2-modul. Taraqqiyotning “O„zbek modeli” va uning o„ziga xos xususiyatlari


Mahalliy davlat hokimiyati organlarining tashkil etilishi



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/44
tarix02.01.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#121916
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   44
\'12.12.2020 y ochiq dars ma’ruzasi

3.Mahalliy davlat hokimiyati organlarining tashkil etilishi 
 
Mahalliy davlat hokimiyatininh tashkil topishi. Mahalliy davlat hokimiyati 
tubdan isloh qilindi. Islohotlar O‟zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi
„Mahalliy davlat hokimiyati to„g„risida“ gi Qonun (1993-yil 2-sentabr), „Xalq 
deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlariga saylovlar to„g„risida“ gi 
Qonun (1994-yil 5-may) asosida amalga oshirildi. 
Konstitutsiyaning 99-moddasida viloyatlar, tumanlar va shaharlarda (tumanga 
bo„ysunadigan shaharlar, shuningdek, shahar tarkibiga kiruvchi tumanlardan 
tashqari) hokimlar boshchilik qiladigan xalq deputatlari Kengashlari hokimiyatning 
vakillik organlari bo‟lib, ular davlat va fuqarolarning manfaatlarini ko„zlab o„z 
vakolatlariga taalluqli masalalarni hal etadilar, deb belgilab qo„yildi. 


31 
Konstitutsiyada mahalliy hokimiyatning ikki mustaqil organga – vakillik va 
ijro hokimiyat organlariga bo‟linishi belgilandi. „Mahalliy davlat hokimiyati 
to„g„risida“ gi Qonunning 1-moddasida „Viloyatlar, tumanlar va shaharlarda 
(tumanga boysunadigan shaharlardan, shuningdek, shaharlar tarkibiga kiruvchi 
tumanlardan tashqari) xalq deputatlari Kengashlari davlat hokimiyatining vakillik 
organlaridir“, deb aniq belgilab qoyildi. Shahar tarkibiga kiruvchi tumanlarda va 
tumanga bo’sunuvchi shaharlarda vakillik organlari tuzilmaydi. 
„Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov 
to„g„risida“ gi Qonunda vakillik organlariga 21 yoshga to‟lgan fuqarolar 
saylanadi. Saylovlar ko„ppartiyaviylik, muqobillik asosida o„tadi. Xalq deputatlari 
viloyat va Toshkent shahar Kengashlariga 60 tadan ko„p bo„lmagan, tuman va 
shahar Kengashlariga esa 30 tadan ko„p bo„lmagan deputatlar 5 yil muddatga 
aylanadi. Mustaqillik yillarida 1994-yildan e‟tiboran har 5 yilda xalq deputatlari 
viloyat, tuman va shahar Kengashlariga ko‟ppartiyaviylik, muqobillik asosida 
saylovlar bo„lib o„tdi. Jumladan, 1999-yilgi saylovda xalq deputatlari viloyat
tuman va shahar Kengashlariga 6145 nafar deputat saylandi. 

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin