31
Konstitutsiyada mahalliy hokimiyatning ikki mustaqil organga – vakillik va
ijro hokimiyat organlariga bo‟linishi belgilandi.
„Mahalliy davlat hokimiyati
to„g„risida“ gi Qonunning 1-moddasida
„Viloyatlar, tumanlar va shaharlarda
(tumanga boysunadigan
shaharlardan, shuningdek, shaharlar
tarkibiga kiruvchi
tumanlardan tashqari) xalq deputatlari Kengashlari davlat hokimiyatining vakillik
organlaridir“,
deb aniq belgilab qoyildi. Shahar tarkibiga kiruvchi tumanlarda va
tumanga bo’sunuvchi shaharlarda vakillik organlari tuzilmaydi.
„Xalq deputatlari viloyat, tuman va
shahar Kengashlariga saylov
to„g„risida“ gi Qonunda vakillik organlariga 21 yoshga to‟lgan
fuqarolar
saylanadi. Saylovlar ko„ppartiyaviylik, muqobillik asosida o„tadi. Xalq deputatlari
viloyat va Toshkent shahar Kengashlariga 60 tadan ko„p bo„lmagan, tuman va
shahar Kengashlariga esa 30 tadan ko„p bo„lmagan deputatlar 5
yil muddatga
aylanadi. Mustaqillik yillarida 1994-yildan e‟tiboran har 5 yilda xalq deputatlari
viloyat, tuman va shahar Kengashlariga ko‟ppartiyaviylik,
muqobillik asosida
saylovlar bo„lib o„tdi. Jumladan, 1999-yilgi saylovda
xalq deputatlari viloyat,
tuman va shahar Kengashlariga 6145 nafar deputat saylandi.
Dostları ilə paylaş: