Partiyalarning demokratiyani shakllantirishdagi bevosita ta‟siri ularning jamoat
tashkiloti
ekanliklaridan
kelib
chiqadi,
ya‟ni siyosiy partiya xalq
hokimiyatchiligini amalga oshirish maqsadida aholining ijtimoiy fikrini
ifodalovchi yirik ijtimoiy tashkilot sifatida namoyon bо„ladi.
О„zRning birinchi Prezidenti Islom Karimov ta‟kidlaganidek, "Partiya degani
bu mansab uchun, lavozim uchun kurash emas, balki muayyan g„oya uchun, uning
jamiyatda ustuvor bо„lishi va rо„yobga chiqishi uchun kurash demakdir. Agar
partiya ma‟nosini mana shu nuqtai nazardan tushunar ekanmiz, qancha partiya
bо„lsa bо„laversin, ularning faoliyatiga tegishli sharoit yaratib beriladi"
(Karimov I.A. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. 2-j.T.: О„zbekiston. 1996. B.351.).
О„tgan asrning 20-yillari boshlariga kelib, mamlakatimiz hududida yakka
partiyaviylik bilan bir qatorda yakka hokimlik о„rnatildi. Turli nom va
kо„rinishdagi barcha partiyalarning faoliyati tugatildi. Bolsheviklar partiyasi
hamma jabhaga kirib borib, asosiy boshqaruv jilovini qо„lga oldi. Hukmron
partiya davlat va hukumatning asosiy funksiyalari mazmun-mohiyatini belgilab
beruvchi kuchga aylana bordi. Bunday sharoitda demokratiya va uning asosiy
institutlaridan nishon ham qolmasdi. Kommunistik partiyaning g„oyasiga kо„ra,
har bir insonning dunyoqarashi kommunistik mafkura asosida shakllanishi kerak
edi. Kommunistlar tub aholining manfaati, mentaliteti hamda davlatchilik tarixi
bilan umuman hisoblashmasdi.
Komunistik partiya faoliyatining asosiy qoidalari demokratik sentralizm deb
atalsa-da, aslida о„taketgan markazlashuv (avtoritar, byurokratik boshqaruv)ni
anglatardi. Fikrlar xilma-xilligiga yо„l qо„ymaslik, siyosiy tashkilotga xos
bо„lmagan ma‟muriy-xо„jalik masalalari bilan shug„ullanish, davlat idoralari,
shuningdek, jamoat birlashmalari ishlariga aralashish va boshqalar partiya
faoliyatining asosini tashkil etardi.
Kompartiya butun siyosiy hokimiyat tizimi о„zagini tashkil qilar edi: "U
rahbarlikning shunday bir qismi ediki, bu qism qolgan jamiki rahbarlikka rahbarlik
qilardi, ya‟ni oliy maqomdagi rahbariyat edi. Rahbarlikning va jamiyatni
boshqarishning barcha tizimlari bevosita partiya boshqaruvi nazorati ostida ishlar,
amalda ham uning uzviy bir davomi va bamisoli shaxobchasiday edi
(Levitin L.,