2-modul. Taraqqiyotning “O„zbek modeli” va uning o„ziga xos xususiyatlari


boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish tо„g„risida"gi Farmoni // О„zbekiston Qonun hujjatlari



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/44
tarix02.01.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#121916
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   44
\'12.12.2020 y ochiq dars ma’ruzasi

boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish tо„g„risida"gi Farmoni // О„zbekiston Qonun hujjatlari 
tо„plami. 2003. 23-son. 229-modda)
va "Xо„jalik boshqaruvi organlari tizimini takomil-
lashtirish tо„g„risida"gi Farmonlari О„zbekistonda ma‟muriy islohotlarning mutlaq 
yangi bosqichini boshlab berish asnosida, davlat va xо„jalik boshqaruvi maqomini, 
ularning asosiy vazifalari va ushbu tashkilotlarning (vazirliklar, davlat qо„mitalari, 
agentliklar, qо„mitalar, markazlar va inspeksiyalar) rо„yxatini meyoriy-huquqiy 
belgilash asosida ularning funksiyalarini ajratib berdi. 
2003-2004 yillarda о„tkazilgan ma‟muriy islohotlar jarayonida 20 ga yaqin 
davlat boshqarmasi qayta tashkil qilindi, 40 mingga yaqin boshqaruv 
xodimlarining shtat birliklari qisqartirildi. Bu, ma‟lum ma‟noda, korxonalar va 
tadbirkorlik tuzilmalarini ularning faoliyatiga byurokratik aralashuvlarning turli 
shakllaridan ximoya qilish imkonini berdi. Iqtisodiyot, davlat va jamiyat 
qurilishini erkinlashtirish borasidagi yangi vazifalar, barcha hokimiyat 
tarmoqlarining mustaqilligini kuchaytirish zaruriyati davlat boshqaruvi organlarini 
munosib takomillashtirilishini taqozo etar edi. 
Davlat, ijtimoiy-iqtisodiy qurilish, mamlakatda amalga oshirilayotgan 
islohotlarni chuqurlashtirish masalalarini hal qilishda О„zR hukumatining roli va 


18 
mustaqilligining kuchaytirilishi 2003 yilda О„zR Konstitusiyasiga tuzatishlar 
kiritilishi 
(О„zRning "О„zRning Konstitusiyasiga о„zgartirish va qо„shimchalar kiritish tо„g„risida" gi 
Qonuni // О„zR qonun hujjatlari tо„plami. 2003. 9-10-soi. 67-modda)
va ular asosida "О„zR VM 
tо„g„risida"gi Qonunning yangi tahrirda qabul qilinishiga sabab bо„ldi. 
Ijro hokimiyatini modernizatsiyalash maqsadida ilgari О„zR Prezidenti 
egallagan VM Raisi lavozimi bekor qilindi. 2003 yilda О„zR Konstitusiyasidan 
mamlakat Prezidenti bir paytning о„zida VM Raisi hisoblanishini belgilovchi 
norma chiqarib tashlandi. Qonunchilikdagi о„zgarishlarga muvofiq, Bosh vazir 
nomzodini kо„rib chiqish va tasdiqlash OMning ikki palatasi vakolatiga kiradi. 
О„zR Prezidenti OM palatalariga kо„rib chiqish va tasdiqlash uchun О„zR Bosh 
vazirining nomzodini tavsiya qiladi. 
OM tomonidan Bosh vazir lavozimiga nomzod ikki marta rad etilgan taqdirda 
О„zR Prezidenti Bosh vazir vazifasini bajaruvchini tayinlaydi va О„zR OMni 
tarqatib yuboradi. 78-moddaga kiritilgan tuzatish OM palatalariga mamlakat 
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining dolzarb masalalari yuzasidan Bosh vazirning 
hisobotlarini eshitish va muhokama qilish vakolatlarining berilishini kо„zda tutadi. 
Ushbu qoida ijro etuvchi hokimiyat faoliyati ustidan parlament nazoratini sezilardi 
ravishda kengaytiradi. 
Yangi shakllantirilgan Vazirlar Mahqamasi О„zR Prezidenti bilan kelishilgan 
xolda OM palatalariga о„z vakolati davridagi faoliyat dasturini taqdim qiladi; О„zR 
ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishining asosiy yо„nalishlarini va unga kiritiladigan 
о„zgarishlarni ishlab chiqadi hamda mamlakat parlamentiga kо„rib chiqish uchun 
taqdim etadi. 
Iqtisodiy islohotlar chuqurlashib, iqtisodiyotni boshqarishning zamonaviy 
bozor usullari shakllantirilayotgan, moddiy xujalik sohasining davlat tomonidan 
tartibga solinishi tizimi takomillashib borgani sayin ijro hokimiyati organlarini 
isloh qilish, jumladan, uning О„zR VM kabi oliy organlarning vakolatlari 
mustaqilligini kengaytirish, mas‟uliyatini oshirish bо„yicha shart-sharoitlar 
yaratildi. 
Davlat boshqaruvi islohotlarning ushbu bosqichidagi eng muhim natijalarni 
boshqaruv tuzilmalari funksiyalarining о„zgarishi, ularning hokimiyatga xos, 
tartibga soluvchi va nazorat vakolatlarining tо„xtatilishi va tubdan qisqartirilishi, 
shuningdek, xо„jalik yurituvchi subyektlarning faoliyatiga tо„g„ridan-tо„g„ri 
aralashuv va tartibga solishga yо„l qо„ymaslik tashkil etadi. Ushbu bosqichda 
viloyatlar, tumanlar, shaharlar hokimliklari faoliyatining samaradorligini oshirish 
va tarkibini takomillashtirish, ularga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun zarur 
shart-sharoitlarni ta‟minlash bо„yicha chora-tadbirlar majmuasi amalga oshirildi. 
Davlat boshqaruvi organlari faoliyatini, shuningdek, huquqiy himoya tizimini 
takomillashtirish va tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy mas‟uliyatini 
erkinlashtirishga yо„naltirilgan qator meyoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. 
Adliya organlari bilan hamkorlikda tadbirkorlikni, 2005 yildan boshlab esa 
prokuratura organlarini huquqiy himoyalash tizimi yaratildi. Ushbu choralar davlat 
va 
nazorat 
organlarining 
korxonalarning 
moliyaviy-xо„jalik 
faoliyatiga 
aralashuvini tubdan qisqartirish va tadbirkorlik subyektlarining iqtisodiy erkinlik 


19 
va huquqlarini jiddiy tarzda kengaytirishga olib keldi. 
Tadbirkorlik va xususiy mulkni qо„llab-quvvatlash bо„yicha davlat organlari 
tashkil qilindi, ushbu organlarning tadbirkorlik subyektlarini moddiy-texnik va 
xom ashyo resurslari bilan ta‟minlash borasidagi faoliyati takomillashtirildi. 
Ushbu davrda, qabul qilingan qarorlarga muvofiq, ijro hokimiyati markaziy 
organlarining ayrim vakolatlari joylardagi davlat hokimiyati organlari ixtiyoriga 
о„tkazildi. Joylardagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni boshqarish, bozor usullariga 
asoslangan, zamonaviy boshqaruv tamoyillarini hayotga keng joriy qilish choralari 
amalga oshirildi, oila, onalik va bolalikning ijtimoiy himoyasi kuchaytirildi, 
ma‟lum hududda istiqomat qiluvchi fuqarolarning bandligiga kо„maklashish, shu 
jumladan, kasanachilikni yо„lga qо„yish chora-tadbirlari amalga oshirildi. 
2011 yili О„zR Konstitusiyasiga yangi tuzatishlar kiritildi 
(О„zRning "О„zR 

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin