22
bilan Prezident SH.Mirziyoyev OMga Murojaatnomasida (28.12.2018) VM
a‟zolarini OM tomonidan tasdiqlash amaliyotini kiritishni taklif etdi.
Bо„lajak vazir parlament a‟zolari oldida sohani rivojlantirish bо„yicha о„z
dasturini himoya qilsin va unga erishish yо„llarini asoslab bersin. Bir sо„z bilan
aytganda, lavozimga munosib ekanini isbotlasin degan fikrlarni ilgari surdi.
2018 yil avgustda Prezident Qaroriga binoan (PQ-3901) О„zbekiston
Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining hududiy
filiallari tashkil etildi.
2019 yildan joylardagi mahalliy kengashlarda
ham viloyat va tuman
idoralari rahbarlarini tasdiqlash bо„yicha mana shunday amaliyot joriy etila
boshlandi.
2020 yil 16 aprelda “О„zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi
Jamoatchilik palatasini tashkil etish tо„g„risida” О„zR Prezidentining Farmoni (PF-
5980) boshqaruv sohasidagi islohotlar takomillashib borayotganligini kо„rsatadi.
Dostları ilə paylaş: