratildi.
Ikkinchi bosqich (2001-2010 yy.) iqtisodiyotni
barqaror rivojlantirish,
qonunchilik, sud-huquq tizimi va ijtimoiy-gumanitar sohalarni isloh qilishni
ta‟minlashda g„oyat muhim rol о„ynagan davr bо„ldi. Davlat boshqaruvi tizimini
isloh qilishning ushbu bosqichidagi eng muhim vazifalar sifatida boshqaruv
tuzilmalarining vazifalarini о„zgartirish,
ularning hokimiyatga oid, tartibga solish
va nazorat qilishga oid vakolatlarining tо„xtatilishi va tubdan qisqartirilishi,
shuningdek, xо„jalik yurituvchi subyektlarning faoliyatiga aralashuv va tartibga
solishga yо„l qо„ymaslik kabi vazifalar belgilandi.
Islohotlarning
mantig„i va jamiyat hayotining
barcha sohalarini
erkinlashtirishga intilish davlat funksiyalarining mikro darajada, ya‟ni muayyan
xо„jalik yurituvchi subyektlar faoliyati va hududlarni rivojlantirish darajasida
qisqartirilishini taqozo etmoqda edi.
Boshqacha aytganda, korxonalar va aholi
bozor islohotlariga moslashib borgani sayin davlat organlarining ularning qonuniy
faoliyatiga
aralashuvi
tadbirkorlik,
ishbilarmonlik,
umuman,
iqtisodiyot
rivojlanishi yо„lidagi jiddiy tо„siqqa aylanmoqda edi. Ushbu davrda qabul qilingan
О„zR Prezidentining "Respublika davlat boshqaruvi organlari faoliyatini
takomillashtirish tо„g„risida"gi
(
О„zbekisgon Respublikasi Prezidentining "Respublika davlat
Dostları ilə paylaş: