partiyalarning maqsadli dasturiy vazifalari mazmun-mohiyatiga kо„ra bir-biriga
yaqin, ya‟ni, milliy tiklanish va vatanparvarlik g„oyasini rо„yobga chiqarish, milliy
an‟ana va qadriyatlarni himoya qilish, asrab-avaylash hamda rivojlantirish ekanligi
ta‟kidlandi.
2009 yilgi OM Qonunchilik palatasiga о„tkazilgan saylovlar yakuniga kо„ra,
Milliy tiklanish demokratik partiyasining 31 ta deputatdan iborat fraksiyasi
rо„yxatga olingan.
О„zbekiston siyosiy tizimida о„ziga xos о„ringa ega bо„lgan О„zbekiston
liberal-demokratik partiyasining (О„zLiDep) Nizomi va Dasturi uning 2003 yil 15
noyabrda bо„lib о„tgan Ta‟sis Kurultoyida tasdiqlangan.
О„zbekiston liberal-demokratik partiyasi umummilliy siyosiy tashkilot
sifatida mulkdorlar qatlami, kichik biznes, fermerlik va dehqon xо„jaliklari
vakillari, ishlab chiqarishning yuqori malakali mutaxassislari va boshqaruv
xodimlari, ishbilarmonlar manfaatlarini ifodalaydi va himoya qiladi. Partiya 2009
yilgi saylov natijalariga kо„ra, OM Qonunchilik palatasida 53 ta deputatdan iborat
fraksiyaga ega.
О„zRda siyosiy partiyalarning о„tgan yillar davomidagi faoliyatiga nazar
tashlaydigan bо„lsak, ularning rivojlanishi uchun huquqiy asos yaratilganini
kо„ramiz. Jumladan, О„zR Konstitusiyasi, "Siyosiy partiyalar tо„g„risida"gi,
"Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish tо„g„risida"gi hamda "Davlat boshqaruvini
yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya
kilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish tо„g„risida"gi Konstitusiyaviy
qonuni shular jumlasidan. Tabiiyki, siyosiy partiyalarning jamiyatda qanchalik
mavqega ega ekanligini belgilovchi asosiy mezon ularning davlat hokimiyati
vakillik organlariga bо„ladigan saylovlarda qanday natijalarga erishganligi
hisoblanadi.
2004 yil 30 aprelda О„zRning "Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish
tо„g„risida"gi Qonuni qabul qilindi. Ushbu Qonunning maqsadi siyosiy