Umumiy yurisdiksiya sudlari. О„zRda sud tizimini shakllantirishning
huquqiy bazasi О„zR Konstitusiyasining 107-moddasida kafolatlashdan. Ayni shu
konstitusiyaviy norma 1993 yil 2 sentabrda О„zRning "Sudlar tо„g„risida"gi
Qonuni qabul qilinishida asos bо„lib xizmat qildi.
Mazkur Qonunga muvofiq, umumiy yurisdiksiya sudlari tizimi quyidagi
bо„g„inlardan tashkil topdi:
О„zR Oliy sudi;
Qoraqalpog„iston Respublikasi Oliy sudi, viloyatlar sudlari va Toshkent
shahar sudi;
tumanlararo, tuman (shahar) sudlari; harbiy sudlar (О„zR Harbiy sudi, okrug
va hududiy harbiy sudlar).
О„zR Oliy sudi. О„zR Konstitusiyasining 110-moddasiga binoan, "О„zR Oliy
sudi fuqarolik, jinoiy va ma‟muriy sud ishlarini yuritish sohasida sud
hokimiyatining oliy organi hisoblanadi". Mazkur sud tomonidan qabul qilinadigan
hujjatlar qat‟iy tarzda О„zRning barcha hududida bajarilishi majburiy. О„zR
birinchi Prezidenti I.A.Karimov “... sud hokimiyatini bosqichma-bosqich
mustahkamlab borish, sudning mustaqilligini ta‟minlash, uni sobiq tuzumda
bо„lgani kabi qatag„on quroli va jazolash idorasi sifatidagi organ emas, balki inson
va fuqaro huquq va erkinliklarini ishonchli himoya va muhofaza etishga xizmat
qiladigan tom ma‟nodagi mustaqil davlat institutiga aylantirishga qaratilgan keng
qо„lamli tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar amalga oshirildi”
(Karimov
I.A.
Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish
Konsepsiyasi. -T.: О„zbekiston, 2010. B. 16.)
deb ta‟kidlab о„tdi.
О„zR suveren davlat bо„lishi bilan sudlar hokimiyatning qonun chiqaruvchi
va ijro etuvchi tarmoqlaridan, siyosiy partiyalar va jamoat tashkilotlaridan
mustaqil holda ish olib borish imkoniga ega bо„ldi.
Hozirgi kunga kelib, Oliy sudning huquqiy maqomi "Sudlar tо„g„risida"gi
Qonunning 2000 yil 14 dekabrdagi tahriri I bо„limining normalari hamda
keyinchalik kiritilgan о„zgartish va qо„shimchalar, shuningdek, О„zR Fuqarolik
protsessual kodeksi va Jinoyat protsessual kodeksining bir qator qoidalari asosida
tartibga solinmoqsa
(Mingboyev U.K. Sud adolat posboii // «Hayot va qonun». 2001. 5-son. 7-8-bet.).
О„zR Fukarolik protsessual kodeksining 144-moddasiga kо„ra, Oliy sud
qonunda belgilangan vakolati asosida, fuqarolik ishlarini kо„rib chiqadi,
26
shuningdek, alohida holatlarni hisobga olib, har qanday fuqarolik ishini О„zRning
istalgan sudidan olib, birinchi instansiya sudi sifatida о„zining ish yuritishiga qabul
qilib olish yoki bir suddan boshqa tegishli sudga о„tkazish vakolatiga ega.
О„ta murakkab va muhim ishlar Jinoyat-protsessual kodeksining 389-moddasi
bilan О„zR Oliy sudining sudloviga tegishli ekanligi belgilab qо„yilgan. Tabiiyki,
о„zi chiqargan qarorlarga nisbatan yangi ochilgan holatlar yuzasidan ishlarni
kо„rib chiqish ham О„zR Oliy sudi vakolatiga kiradi.
Sud nazoratini amalga oshirishning yuqorida sanab о„tilgan shakllari bilan bir
qatorda Oliy sudning ixtiyorida bu borada bilvosita nazorat shakli, binobarin,
uning sud amaliyoti yuzasidan tushuntirishlar berish vakolati ham bor.
Oliy sud Plenumi tushuntirishlari odil sudlovni amalga oshirishda
qonunlarning aniq qо„llanishini ta‟minlashga qaratilgan bо„lib, ana shu
tushuntirishlarda umumlashtiruv natijalari asosida sharhlar beriladi.
Odil sudlovning Asosiy Qonunimizda mustahkamlab qо„yilgan demokratik
prinsiplari, xususan, fuqarolarning qonun va sud oldida tengligi, aybsizlik
prezumpsiyasi, ayblanuvchining himoyalanish huquqi bilan ta‟minlanishi singari
konstitusiyaviy prinsiplar mazmuni О„zR Oliy sudi Plenumining kо„pgina
tushuntirishlarida chuqur va mufassal ochib berilgan. Aksariyat tushuntirishlar
sudlarning qonuniylik va huquq-tartibotni mustahkamlashdagi, javobgarlikni
tabaqalashtirish hamda jazolarni individuallashtirishdagi, hayotga, sog„liqqa,
shaxsning ozodligi va qadr-qimmatiga qarshi retsidiv jinoyatlar uchun
javobgarlikni kuchaytirishdagi roliga taalluqli.
О„zbekiyeton Respublikasi Oliy sudi Oliy sud Plenumi, Oliy sud Rayosati,
Fuqarolik ishlari bо„yicha sudlov hay‟ati, Jinoyat ishlari bо„yicha sudlov hay‟ati
va Harbiy hayatdan iborat tarkibda faoliyat olib boradi.
О„zR Oliy sudining Plenumi barcha umumiy yurisdiksiya sudlari qarorlariga
nisbatan oliy sudlov instansiyasi bо„lib, О„zR Oliy sudining sudyalari hamda
Qoraqalpog„iston Respublikasi Fuqarolik va jinoyat ishlari bо„yicha oliy sudlari
raislaridan iborat tarkibda faoliyat yuritadi.
О„zR Oliy sudining Rayosati О„zR Oliy sudining sudyalari orasidan О„zR
Oliy sudi Plenumi tomonidan belgilanadigan miqdorda tashkil topadi. О„zR Oliy
sudi Rayosatining majlislari har oyda kamida bir marta о„tkaziladi hamda О„zR
Oliy sudi Rayosati a‟zolarining kо„pchiligi hozir bо„lgan taqdirda vakolatli
sanaladi. Rayosatga ishlarni nazorat tartibida, sud amaliyoti umumlashma
materiallarini, sudlov hay‟atlari ishini tashkil etish masalalarini, shuningdek,
viloyatlar sudlari va ularga tenglashtirilgan sudlar raislarining ma‟ruzalarini
tinglash bilan bog„liq masalalarni kо„rib chiqish vakolati berilgan.
Umumiy yurisdiksiya sudlari tizimidagi harbiy sudlar, ularning vazifalari
hamda vakolatlari О„zR Prezidentining 1992 yil 28 fevraldagi "Harbiy tribunallar
va harbiy prokuratura organlari tо„g„risida"gi Farmoni bilan respublika Kurolli
Kuchlarida qonuniylik va huquq-tartibotni ta‟minlash maqsadida harbiy tribunallar
mamlakatimiz sud tizimiga kirishi va barcha harbiy qismlarda, qо„shilmalar va
birlashmalarda, harbiy о„quv yurtlari va muassasalarda, respublika hududidagi
boshqa harbiy tuzilmalarda odil sudlovni О„zR nomidan amalga oshirishi belgilab
27
qо„yildi. Mazkur Farmon bilan sobiq Turkiston harbiy okrugi Harbiy tribunali
о„rniga О„zR Qurolli Kuchlarining Harbiy sudi tashkil etildi.
О„zR Oliy Kengashining 1992 yil 3 iyuldagi "О„zR Oliy sudi tarkibida
Harbiy hay‟at tashkil etish tо„g„risida"gi Qarori bilan shunday hay‟at tuzilib, uning
zimmasiga alohida ahamiyatdagi ishlarni birinchi instansiya bо„yicha, shuningdek,
ishlarni kassatsiya va nazorat tartibida kо„rish vakolatlari yuklatildi. Ayni bir
vaqtda О„zbekiston hududida joylashgan, ilgari belgilangan tartib asosida
saylangan harbiy sudlarning sudyalari vakolati tasdiqlandi
( О„zR Oliy Kengashiniig
Dostları ilə paylaş: |