6
hokimiyatini bir-biridan qat‟iy farqlab qо„yish, davlat
organlari faoliyatida
parallelchilik va bir-birining ishini takrorlashga, bir organning boshqa organlar
vazifasini bajarishiga barham berish maqsadida hamda bozor munosabatlariga
о„tish sharoitida ijro hokimiyatini butun choralar bilan mustahkamlash, davlat,
xо„jalik va sotsial-madaniy qurilishning hamma jabhalarida
intizom va tartib
о„rnatish muhim ekanligini hisobga olib, prezidentlik hokimiyati bilan Ministrlar
Sovetining ijroiya-boshqaruv hokimiyati qо„shib yuborildi. О„zR Ministrlar Soveti
О„zR Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasiga (keyingi о„rinlarda VM)
aylantirildi. О„zR Prezidenti ayni vaqtda VMning Raisi bо„lishi, О„zR
Prezidentining va О„zR Ministrlar Sovetining apparati О„zR Prezidenti huzuridagi
bitta apparatga birlashtirilishi belgilandi.
Mazkur Qonun mamlakatimizda davlat boshqaruv shakli prezidentlik
respublikasiga asoslanishini mustahkamlab qо„ydi. О„tish davrida davlat
boshqaruvining prezidentlik respublikasi shaklining о„rnatilishi О„zRda olib
borilgan barcha ijtimoiy sohalardagi izchil islohotlar
muvaffaqiyatli kechishining
garovi bо„ldi. О„tish davrida kuchli ijro hokimiyatiga asoslangan davlat
boshqaruvi, bunda О„zR Prezidentining davlat va ijro hokimiyati boshlig„i
sifatidagi о„rni, Konstitusiya va qonunlar ustuvorligi tamoyilining amalda bо„lishi
va bu tamoyil qonunlar ijrosining ta‟minlanishida tayanch bо„ldi.
Demokratik huquqiy davlat va kuchli fuqarolik jamiyatining poydevorini
barpo etish hamda davlatning bosh islohotchi bо„lishi zarurati о„tish davrida
Prezident zimmasiga katta mas‟uliyat va strategik vazifalarni hal etishni yuklash
barobarida uning yetarli vakolatlarga ega bо„lishini ham taqozo etdi.
Prezident
davlat, ayni vaqtda, ijro etuvchi hokimiyat boshlig„i sifatida islohotlarning
tashabbuskori, yangilanish va о„zgarishlar jarayonini harakatga keltiruvchi asosiy
kuchga aylandi.
Davlat va jamiyat hayotida prezidentlik institutining tutgan о„rnidan kelib
chiqib aytish mumkinki, yurtimizda О„zR Prezidenti deganda, xalq irodasini ifoda
etib, uning
manfaatlariga xizmat qiladigan, ichki va tashqi siyosatning asosiy
yо„nalishlarini ishlab chiqib, umummilliy va strategik vazifalarni belgilab, davlat
va jamiyatni oliy maqsadlarga chorlaydigan, о„z siymosida davlat va millatni
birlashtiradigan, jipslashtiradigan, davlat hokimiyati organlari va odamlarni milliy
g„oya asosi bо„lmish
yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq farovonligi sari safarbar
qiladigan, ularning о„zaro hamkorligini ta‟minlaydigan, fuqarolarning huquqlari va
erkinliklariga, О„zRning Konstitusiyasi va qonunlariga rioya etilishiga kafil
bо„ladigan, millat va davlatning tinchligi, osoyishtaligi,
xavfsizligi va hududiy
yaxlitligini muhofaza etadigan shaxs gavdalanadi.
“Men davlat rahbari, Prezident deganda, faqat xorijiy о„lkalarga borib, u
mamlakatlarning boshliqlari bilan uchrashib qо„l olishadigan kishini emas, balki
о„z
davlatining, о„z xalqining milliy manfaatlarini tо„la ifoda eta oladigan va
qat‟iyat bilan himoya qila oladigan odamni tasavvur qilaman”, deganda Islom
Karimov mutlaqo haq edi.
Islom Karimovning fikricha, “Yurtboshi nihoyat darajada og„ir, murakkab va
mas‟uliyatli bir vazifani о„z zimmasiga olib, unga ishonch bildirgan odamlarning
7
umidini oqlash uchun bu balandparvoz gap bо„lib tuyulmasin shu oliy maqsad
yо„lida о„z hayotini fido qilishga ham tayyor turishi zarur”
(
Dostları ilə paylaş: