2-modul. Taraqqiyotning “O„zbek modeli” va uning o„ziga xos xususiyatlari



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/44
tarix02.01.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#121916
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   44
\'12.12.2020 y ochiq dars ma’ruzasi

Hokimlikning tashkil etilishi. O‟zbekiston Respublikasida mahalliy ijroiya 
hokimiyati organi qayta tashkil etildi. Bu borada milliy davlatchilik tarixi 
tajribasidan ijodiy foydalanildi. Jumladan, Amir Temur davridagi davlatchilikka 
nazar tashlasak, o„sha zamonlarda viloyatlar, shaharlar hokimlar tomonidan 
yakkaboshchilik asosida boshqarilganiga guvoh bo„lamiz. 
1992-yil 4-yanvarda ,,O‟zbekiston Respublikasining mahalliy hokimiyat 
idoralarini qayta tashkil etish to„g„risida“ Qonun qabul qilindi. Mazkur 
qonunga muvofiq respublikaning hamma hududida mahalliy ijro hokimiyati organi 
sifatida hokim lavozimi ta‟sis etildi. Hokimlar faqatgina ijro hokimiyati 
organlarigagina emas, shuningdek, mahalliy vakillik organlariga ham rahbarlik 
qiladigan organ sifatida mustahkamlandi. Hokimning vakolat muddati 5 yil bo„lib, 
u tegishli hududda vakillik organiga ham, ijro hokimiyatiga ham boshchilik 
qiladigan mansabdor shaxs hisoblanadi. 
Ijro organlarida bog„liqlikni ta‟minlash maqsadida, viloyat hokimlari 
O‟zbekiston Prezidenti tomonidan, tuman va shahar hokimlari viloyat hokimi 
tomonidan lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi hamda bu 
masalalar tegishli xalq deputatlari Kengashlari tomonidan tasdiqlanadi. Vakillik 
organlari tuzilmaydigan shahar tarkibidagi tumanlarda va tumanga boysunuvchi 
shaharlarda ham hokimiyatlar ta‟sis etildi, ularning apparati – hokimiyat tashkil 
etildi. Viloyat hokimlari va Toshkent shahar hokimi O‟zbekiston Prezidentining 
shu joylardagi vakili hisoblanadi. Toshkent shahar tumanlari hokimlari esa 
Toshkent shahar hokimining vakillari hisoblanadi. 
1992-yilda Toshkent shahrida va 12 ta viloyatda, 159 ta qishloq tumani va 18 
ta shahar tumanida hamda 120 ta shaharda hokimlar tayinlandi va tasdiqlandi, 
ularning apparati – hokimiyatlar tuzildi. 
Mahalliy hokimiyat organlari vakolatiga kiradigan masalalar va vazifalar 
Konstitutsiyaning 100-va 101-moddalarida aniq belgilab qo„yilgan. Ular 
quyidagilardan iborat: 


32 
• 
qonuniylikni, huquqiy tartibotni va fuqarolarning xavfsizligini ta‟minlash; 
• 
hududlarni iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlantirish; 
• 
mahalliy budjetni shakllantirish va uni ijro etish, mahalliy soliqlar
yig„imlarni belgilash, budjetdan tashqari jamg„armalarni hosil qilish; 
• 
mahalliy kommunal xo„jalikka rahbarlik qilish; 
• 
atrof-muhitni muhofaza qilish; 
• 
fuqarolik holati aktlarini qayd etishni ta‟minlash; 
• 
normativ hujjatlarni qabul qilish hamda O‟zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasiga va O‟zbekiston Respublikasi qonunlariga zid kelmaydigan 
boshqa vakolatlarni amalga oshirish; 
• 
O‟bekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari davlat hokimiyati 
yuqori organlarining qarorlarini amalga oshirish; 
• 
xalq deputatlari quyi Kengashlari faoliyatiga rahbarlik qilish, respublika va 
mahalliy ahamiyatga molik masalalarni muhokama qilishda qatnashish. 
Mustaqillik yillarida mahalliy hokimiyatni shakllantirish boyicha amalga 
oshirilgan islohotlar natijasida ijro hokimiyati bilan vakillik hokimiyati bir-biridan 
rasman ajratildi. Hokimlar xalq deputatlari Kengashlariga bo„ysunmaydi, ammo 
Kengash oldida hisob berib turadi. Shu bilan birga hokimlarni joylarda ham 
vakillik, ham ijro hokimiyati organlariga boshchilik qilish holatini vakillik 
organlari hokimlarga bo„ysunadi, deb tushunmaslik kerak. Vakillik organlari 
hokimlarga bo„ysunmaydi, vakillik organlari ishini tashkil qilishga hokimlar 
boshchilik qiladilar. 
Hokim mahalliy ahamiyatga molik barcha masalalarni fiiqarolarning 
manfaatiga mos ravishda hal qilish bilan shug‟ullanadi. Shu maqsadda barcha 
korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar, mansabdor shaxslar va 
fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo‟lgan qarorlar qabul qiladi. Hokimlar 
o„zlari rahbarlik qilayotgan organlarning qarorlari va faoliyati uchun shaxsan 
javobgardir. 
O‟zbekistonning mustaqil taraqqiyot tarixi guvohlik beradiki, ayrim hokimlar 
o„z faoliyatida jiddiy xatolarga yo„1 qo„ymoqdalar. O‟zlariga yuklatilgan 
mas‟uliyatli vazifalarni bajarishni uddalay olmagan, o‟z lavozimini suiiste‟mol 
qiluvchi hokimlar ham uchrab turadi. Bunday hollarda ular vakolat muddatidan 
oldin hokimlik lavozimidan chetlashtirilmoqda. 
Mahalliy davlat hokimiyati organliri faoliyatini takomillashtirishda 2017 yil 7 
iyunda qabul qilingan “Mahalliy byudjetlarni shakllantirishda joylardagi davlat 
hokimiyati organlarining vakolatlarini kengaytirish chora-tadbirlari tо„g„risida”gi 
О„zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni (PF-5075) hamda “Mahalliy 
davlat hokimiyati organlarining byudjet vakolatlarini kengaytirish va mahalliy 
byudjet daromadlarini shakllantirishdagi mas‟uliyatini oshirish tо„g„risida” О„zR 
Prezidentining Qarori (PQ-3042) muhim ahamiyatga ega bо„ldi.
SH.Mirziyoyevning OMga Murojaatnomasida (28.12.2018) Mahalliy davlat 
hokimiyati tizimini о„zgartirish borasida qator takliflar ilgari surildi: 
mahalliy hokimiyat organlarining vakolat va mas‟uliyatini qayta kо„rib 
chiqishimiz, ularning mustaqilligini yanada oshirishimiz lozim.


33 
Hududlarni rivojlantirishga oid masalalarni hal etishda aksariyat hokimlarda 
mas‟uliyatni о„z zimmasiga olib, mustaqil qaror qabul qilish va tashabbuskorlik 
yetishmayapti. 
Ma‟lumki, 2018 yilda Toshkent shahrida eksperiment tariqasida davlat 
boshqaruvining yangi tartibi joriy etilib, shahar hokimi va tuman hokimlariga 
moliya, iqtisodiyot, investitsiya, qurilish, uy-joy va kommunal xizmat sohalari 
rahbarlarini tayinlash vakolati berildi.
Natijada 30 dan ortiq komissiya va kengashlar tugatilib, ularning vakolatlari 
tegishli hududiy organlarga berildi. Samarasiz ishlayotgan 12 ta davlat unitar 
korxonasi tugatildi. 
Davlat byudjetiga tushadigan mablag„larning bir qismini mahalliy byudjetlar 
ixtiyorida qoldirish tartibi о„rnatilgani tufayli Toshkentda soliq tushumi prognozga 
nisbatan 2 trillion sо„mga kо„paydi.
Davlat boshqaruvi sohasida ijobiy natija berayotgan ana shu eksperimentni 
endi boshqa hududlarda ham joriy etishimiz zarur.
Kelgusida hokimning ayni vaqtda Xalq deputatlari kengashi raisi sifatida 
faoliyat kо„rsatishiga doir tartib bekor qilinishi lozim. 
Mamlakatimizda 2019 yil 22 dekabrda navbatdagi Xalq deputatlari tuman, 
viloyat va shahar Kengashlari deputatligiga saylovlar bо„lib о„tdi. 
Ma‟lumki, sо„nggi yilarda xalq bilan muloqotning yangi tizimi yо„lga 
qо„yildi. О„z.R. Prezidentining 2020 yil 24 yanvarda Parlamentga Murojaatida 
aytilganidek, Virtual va Xalq qabulxonalariga yiliga 1 milliondan ziyod murojaat 
kelib tushayotgani xalq bilan muloqotni yangi bosqichga olib chiqishni talab etadi. 
Endi 2020 yildan boshlab davlat idoralari rahbarlari va hokimlarning ushbu 
murojaatlarni qay darajada hal etayotgani bо„yicha hisobotini parlament va xalq 
deputatlari kengashlarida muntazam eshitish tizimi yо„lga qо„yiladi. 
Prezidentimizning 
qayd 
qilishicha 
amaldagi 
qonun 
hujjatlarida 
hokimliklarning 300 ga yaqin vazifa va funksiyalari nazarda tutilgan. Shundan 175 
tasi, mazmun-mohiyatiga kо„ra, hokimlarning asosiy vazifalari toifasiga kirmaydi 
va turli idoralarning funksiyalarini takrorlaydi. Bu esa, ish sifati va ijro intizomiga 
salbiy ta‟sir kо„rsatishi tabiiy. 
Shu sababli hozirda hokimlarning vakolatlarini qayta kо„rib chiqish va ularga 
xos bо„lmagan hamda bir-birini takrorlaydigan funksiyalarni tegishli organlarga 
о„tkazishni ta‟minlash bо„yicha islog„tlar о„tkazilmoqda. 
Mahalliy byudjetlarning qо„shimcha daromadini taqsimlash, nafaqa 
oluvchilarni adolatli belgilash, ijro organlari rahbarlari ishiga baho berish bundan 
buyon Xalq qabulxonalariga kelib tushayotgan murojaatlar tahlili asosida amalga 
oshiriladi. 
Shunday qilib, Mustaqillik yillarida markaziy, viloyat, shahar va tumanlar 
darajasidagi davlat hokimiyati va boshqaruv tartiblari tubdan yangi shaklda barpo 
etildi. 
Mahalliy 
davlat 
hokimiyatini 
shakllantirishda 
o„zbek 
milliy 
davlatchiligining tarixiy an‟analari, rivojlangan davlatlarning zamonaviy tajribalari 
inobatga olindi. 
О„zbek jamiyatida jamoa bо„lib yashashning eng oliy shakli mahalladir


34 
О„zini о„zi boshqarishning mazkur shakli asrlar osha yashab kelmoqda. 
Mahalla mamlakatimizda kо„p asrlardan buyon mavjud bо„lsa-da, 
О„zbekiston davlat mustaqilligiga erishganidan keyingina u munosib ijtimoiy-
huquqiy maqomga ega bо„ldi. 
1992 yil 12 sentabrda birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning Farmoni bilan 
"Mahalla" Respublika xayriya jamg„armasi tashkil etilgani, 1993 yil 2 sentabrda 
"Fuqarolarning о„zini о„zi boshqarish organlari tо„g„risida"gi Qonun 
(О„zRning 

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin