3
tashkilotchi va muvofiqlashtiruvchi arbob sifatida ish kurishi kerak edi. Ayni
vaqtda Prezident lavozimi ta‟sis etilgan taqdirda ham Oliy Sovet davlat
hokimiyatining oliy organi bо„lib, u qonun chiqaruvchi, hukumat-ijrochi-
boshqaruvchi organ bо„lib qolaveradi. Prezident
esa mazkur tizimda qonun
chiqaruvchilik bilan ijrochilik faoliyatini о„zaro bog„laydigan mustahkam bо„g„in
vazifasini bajaradi.
1990 yilda mazkur lavozim ta‟sis etilayotgan vaqtda bu lavozimning joriy
etilishi Ministrlar Sovetining vakolatini cheklashi mumkin, degan xavotir ham
bо„ldi. Biroq, hukumatning vakolatlari amalda о„zgarmay qoldi. Shu munosabat
bilan Ministrlar Soveti о„z ishi tо„g„risida har yili Oliy Kengashga hisob beribgina
qolmay, bu haqda Prezidentni muntazam xabardor qilib turishi belgilab qо„yildi.
Ayni paytda hukumat, vazirliklar va davlat qо„mitalari qonunlar bilan bir qatorda
о„z faoliyatida Prezident farmonlariga amal
qilishlari shart ekanligi
mustahkamlandi. Prezident huzurida tashkil egilgan organ Prezident Kengashi
davlat vakolatlari bilan ta‟minlandi.
Davlat boshqaruvining mazkur zamonaviy va samarali shaklini yuzaga
keltirishda xalqimizning davlatchilik sohasidagi kо„p ming yillik tarixiy tajribalari,
diyorimizning muayyan shart-sharoitlari, xalqning an‟analari va mentaliteti, о„ziga
xos xususiyatlari, shuningdek, hozirgi zamon ilg„or davlatlarining tajriba va
yutuqlari nazarda tutildi.
Qayd etish joizki, bugungi kunda BMTga a‟zo bо„lgan
193 ta davlatdan 143 tasida, ya‟ni qariyb 75 foizida Prezident lavozimi ta‟sis
etilgan.
Respublikamizda prezidentlik lavozimi murakkab vaziyatda ta‟sis etildi.
Qayta qurish, oshkoralik vaziyatida xalq xо„jaligini rivojlantirish, aholiga zarur
turmush sharoitlarini yaratib berishda kо„plab murakkab, hal qilinmagan
muammolar borligi aniqlandi. Ayrim viloyatlarda ijtimoiy-siyosiy vaziyat izdan
chiqqan, qonunni buzish hollari kо„paygan edi.
Xalq bunday noqonuniy xatti-
harakatlarning zudlik bilan payini qirqishni talab qilayotgan edi. Bularning
barchasi prezident lavozimini kechiktirmasdan joriy etishni talab qildi. О„zbekiston
SSRning birinchi Prezidenti istisno tariqasida respublika Oliy Kengashining 1990
yil 24 martdagi sessiyasida saylandi. Islom Abdug„aniyevich Karimov yashirin
ovoz berish yо„li bilan О„zbekiston SSRning Prezidenti etib saylandi.
L.Levitin va D.S.Karlaylning “Islom Karimov – yangi О„zbekiston
Prezidenti” nomli kitobida shunday deyiladi: “1990 yilning mart oyida Islom
Karimov о„sha paytdagi ittifoqdosh respublikalar rahbarlari orasida birinchi bо„lib
Prezidentlikka saylandi. Moskva buni juda salbiy qabul qildi. Gorbachyov
ochiqdan-ochiq g„azablandi. Boshqa respublikalar rahbarlari esa,
Karimovning
Prezidentlikka saylanganini qalban qо„llab-quvvatlasa-da, unga havas qilsa-da,
televideniye va minbarlarda Gorbachyovning “16 prezidenti bor davlat qanday
davlat bо„ladi”, degan sо„zlarini qaytarish bilan band bо„ldilar. (Bu
Gorbachyovning navbatdagi mantiqiy fikri edi yangidan paydo bо„layotgan dav-
latlar ittifoqida 16 ta parlament raislari bо„lishi mumkin emishu, 16 ta Prezident
bо„lishi mumkin emas emish). Karimovdan qutulish uchun tazyiqning barcha
yо„llaridan foydalanib kо„rishdi. Gorbachyov uni о„taketgan
amalparast deb
4
aybladi. Bu vaqtda, men ishonamanki, Karimov haqoratlangan va xо„rlangan
О„zbekistonning obrо„sini kо„tarish haqida о„ylardi. 1990 yilning 26 martida
О„zbekiston Oliy Kengashi Prezidentlikni joriy etdi va meni shu lavozimga
sayladi. Shundan sо„ng men Moskvaga – SSSR Davlat Kengashi yig„ilishiga
keldim. Gorbachyov meni О„zbekiston Prezidenti deya piching, haqoratomuz
sо„zlar bilan kengash a‟zolariga tanishtirdi va tartibga solib qо„yishga va‟da berdi.
Bu yerda u prezidentlikni bekor qilishni nazarda tutdi.
Men unga shunday javob
berdim: “Agar suhbat shunday davom etadigan bо„lsa, men Kengashni tashlab
ketaman”. Sо„ng Moskva har qanday yо„l bilan bо„lsa ham meni olib tashlashga
urindi, ammo hech narsaga erisha olmadi. Kuchlar endi boshqacha edi. Meni
qо„llab-quvvatlagan xalq ham boshqacha fikrlay boshlagandi”. Bu kurashda
Karimov о„zi va xalqi uchun hamma narsaga tayyor yо„lboshchi sifatida g„olib
chiqdi”
(
Dostları ilə paylaş: