24
bilan tartibga solish tushuniladi. Tor ma‟noda aytganda esa, О„zR
Konstitusiyaviy
sudining о„ziga xos belgilari quyidagilardan iborat:
-ixtisoslashtirilgan organ tuzish;
-Konstitusiyaviy sudning qarorlari umum majburiylik xususiyatida bо„lishi;
-odil sudlovni amalga oshirishning mustaqil protsessual shakli;
-sudyalarning о„ta yuqori malakali tarkibi.
О„zRning Konstitusiyaviy sudi konstitusiyaviy-huquqiy institut sifatida tarkib
topganiga uncha kо„p bо„lgani yо„q. Konstitusiyaviy sud, umuman olganda,
О„zbekistondagi ham sud hokimiyatining, ham
davlat hokimiyatining muhim
bо„g„inlaridan biri, uning qarorlari milliy huquq tizimida tobora salmoqli о„rin
egallamoqda. Konstitusiyaviy sud ishlarini yuritishning huquqiy asoslari
"О„zRning Konstitusiyaviy sudi tо„g„risida"gi О„zR Qonuni bilan belgilangan. Bu
asoslar Konstitusiyaviy sudning 2004 yil 30 yanvardagi 1-sonli qarori bilan
tasdiqlangan «О„zR Konstitusiyaviy sudining reglamenti»da mufassal bayon
etilgan.
Reglamentda belgilanganidek, Konstitusiyaviy
sud ishlarini yuritishning
asosiy vazifasi fuqarolarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy huquqlari va
erkinliklarini,
shuningdek, korxonalar,
muassasalar,
tashkilotlar,
jamoat
birlashmalari va fuqarolar о„zini о„zi boshqarish organlarining
huquqlari hamda
qonun bilan qо„riqlanadigan manfaatlarini himoya etish maqsadida ishlarni tо„g„ri
va vaqtida kо„rib chiqishdan iborat.
О„zR Konstitusiyasining 109-moddasi hamda "О„zRning Konstitusiyaviy
sudi tо„g„risida"gi Qonunning 1-moddasiga muvofiq, Konstitusiyaviy sud:
-
О„zR qonunlari va О„zR OM palatalari qarorlarining, О„zR Prezidenti
farmonlarining, hukumat va mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlarining,
О„zRning davlatlararo shartnomaviy va boshqa majburiyatlarining О„zR
Konstitusiyasiga mosligini aniqlaydi;
-
Qoraqalpog„iston Resiublikasi Konstitusiyasi О„zRning Konstitusiyasiga,
Qoraqalpog„iston Respublikasi qonunlari О„zRning
qonunlariga muvofiqligi
tо„g„risida xulosa beradi;
-
О„zRning Konstitusiyasi va qonunlari normalariga sharh beradi;
-
О„zRning Konstitusiyasi va konunlari bilan berilgan vakolat doirasida
boshqa ishlarni ham kо„rib chiqadi.
Konstitusiyaviy sud tomonidan Konstitusiyaga nomuvofiq deb topilgan
qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar z‟lon qilingan paytdan yuridik
kuchini yо„qotgan deb hisoblanadi. "О„zRning Konstitusiyaviy sudi tо„g„risida"gi
Qonunga binoan Konstitusiyaviy sud:
1. о„ziga berilgan qonunchilik tashabbusi huquqini OM da amalga oshirish
haqidagi;
2. Konstitusiyaviy
sud
sudyasining
vakolatlarini
tо„xtatib
qо„yish
tо„g„risidagi;
3. Konstitusiyaviy sud Reglament tо„g„risidagi;
4. Konstitusiyaviy sud huzuridagi ilmiy maslahat kengashi haqidagi
masalalarni ham kо„rib chiqadi.
25
Konstitusiyaviy sudning barcha qarorlari, xulosalari va boshqa tо„xtamlari
ommaviy axborot vositalarida e‟lon qilinadi, shu paytdan kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud qarori uzil-kesil hisoblanib, shikoyat qilinmaydi.
Lekin bu
Konstitusiyaviy sudning qarori umuman qayta kо„rib chiqilishi mumkin emas
ekan, degan ma‟noni anglatmaydi. Jumladan, "О„zRning Konstitusiyaviy sudi
tо„g„risida"gi Qonunning 58-moddasida Konstitusiyaviy sudning qarori, basharti,
qaror qabul qilish paytida Konstitusiyaviy sudga malum bо„lmagan yangi muhim
holatlar ochilib qolgan bо„lsa yoki ushbu qarorni qabul qilishda asos bо„lgan
konstitusiyaviy norma о„zgargan bо„lsa, о„z tashabbusi bilan qayta kо„rib chiqishi
mumkin. Konstitusiyaviy sud qarorida sud ishini yuritishning
belgilangan tartibi
buzilgan holda qabul qilingan deb, e‟tirof etgan taqdirda ham qayta kо„rib
chiqilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: