2-modul. Taraqqiyotning “O„zbek modeli” va uning o„ziga xos xususiyatlari


partiyalarga о„z elektorati manfaatlarini va о„z dasturiy vazifalarini ishonch va



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/44
tarix02.01.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#121916
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   44
\'12.12.2020 y ochiq dars ma’ruzasi


partiyalarga о„z elektorati manfaatlarini va о„z dasturiy vazifalarini ishonch va 
qat‟iyat bilan himoyalash imkonini beradi. 
"Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari" tamoyilini amalga oshirish 
va davlat organlari ustidan jamoatchilik nazoratini ta‟minlash bо„yicha yaxlit 
tizimning shakllantirilishi doirasida jamoatchilik nazorati institutiga ham 
konstitusiyaviy maqom berilgan, bu esa davlat rivojlanishiga oid о„ta muhim 
vazifalarni amalga oshirishda fuqarolik institutlarining rolini va ahamiyatini jiddiy 
ravishda kuchaytiradi. 
93-moddaga kiritiladigan о„zgarishlar hokimiyatning bо„linishi va ularning 
samarali 
hamkorlik 
qilishiga 
oid 
konstitusiyaviy 
prinsip 
mexanizmini 
takomillashtiradi. Jumladan, endilikda Prezidentning vazirliklar, davlat qо„mitalari 
hamda davlat boshqaruvining boshqa organlarini tuzish va tugatish haqidagi 
qarorlari О„zR VMning taqdimidan sо„ng qabul qilinadi, shu masalaga doir 
farmonlar keyinchalik О„zR OMning palatalari tasdig„iga kiritiladi. 
Mamlakatning siyosiy va konstitusiyaviy rivojlanishi mantigi VMning 
mustaqilligi va mas‟uliyagini oshiruvchi huquqiy normalarning qabul qilininshga 
sabab bо„ldi. 98-moddaga VMning mas‟uliyatini konstitusiyaviy mustahkamlash
shuningdek, faoliyati sohalarini aniqlashtirish maqsadida qо„shimchalar kiritildi. 
Xususan, xukumat zimmasiga samarali iqtisodiy, ijtimoiy, moliyaviy, pul-kredit 
siyosatining yuritilishi, fan, madaniyat, ta‟lim, sog„liqni saqlash hamda iqtisodiyot 
va ijtimoiy sohaning boshqa tarmoqlarini rivojlantirish bо„yicha dasturlarni ishlab 


21 
chiqish va ularni amalga oshirish uchun javobgarlik yuklatilgan. Vazirlar 
Maxkamasi davlat va xо„jalik boshqaruvi organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi 
va yо„naltiradi, uning ustidan nazoratni ta‟minlaydi. 
Ayni paytda, kiritilgan yangi normaga kо„ra, Bosh vazir lavozimiga nomzod 
parlamentda uning nomzodi kо„rib chiqilayotganda va tasdiqlanayotganda 
VMning yaqin muddatga va uzoq istiqbolga mо„ljallangan harakat dasturini 
taqdim etadi. Ushbu qо„shimcha siyosiy partiyalarga xukumat dasturi yoki uning 
alohida yо„nalishlari bо„yicha о„z nuqtai nazarini belgilash bо„yicha puxta 
о„ylangan qaror qabul qilish imkonini beradi. U demokratik jamiyatning muhim 
tarkibiy qismi hisoblangan kо„ppartiyaviylik tizimini, partiyalararo raqobat va 
fraksiyalararo kurashni yanada rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. 
Bundan tashqari, 103-moddaga qо„shimchalar mahalliy Kengashlarda siyosiy 
Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin