2-modul. Taraqqiyotning “O„zbek modeli” va uning o„ziga xos xususiyatlari


Demokratik saylov tizimining huquqiy asoslari



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/44
tarix02.01.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#121916
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44
\'12.12.2020 y ochiq dars ma’ruzasi

Demokratik saylov tizimining huquqiy asoslari. Davlat hokimiyatining 
birdan bir manbayi xalqdir. Demokratik huquqiy davlatda xalq hokimiyatchiligi, 
asosan, vakilliklar yo„li bilan, ya‟ni hokimiyat organlari umumxalq saylovlari 
orqali amalga oshiriladi. Davlat ahamiyatiga ega bo„lgan muhim masalalar xalq 
muhokamasiga taqdim etiladi, referendumga qo„yiladi. 
Odamlarning saylov huquqini, o„z xohishrodasini erkin ifodalash, o„z 
manfaatlarini ro„yobga chiqarish va himoya qilish huquqini ta‟minlash uchun 
haqiqiy shart-sharoit, qonuniy-huquqiy zamin yaratib berish demokratiyaning eng 
muhim tamoyilidir. 
Demokratiyaning bosh talabi bu erkin va adolatli saylovlardir. O‟zbekistonda 
xalqaro huquq andozalari va talablariga, ilg„or chet el tajribasiga mos saylov 
qonunchiligi 
yaratildi. 
O‟zbekistonda mustaqillikning dastlabki yilida 
,,O‟zbekiston Respublikasining referendumi to„g„risida“ (1991-yil 18-noyabr) va 
„O‟zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to„g„risida“ (1991-yil 18-noyabr) 
Qonunlari qabul qilindi.
O‟zRning fiiqarolari vakillik organlariga saylash va saylanish huquqiga 
egadirlar. Har bir sayiovchi bir ovozga ega. O‟z xohishrodasini bildirish tengligi 
va erkinligi qonun bilan kafolatlanadi. 
O‟zRda Prezident saylovi, hokimiyatning vakillik organlari saylovi umumiy, 
teng, to„g„ridan to„g„ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‟li bilan 
o„tkaziladi. O‟zbekiston Respublikasining 18 yoshga to‟lgan fuqarolari saylash 
huquqiga egadirlar (O‟zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 117-modda.) 
Saylovlar haqida, saylov o„tkazish tartiblari to„g„risida bir qator qonunlar 
qabul qilindi. „O‟zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to„g„risida“gi 
(1993-yil 28-dekabr), „Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga 
saylovlar to„g„risida“gi (1994-yil 5-may), „Fuqarolar saylov huquqlarining 
kafolatlari to„g„risida“gi (1994-yil 5-may) Qonunlar shular jumlasidandir. 1997-
yildan boshlab amaldagi saylov qonunlariga, referendum to„g„risidagi qonunga bir 
qator o„zgartirishlar kiritildi, bo„lajak saylovlar uchun zarur huquqiy asoslar 
yaratildi. 
O‟zbekistonda saylovlarni tashkil etish uchun mustaqil Markaziy saylov 
komissiyasi tuziladi. Uning maqomi va ish yuritish tartibi 1998-yil 30-aprelda 
qabul qilingan „Markaziy saylov komissiyasi to„g„risida“gi Qonunda belgilab 
qo„yildi. Shuningdek, O‟zbekiston Respublikasi Prezidenti va Oliy Majlisga 
saylov o‟tkazuvchi okrug va uchastka saylov komissiyalari tuziladi. Saylov 
uchastkalari kamida 20 nafar va ko„pi bilan 3000 nafar saylovchidan iborat etib 
tuziladi. Masalan, 1999-yilda saylovlarni tayyorlash va o„tkazish uchun 
respublikamizda 7684 ta saylov uchastkalari tuzildi. 
Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylovni tashkil etish 
ishlarini viloyat, tuman va shaharlarda tuziladigan saylov komissiyalari bajaradi, 
saylovlar okrug va uchastka komissiyalari tomonidan o„tkaziladi. Saylov organlari 
o„z faoliyatida qonuniylik, kollegiallik, oshkoralik, mustaqillik, adolatlilik 
prinsiplariga rioya qiladi. 


53 
Respublika saylov tizimi saylov kunigacha 18 yoshga to„lgan har bir 
fuqaroning ovoz berishda bevosita ishtirok etishini ta‟minlaydigan demokratik 
tamoyillarga asoslanadi. Sud tomonidan huquqiy muomalaga layoqatsiz deb 
topilgan yoki sud hukmiga ko„ra ozodlikdan mahrum etilgan shaxslar saylovlarga 
qatnasha olmaydilar. 
O‟zbekistonda saylovlar umumiy va tenglik prinsipiga asoslanadi. Buning 
ma‟nosi shuki, har bir saylovchining ovozi teng, ya‟ni har bir saylovchi bitta 
ovozga ega. 
Fuqarolar ijtimoiy kelib chiqish, irqiy yoki milliy mansubligi, jinsi, 
ma‟lumoti, tili, dinga munosabatidan qat‟i nazar teng saylov huquqiga ega. 
Saylovchilar saylov uchastkalariga teng, erkin kirish imkoniyatiga ega. 
O‟zbekistondagi saylovlar nomzodni to„g„ridan to„g„ri, bevosita saylashni 
ta‟minlovchi saylovlardir. Buning ma‟nosi shuki, Prezident, Oliy Majlis va 
mahalliy vakillik hokimiyatiga saylovlarda fuqarolar bevosita ishtirok etadi, 
AQShda Prezidentni saylash uchun avval saylovchilar tanlanadi, keyin ana shu 
tanlangan vakillar Prezident saylovida qatnashadilar. 
Saylovlarda yashirin ovoz berish ta‟minlanadi, ovoz beruvchining 
xohishrodasini nazorat qilishiga yo„l qo„yilmaydi. Saylov uchastkalarida ovoz 
beriladigan, byulletenlar to„ldiriladigan alohida xonacha – kabinalar tuziladi. 
Xonachada ovoz beruvchidan boshqa biron-bir kishining bo„lishi man qilinadi. 
Byulletenni mustaqil to„ldirish imkoniga ega bo„lmagan saylovchi o„z xohishiga 
ko„ra, saylov komissiyasi a‟zosidan boshqa biror shaxsni xonachaga taklif etishi 
mumkin. 
Saylovlar bir mandatli okruglarda hududiylik tamoyillari bo„yicha 
o„tkaziladi. 
O‟zbekistonda saylovlar ko„p partiyaviylik prinsipida o„tkaziladi. 
O‟zbekiston Prezidentligiga, Oliy Majlis deputatligiga nomzod ko„rsatish huquqi 
siyosiy partiyalarga, Qoraqalpog„iston Respublikasi Jo„qorg„i Kengesi, Toshkent 
shahar va viloyatlar xalq deputatlari Kengashiga va fuqarolar tomonidan 
shakllantiriladigan tashabbuskor guruhlariga berilgan. Fuqarolarning o„zini o„zi 
boshqarish organlari xalq deputatlari tuman va shahar kengashlari deputatligiga 
nomzod ko„rsatish huquqiga ega. Respublika bo„yicha barcha darajalardagi 
davlat hokimiyati vakillik organlariga 7 mingdan ziyod deputatlar saylanadi. Har 
bir deputatlik o„rniga kamida 3-4 tagacha nomzodlar qo„yiladi va ular o„rtasida 
qizg„in bahs, kurash ketadi. 
O‟zbekistonda saylov natijalari eng demokratik majoritar usulda aniqlanadi. 
Saylov natijasida saylovda qatnashganlarning 50 foizi + 1 ovoz olgan nomzod 
saylangan 
hisoblanadi. 
Agar 
saylovchilarning 
ro„yxatiga 
kiritilgan 
saylovchilarning yarmidan kami saylov yoki referendumda ishtirok etgan bo„lsa, 
saylov yoki referendum o„tmagan deb hisoblanadi. 
Basharti saylov okrugi yoki uchastkasida saylov o„tmagan deb topilsa, 
nomzodning saylanganligini aniqlash imkoni bo„lmasa qo„yilgan nomzodlardan 
birontasi 50 foiz + 1 ovoz ololmasa takroriy saylov o„tkaziladi. Takroriy saylov 
asosiy saylovdan keyin ko„pi bilan bir oy ichida o„tkaziladi. Takroriy saylovda 


54 
ovoz berish asosiy saylov o„tkazish uchun tuzilgan saylovchilarning ro„yxatlari 
bo„yicha o„tkaziladi, ovoz berish byulleteniga asosiy saylovda boshqalarga 
nisbatan ko„proq ovoz olgan ikki nomzod kiritiladi, oddiygina ko„p ovoz olgan 
nomzod yutib chiqadi. 
Sо„nggi yillarda SH.Mirziyoyev boshliq yangi О„zbekiston hukumati inson 
huquqlarini himoya qilish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish borasida qator 
amaliy chora tadbirlarni amalga oshira boshladi. Sohada qabul qilingan qator 
normativ xujjatlar buni yaqqol kо„rsatib turibdi. Ulardan eng muhimlarini keltirib 
о„tamiz: 
2016 yil 28 dekabr – “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan 
ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar tо„g„risida” 
О„zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni (PF-4904) qabul qilindi. Unga 
kо„ra Qoraqalpog„iston Respublikasi, viloyat, shahar va tumanlarda О„zR 
Prezidentining
Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin