2-modul. Taraqqiyotning “O„zbek modeli” va uning o„ziga xos xususiyatlari



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/44
tarix02.01.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#121916
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44
\'12.12.2020 y ochiq dars ma’ruzasi

Fuqarolarning burchlari. Fuqaro va davlat bir-biriga nisbatan bo„lgan 
huquqlari va burchlari bilan o„zaro bog„langan. Davlat fuqarolar huquqlari va 
erkinliklarini ham o„z hududida, ham uning tashqarisida himoya qiladi, ularga 
homiylik qiladi. Shuningdek, barcha fuqarolar davlat, jamiyat va boshqa fuqarolar 
oldida muayyan burchlarni, majburiyatlarni ham o„taydi. Fuqarolarning burchlari, 
majburiyatlari Konstitutsiya va qonunlarda belgilab qo„yilgan. Fuqarolarning 
burchlari: 

Konstitutsiya va qonunlarga rioya etish; 

Vatanni himoya qilish; 

harbiy yoki muqobil xizmatni o„tash; 

boshqa kishilarning huquqlari, erkinliklari, sha‟ni va qadr-qimmatini hurmat 
qilish; 

O‟zbekiston xalqining tarixiy, ma‟naviy va madaniy meros obektlarini 
avaylab-asrash; 

qonun bilan belgilangan soliqlar va mahalliy yig„imlarni to„lash; 

tabiat va atrof-muhitni saqlash, tabiiy boyliklarga ehtiyotkorona 
munosabatda bo„lish. 
O‟zbekiston Respublikasining „Tabiatni muhofaza qilish to„g„risida“, „Yer 
to„g„risida“, „Suv va suvdan foydalanish to„g„risida“, „Atmosfera havosini 


51 
muhofaza qilish to„g„risida“ va boshqa Qonunlarida fuqarolarning tabiat bilan 
bo„ladigan muloqotdagi majburiyatlari belgilab berilgan.
Inson huquqlari boyicha vakil. Inson  huquqlarini himoya qiluvchi tizimga 
Oliy Majlisning inson huquqlari bo„yicha vakili (ombudsman), inson huquqlari 
bo„yicha Milliy markaz kiradi. 
1995-yil 23-fevralda birinchi chaqiriq O‟zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisining birinchi sessiyasida Oliy Majlisning inson huquqlari bo„yicha vakili 
(ombudsman) lavozimi ta‟sis etildi va bu lavozimga Sayyora Rashidova saylandi. 
Inson huquqlari bo„yicha vakil o„z faoliyatida huquqni himoya qiluvchi 
organlar bilan aloqada ishlaydi, shaxslar va davlat, shaxslar va hokimiyat orasida 
munosabatlarni yaxshilashga ko„maklashadi. 
Inson huquqlari bo„yicha vakilning maqomi va faoliyat doirasi 1997-yil 26-
aprelda qabul qilingan „Inson huquqlari bo„yicha vakil (ombudsman) 
to„g„risida“gi Qonun bilan belgilab berildi. Yakil faoliyatining asosiy 
yo„nalishlari: 
• 
inson huquqlariga doir qonunlarga rioya etilishini nazorat qilish; 
• 
shikoyatlarni ko„rib chiqish bo„yicha aniq mexanizmni yaratish va fuqarolar 
huquqlarining tiklanishi uchun samarali choralarni ko„rish; 
• 
vakilning fuqarolar, nohukumat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari 
bilan inson huquqlari monitoringi sohasidagi hamkorligini mustahkamlash; 
• 
vakilning inson huquqlari masalalari bo„yicha xalqaro tashkilotlar bilan 
hamkorligini rivojlantirish. 
Inson huquqlari bo„yicha vakil yil oxirida sohadagi ishlar haqida parlament 
va Prezidentga ma‟ruzalar kiritadi. O‟z faoliyatini olib borish paytida vakilning 
daxlsizligi ta‟minlanadi va u tergov ishlari sohasida katta vakolatlarga ega. 
Vakil BMT ning inson huquqlari bo„yicha markazi, YXHT ning demokratik 
institutlar va inson huquqlari bo„yicha byurosi bilan hamkorlik qiladi, 
uchrashuvlar va xalqaro seminarlar uyushtiradi. 
Inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishda Prezident farmoniga asosan 
1996-yilning noyabrida tashkil etilgan „Inson huquqlari bo„yicha Milliy 
markaz“ning ahamiyati ham kattadir. Milliy markaz inson huquqlariga rioya 
etilishi va bu huquqlarning muhofaza qilinishi yuzasidan ilmiy ma‟ruzalar 
tayyorlaydi. Milliy markaz inson huquqlari bo„yicha davlat hokimiyati, boshqaruv 
idoralari va jamoat birlashmalariga maslahatlar, takliflar berib turmoqda, 
sotsiologik tadqiqotlar o„tkazmoqda. Milliy markaz fuqarolarning huquqlarini 
amalga oshirilishi va rivojlantirish bo„yicha ma‟lumotlarning axborot bazasini 
barpo etdi. Shuningdek, Milliy markaz xalqaro va milliy tashkilotlar, hukumatga 
qarashli bo„lmagan tashkilotlar bilan hamkorlik qilmoqda, inson huquqlari 
sohasida davlatlararo ikki tomonlama va ko„p tomonlama bitimlar ishlab chiqish, 
ekspert kiholash ishlarida qatnashmoqda. 
Respublikamizda qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining inson huquqlari 
sohasidagi xalqaro meyorlarga muvofiqligini, xalqaro huquqiy meyorlarini 
mamlakatimizning amaldagi qonun hujjatlariga joriy etilishini ta‟minlashda 1996-
yil dekabrda tashkil etilgan Oliy Majlis huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari 


52 
monitoringi instituti ham ijobiy tadbirlarni amalga oshirmoqda. 

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin