2-modul. Taraqqiyotning “O„zbek modeli” va uning o„ziga xos xususiyatlari


Konstptusiyasining ayrim moddalariga (78, 80, 93, 96 va 98-moddasiga) о„zgartirish va qо„shimchalar kiritish



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/44
tarix02.01.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#121916
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   44
\'12.12.2020 y ochiq dars ma’ruzasi

Konstptusiyasining ayrim moddalariga (78, 80, 93, 96 va 98-moddasiga) о„zgartirish va qо„shimchalar kiritish 
tо„g„risida"gi Konstitusiyaviy qonuni // О„zR qonun hujjatlari tо„plami. 2011. 16-son. 159-modda)
ular 
davlat hokimiyati va boshqaruvini yanada demokratlashgirishga, shu jumladan, 
ijro hokimiyatini yanada modernizatsiyalashga qaratilgan edi. Konstitusiyaning 
yangi tahrirdagi 93-moddasiga kо„ra, Prezident vakolatlaridan ijro etuvchi 
hokimiyat devonini tuzib va unga rahbarlik qilish huquqi, shuningdek, Bosh 
prokuror о„rinbosarlarini lavozimiga tayinlash va bо„shatish huquqi chiqarildi. 
Tuzatishlarga muvofiq, Prezident endilikda faqat Bosh vazir taqdimiga 
binoan viloyatlar hokimlarini hamda Toshkent shahar hokimini qonunga muvofiq 
tayinlashi hamda lavozimidan ozod etishi kо„zda tutildi. Bundan tashqari, davlat 
rahbari vakolatlariga Hisob palatasi raisini tayinlash va lavozimidan ozod etish 
kiritildi. 
Asosiy Qonunning 98-moddasiga kо„ra, Bosh vazir lavozimiga nomzod 
kо„rsatish va uni tasdiqlashning yangi tartibi о„rnatiddi. Endilikda Bosh vazir 
nomzodi Qonunchilik palatasiga saylovlarda eng kо„p deputatlik о„rnini olgan 
siyosiy partiya yoki teng miqdordagi deputatlik о„rinlarini qо„lga kiritgan bir 
necha siyosiy partiyalar tomonidan taklif etiladi. 
О„zR Prezidenti taqdim etilgan Bosh vazir lavozimiga nomzodni kо„rib 
chiqqanidan keyin о„n kun muddat ichida uni О„zR OM palatalarining kо„rib 
chiqishi va tasdiqlashi uchun taklif etadi. Bosh vazir nomzodi uning uchun 
tegishlicha О„zR OM Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a‟zolari umumiy 
sonining yarmidan kо„pi tomonidan ovoz berilgan taqdirda tasdiqlangan 
hisoblanadi. 
Ishonchsizlik votumi instituti О„zbekistonning huquqiy tizimida yangilik 
bо„ldi. Bunda, Bosh vazir bilan Qonunchilik palatasi о„rtasida ziddiyatlar doimiy 
tus olgan holda, Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi tegishlicha О„zR OM 
Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a‟zolari umumiy sonining kamida 
uchdan ikki qismi ovoz bergan taqdirda qabul qilingan hisoblanadi. 
Ishonchsizlik votumi bildirilgan taqdirda Prezident Bosh vazirni lavozimidan 
ozod etish bо„yicha qaror qabul qiladi. Bunda О„zR VMning butun tarkibi Bosh 
vazir bilan birga iste‟foga chiqadi. 
Yangi Bosh vazir nomzodi О„zR Prezidenti tomonidan О„zR OMning 
Qonunchilik palatasidagi barcha siyosiy partiyalar fraksiyalari bilan tegishli 


20 
maslahatlashuvlar о„tkazilganidan sо„ng parlament palatalariga kо„rib chiqish va 
tasdiqlashga taqdim qilish uchun taklif etiladi. 
Mazkur о„zgartish va qо„shimchalar о„z ichiga mamlakatni isloh qilish 
bо„yicha bosib о„tilgan yо„lning kompleks tahlilini qamrab olgan, jamiyat va 
davlat rivojlanishining maqsadli vazifalari va mо„ljallarini belgilab beruvchi 
«Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chukurlashtirish va fuqarolik 
jamiyatini rivojlantirish Konsepsiyasi»ning mantiqiy davomi bо„ldi. 
Xususan, Konstitusiyaning 78-moddasi О„zR OM Qonunchilik palatasi va 
Senatining parlament nazoratini amalga oshirish bо„yicha vakolatlarini 
konstitusiyaviy mustahkamlashga yо„naltirilgan qoida bilan tо„ldirilgan. 
Qonunchilik organining ijroiya organlari faoliyati ustidan nazorati ularning 
qonunlar va parlament qarorlarining amalga oshirilishi bо„yicha mas‟uliyatini 
yanada oshiradi, shu orqali faoliyatining sifati yaxshilanishiga xizmat qiladi. 
Ijroiya 
hokimiyat 
tomonidan 
qonunlarning 
kerakli 
tarzda 
bajarilishi 
demokratiyaning mustahkamlanishiga olib keladi, zero xalq irodasiga asoslangan 
qarorlarnish bajarilishi xalq tomonidan ushbu irodaga muvofiq hokimiyatning 
yagona manbai sifatidagi roli anglanishiga xizmat qiladi hamda uning davlat 
siyosatiga ta‟sir qilishga intilishini kuchaytiradi. 
Bundan 
tashqari, 
parlament 
nazoratini 
amalga 
oshirish 
bо„yicha 
vakolatlarning konstitusiyaviy mustahkamlanishi parlamentda о„z vakillariga ega 
siyosiy partiyalarga ijro hokimiyati butun tizimi hokimiyatdan tortib mahalliy 
hokimiyat organlari ustidan nazoratning samaradorligini oshirish hamda ularning 
jamiyat hayotidagi rolini kuchaytirish imkonini beradi. Eng muhimi, bu siyosiy 
Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin