2-modul. Taraqqiyotning “O„zbek modeli” va uning o„ziga xos xususiyatlari



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/44
tarix02.01.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#121916
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   44
\'12.12.2020 y ochiq dars ma’ruzasi

О„zR Oliy xо„jalik sudi. Oliy xо„jalik sudi Konstitusiyaviy sud va Oliy sud 
bilan birgalikda О„zRning oliy sudlov organlari maqomiga ega. О„zR Oliy xо„jalik 
sudi sudlov tizimi sifatida mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan keyin 
shakllandi. 
О„zR Oliy xо„jalik sudiga ushbu sud raisi boshchilik qiladi. Oliy xо„jalik sudi 
besh yil muddatga saylanadigan Oliy xо„jalik sudi raisi, uning birinchi о„rinbosari, 
о„rinbosarlari, sudlov hay‟atlarining raislari va sudyalardan iborat bо„ladi. 
О„zR Oliy xujalik sudining sudyasi, О„zR Prezidentining taqdimnomasiga 
binoan, О„zR OM Senati tomonidan saylanadi. 
Oliy xо„jalik sudida sudyalar orasidan fuqarolik xuquqiy munosabatlardan 
kelib chiqadigan ishlarni kuruvchi sudlov hay‟ati va ma‟muriy huquqiy 
munosabatlardan kelib chiqadigan ishlarni kо„ruvchi sudlov hay‟ati tuziladi. 
Sudlov hay‟atlarining raislari va tarkibi Oliy xujalik sudi Plenumida tasdiqlanadi. 
Oliy xо„jalik sudi tarkibida Oliy xо„jalik sudi Plenumi va Oliy xо„jalik sudi 
Rayosati ham faoliyat kо„rsatadi. 
Oliy xо„jalik sudi Plenumi oliy sudlov instansiyasi bо„lib, О„zR Oliy xujalik 
sudi raisi, rais о„rinbosarlari, sudyalari va Qoraqalpog„iston Respublikasi Xujalik 
sudi raisidan iborat tarkibda ish olib boradi. 
О„zR Oliy xо„jalik sudining Plenumi kо„rib chiqilayotgan masalalar 
yuzasidan qaror qabul qiladi. Oliy xо„jalik sudi Plenumi majlislarida bayonnoma 
yuritiladi. Oliy xujalik sudi tarkibida Oliy xо„jalik sudi raisi, uning о„rinbosarlari 
hamda О„zR Oliy xо„jalik sudi Plenumi tomonidan belgilanadigan miqdordagi 
sudyalardan iborat Oliy xujalik sudi Rayosati ish olib boradi. 
О„zR Oliy xо„jalik sudi Rayosati xо„jalik sudlariga taalluqli ishlar yuzasidan 
oliy nazorat instansiyasidir. 
О„zR Oliy xо„jalik sudining sudlov hay‟atlari ishlarni birinchi instansiyada va 
kassatsiya tartibida kо„radi. 
Sud apellyatsiya tartibida ishni kо„rib chiqib, qarorni о„zgarishsiz, shikoyatni 
esa qanoatlantirishsiz qoldirishga; qarorni tо„liq yoki qisman bekor qilishga hamda 
yangi qaror qabul qilish yoki qarorni о„zgartirishga; qarorni butunlay yoki qisman 
bekor qilib, ish yuritishni tо„xtatishga yoki da‟voni tо„liq yoki qisman kо„rmasdan 
qoldirishga haqli. 
Prezidentimiz Parlamentga Murojaatnomasida sud tizimini isloh qilish 
borasida qator masalalarni qayd qilib о„tdilar:
“sud mustaqilligini tо„liq ta‟minlash – eng muhim vazifalarimizdan biri 
bо„lishi zarur. 
Yana bir bor aytmoqchiman – dastlabki tergovda davom etib kelayotgan 
qonun buzilish holatlarini faqat va faqat sudlarning haqiqiy mustaqilligiga erishish 
orqali bartaraf etish mumkin. 
Bu borada qabul qilgan qonuniy chora-tadbirlarimiz aniq natijalar bera 
boshladi. Ushbu ijobiy о„zgarishlarni Birlashgan Millatlar Tashkilotining sudyalar 


29 
mustaqilligi bо„yicha maxsus vakili Diyego Garsiya-Sayan janoblari ham alohida 
e‟tirof etdi. 
Sud 
islohotlarining 
ikkinchi 
davri 
asosiy 
xususiyati 
Prezident 
SH.Mirziyoyevning 2017 yil 21 fevraldagi “О„zR sud tizimi tuzilmasini tubdan 
takomillashtirish 
va 
faoliyati 
samaradorligini 
oshirish 
chora-tadbirlari 
tо„g„risida”gi farmoni asosida amalga oshirilmoqda. 
Mazkur farmon asosida О„zR Oliy sudi va Oliy xо„jalik sudi birlashtirilib, 
fuqarolik, jinoiy, ma‟muriy va iqtisodiy sud ish yurituvi sohasidagi sud 
hokimiyatining yagona oliy organi – О„zR Oliy sudi tashkil etildi. О„zR Oliy sudi 
Harbiy hay‟ati, О„zR Harbiy sudi, okrug va hududiy harbiy sudlar shtat birliklari 
О„zR Qurolli Kuchlari tarkibidan О„zR Oliy sudi tizimiga о„tkazildi. 
О„tgan 3 yilda 1 ming 989 nafar, 2019 yilning о„zida 859 nafar fuqaroga 
nisbatan oqlov hukmi chiqarildi. Shuningdek, 2019 yilda 3 ming 81 nafar shaxs 
sud zalidan ozod qilingan bо„lsa, 2 ming 623 nafar fuqaroga asossiz qо„yilgan 
moddalar ayblovdan chiqarildi va о„zgartirildi. 
Sudyalarimizning adolatni va qonun ustuvorligini ta‟minlash borasida oqlov 
hukmlarini chiqarayotgani, hech shubhasiz, sud-huquq sohasidagi eng katta 
yutug„imizdir. Men, Prezident sifatida, sudyalarning bunday jasorati va qat‟iyatini 
bundan keyin ham tо„liq qо„llab-quvvatlayman. 
Endi sud orqali insonlarning huquqi tiklanganini e‟tirof etish bilan cheklanib 
qolmasdan, nima sababdan sudgacha bо„lgan tergov jarayonida inson huquq va 
erkinliklari buzilgan, degan savolni ham kо„ndalang qо„yadigan, tazyiqlar uchun 
javob beradigan vaqt keldi. 
Eski tuzumdan qolgan va hanuz davom etayotgan sud qarorlarini prokuratura 
tomonidan chaqirib olib, о„rganish amaliyotini cheklash lozim. Endi faqat ish 
yuzasidan shikoyat kelib tushgan holdagina prokuror sud qarorini olib о„rganishi 
mumkin. 
Sud raislari tomonidan sudyalarning faoliyatini baholash va ularga nisbatan 
intizomiy ish qо„zg„atish bо„yicha vakolatlarni qayta kо„rib chiqish kerak. 
Davlat idoralari mansabdorlari shuni chuqur anglab olsinlar: sudlar 
mustaqilligini ta‟minlash masalasi bundan buyon ham shaxsan Prezidentning qattiq 
nazoratida bо„ladi. Sud ostonasiga qadam qо„ygan har bir inson, О„zbekistonda 
adolat hukm surayotganiga tо„la ishonch hosil qilishi kerak. Aks holda, buyuk 
nemis faylasufi Immanuil Kant aytganidek, “Adolat yо„qolgan paytda, hayotning 
qadrini belgilaydigan boshqa hech narsa qolmaydi”. 
Bu haqiqatni hech qachon unutmasligimiz kerak. О„zbekistonda sudyalar 
qonunlarning tolmas himoyachilari, adolatning mustahkam ustunlari bо„lishi 
lozim. 
Oliy sud, Sudyalar oliy kengashi, Adliya vazirligi uch oy muddatda yuqorida 
bildirilgan takliflarni amaliyotga joriy etishni nazarda tutadigan, qonun loyihasini 
kiritsin. 
Ikkinchidan, sud-huquq sohasiga doir asosiy qonun va kodekslar bundan 
deyarli 20-25 yil oldin qabul qilingan bо„lib, hozirgi davr talablariga javob 
bermaydi. 


30 
Shu sababli parlament yaqin yillarda Fuqarolik, Jinoyat, Jinoyat-protsessual, 
Jinoyat-ijro, Ma‟muriy javobgarlik tо„g„risidagi kodekslarni yangitdan qabul 
qilishi maqsadga muvofiqdir. Bu borada, avvalo, tergov va sud amaliyotiga inson 
huquqlari sohasidagi ilg„or standartlarni joriy etishga alohida e‟tibor qaratish 
kerak. 
2017 yil 13 iyun kuni Prezidentimiz SH.Mirziyoyev Sud organlari xodimlari 
bilan uchrashuv о„tkazib nutq sо„zladi (“Qonun va adolat ustuvorligini ta‟minlash 
– barcha ezgu maqsadlarimizga erishishning eng muhim sharti”). Ma‟ruzada 
sohani isloh qilish borasida qator vazifalar belgilandi. Mazkur islohotlar 
Prezidentimizning “О„zbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan 
takomillashtirish 
va 
faoliyati 
samaradorligini 
oshirish 
chora-tadbirlari 
tо„g„risida”gi (2017 yil 21 fevral), “О„zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi 
Sudlar faoliyatini ta‟minlash departamenti ishini tashkil etish tо„g„risida”gi (2017 
yil 10 aprel), “О„zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashini shakllantirish 
tо„g„risida”gi (2017 yil 10 aprel), “Odil sudlov saroyi” kompleksini tashkil etish 
chora-tadbirlari tо„g„risida”gi (2017 yil 18 iyul), “Sud-huquq tizimini yanada 
takomillashtirish va sud hokimiyati organlariga ishonchni oshirish chora-tadbirlari 
tо„g„risida”gi (2018 yil 13 iyul) Farmon va Qarorlarida о„z aksini topdi.
SH.Mirziyoyev Sud tizimini isloh qilish borasida OMga Murojaatnomasida 
(28.12.2018) quyidagi fikrlarni bildirdi: 
Birinchidan, sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta‟minlash 
maqsadida, sudyalikka nomzodlarni tanlash va tayinlash tizimini yanada 
takomillashtirish lozim. 
Sudyalar korpusini shakllantirish tizimini sud hokimiyatining mustaqilligi 
prinsipiga tо„liq moslashtirish, bu jarayonda keng jamoatchilik ishtirokini 
ta‟minlash zarur.
Buning uchun tuman, shahar va viloyat sudi sudyalarini tanlash va tayinlash 
vazifasini Sudyalar oliy kengashi tо„liq о„z zimmasiga olishi maqsadga 
muvofiqdir. Bu borada jamoatchilik fikri va sudyalarning ular oldida hisobot berish 
masalasi о„z ifodasini topishi zarur. 

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin