2-modul. Taraqqiyotning “O„zbek modeli” va uning o„ziga xos xususiyatlari


Karimov I.A. Demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/44
tarix02.01.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#121916
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
\'12.12.2020 y ochiq dars ma’ruzasi

Karimov I.A. Demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va 
fuqarolik jamiyatini shakllantirish mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy mezonidir. 19-j. T.: О„zbekiston, 
2011. B. 45-46.).
Mazkur Konsepsiyadan kelib chiqib, 2011 yil 19 aprelda matbuotda e‟lon 
qilingan О„zRning “О„zR Konstitusiyasining ayrim moddalariga о„zgartish va 
qо„shimchalar kiritish tо„g„risida (78, 80, 93, 96 va 98-moddalariga)”gi Qonuni 
bilan Konstitusiyaning О„zR Prezidenti vakolatlariga bag„ishlangan 93-moddasi 8, 
15-bandlari, 98-moddasiga о„zgartish va qо„shimchalar kiritildi, ya‟ni “ijro etuvchi 
hokimiyat devonini tuzadi va unga rahbarlik qiladi” degan sо„zlar chiqarildi, О„zR 
Bosh vaziri vakolatiga viloyatlar hokimlarini hamda Toshkent shahar hokimini 
qonunga muvofiq tayinlash hamda lavozimidan ozod etish uchun Prezidentga 
taqdim etish huquqi berildi, Prezident vakolatlaridan VM vakolatiga kiruvchi 
masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilish huquqi chiqarildi, Konstitusiyaning 96-
moddasi yangi tahrirda ifodalanib, unga kо„ra, mamlakatning amaldagi Prezidenti 
о„z vazifalarini bajara olmaydigan holatlarda uning vazifa va vakolatlari vaqtincha 
О„zR OM Senati Raisining zimmasiga yuklatilishi belgilandi. Konstitusiyaning 98-
moddasiga kiritilgan qо„shimchalarga binoan, Bosh vazir nomzodini taklif etishni 
yanada demokratik konstitusiyaviy tartibi joriy etildi. YA‟ni, О„zR Bosh vaziri 
nomzodi О„zR OMning Qonunchilik palatasiga saylovda eng kо„p deputatlik 
о„rinlarini olgan siyosiy partiya yoki teng miqdordagi eng kо„p deputatlik 
о„rinlarini qо„lga kiritgan bir necha siyosiy partiyalar tomonidan taklif etiladi. 
О„zR Konstitusiyasi 89-moddasiga kо„ra, “О„zRning Prezidenti davlat 
boshlig„idir va davlat hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat 
yuritishini hamda hamkorligini taminlaydi”. Bundan kelib chiqadiki, agar avval 



Prezident davlat va ijro hokimiyatining boshlig„i vazifalarini qо„shib olib borgan 
bо„lsa, endilikda u hokimiyat tarmoqlarining о„z funksiyasini bajarishi, о„zaro 
hamkorlik qilishini tо„laqonli ravishda nazorat qilish vakolatiga ega bо„ldi. Bu esa 
Prezidengga davlat hokimiyatining barcha tarmoqlariga nisbatan tegishli muhim 
ta‟sir vositalari, tiyib turish mexanizmlariga ega bо„lishni taqozo etadi. YA‟ni, agar 
biron-bir hokimiyat tarmog„i о„z vazifasini bajarmasa yoki vakolatini suiiste‟mol 
qilsa, Prezident zudlik bilan bunday holatning oldini olish yoki bartaraf etish, 
tizimda uzilishlar bо„lishiga yо„l qо„ymaslik chora-tadbirlarini kо„radi. 
2011 yil 12 dekabrda О„zRning “О„zR Konstitusiyasining 90-moddasiga 
tuzatish kiritish tо„g„risida”gi Qonuni qabul qilindi. Mazkur Qonun О„zR 
Prezidentining qonunchilik tashabbusi bilan qabul qilingan bо„lib, unga kо„ra, 
bugungi kundagi obyektiv voqelik, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan 
islohotlarning mantig„i va izchilligidan kelib chiqib, Prezidentning saylanish 
muddatini yetti yil о„rniga besh yil qilib belgilandi. 
О„zR OM, О„zR Prezidenti, mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlariga 
navbatdagi saylovga tayyorgarlik kо„rish, О„zR Konstitusiyasining prinsiplari va 
talablariga sо„zsiz rioya etilishini ta‟minlash maqsadida hamda xalqaro huquqning 
umume‟tirof etilgan prinsiplari va normalarini hisobga olgan holda, 2012 yil 9 
aprelda “Davlat hokimiyati vakillik organlariga va О„zR Prezidentining navbatdagi 
saylovi tо„g„risida”gi О„zRning Konstitusiyaviy qonuni qabul qilindi. Mazkur 
Qonunning 2-moddasiga asosan, О„zR Prezidentining navbatdagi saylovi 2015 
yilning birinchi yarmida О„zR Markaziy saylov komissiyasi О„zR OMning 
Qonunchilik palatasiga saylov yakunlari bо„yicha qaror chiqargan kundan 
e‟tiboran 90 kun о„tgandan keyingi birinchi yakshanbada, “О„zR Prezidenti 
saylovi tо„g„risida”gi Qonunga tо„liq muvofiq holda о„tkazilishi belgilab qо„yildi. 
Ushbu Qonunda, shuningdek, О„zR Prezidenti saylovi hamda davlat hokimiyati 
vakillik organlariga saylov muddatlari bir paytga tо„g„ri kelib qolgan taqdirda 
davlat hokimiyati vakillik organlarining vakolat muddati bir yilga uzaytirilishiga 
oid qoida chiqarib tashlanishi belgilandi
(О„zR OM palatalarining Axborotnomasi. 2012. 4-son, 

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin