barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. -T.: О„zbekiston, 1997. B. 173.)
.
Mustaqillikning ilk kunlaridanoq davlatimiz О„zRning birinchi Prezidenti
Islom Karimovning tashabbusi va bevosita rahbarligida О„zbekistonda fuqarolik
jamiyatini qurish borasidagi maqsadlarga erishishda siyosiy partiyalarning davlat
va jamiyat qurilishi tizimidagi roli va ahamiyatini tubdan kuchaytirish bо„yicha
izchil, bosqichma-bosqich islohotlar amalga oshirilib, fuqarolik jamiyati
institutlarining, shu jumladan, siyosiy partiyalar, nodavlat va jamoat tashkilotlari
faoliyatiiing hukuqiy asoslari mustahkamlab borilmoqda.
2019 yil dekabrda Oliy Majlisga bо„lib о„tgan saylovlardan oldingi saylovoldi
targ„ibotlarda deputatlik о„rinlari uchun kurashda mavjud partiyalar oldingi saylov
jarayonlariga nisbatan ancha faol, о„zaro raqobat va demokratik kurash yо„liga
о„tganligini kо„rsatdi. Vaqtli matbuot, ijtimoiy tarmoqlar va televidiniyeda partiya
raislarining jonli debatlari partiyalarning saylovchilar bilan bevosita konstruktiv
muloqot va о„zaro raqobat muhitiga kirganligini yaqqol namoyon etdi.
5.Ommaviy axborot vositalari faoliyatining erkinlashtirilishi va
rivojlantirish istiqbollari.
Islohotlarni tadrijiy yо„sinda amalga oshirish strategiyasi boshqa sohalar
qatori ommaviy axborot vositalari faoliyati uchun ham alohida ahamiyat kasb etdi.
Mustaqillikning ilk yillarida aksariyat hollarda matbuot erkinligi masalasiga
о„ta jо„n va biryoqlama munosabatda bо„lingani sir emas. О„sha yillarda sо„z
erkinligining sharti bitta mutlaq erkinlik berilsa bо„ldi, olam guliston, jamiyat
ham, matbuot ham demokratlashadi-qо„yadi degan qarashlar xukmron edi.
42
Vaholanki, real hayot bunday tushunchalarning tamomila aksini kо„rsatdi.
Ommaviy axborot vositalari:
-
jamiyatning ijtimoiy-siyosiy hayotida yetakchi о„rin tutishi, omma bilan
hokimiyat о„rtasida faol muloqot vositasiga aylanmog„i;
-
amalda "tо„rtinchi hokimiyat" darajasiga erishmog„i va shu orqali jamiyatda
oshkoralik muhitini yaratishi, demokratik tamoyillarning keng yoyilishida
jonbozlik kо„rsatishi, matbuotning, demakki, jurnalistning о„rni va ahamiyatini
mustahkamlash uchun, eng avvalo, huquqiy baza, huquqiy muhit yaratilmog„i
zarur edi. О„zbekiston bu borada jahon tajribasida sinovlardan kо„p bor о„tgan eng
tо„g„ri yulni tanladi.
E‟tirof etish kerakki, istiqlol yillarida mamlakatimizda milliy qonunchilik
instituti, professional Parlament tajribasi vujudga keldi, shakllandi. Buni matbuot
va ommaviy axborot vositalari, umuman, jamiyatni axborotlashtirish sohasiga doir
qabul qilingan qonunlar misolida ham kо„rish mumkin. Ikkinchidan, qabul
qilingan va amaliyotga kiritilgan har qanday qonun, u qaysi sohaga daxldor
ekanidan qat‟i nazar, jurnalist faoliyatida yo bilvosita, yo bevosita ahamiyatga ega.
Chunki e‟lon qilingan har qanday yо„nalishdagi, hajmdagi (hatto qisqa
axborotning ham) maqola-materialning salmog„ini muallifning qonunlardan
boxabarlik darajasi belgilaydi. Zero, ana shu sharoitdagina qonun ishlaydi,
hayotga tatbiq etilish kо„lami kengaya boradi, huquqiy meyorlar kundalik
turmushga singadi, nihoyat, qonun bandlarining mumkin qadar keng targ„ib
etilishi yо„lga qо„yiladi. Bevosita ommaviy axborot vositalariga taalluqli turkum
qonunlarga kelsak, jamiyatning erkinlashuvini ommaviy axborot vositalari
ishtirokisiz tasavvur qilib bо„lmaganidek, ommaviy axborot vositalari
erkinlashuvining qonuniy asoslarini yaratmay turib, matbuot sо„ziga tо„laqonli
erkinlik bagishlash ham mumkin emas. О„zRda yaratilgan va hayotga tatbiq etil-
gan, bevosita ommaviy axborot vositalari sohasiga tegishli qonunlar istiqlol davri
milliy jurnalistikasining bosqichma-bosqich zamonaviy maqomlarga kо„tarilishida
ulkan ahamiyat kasb etdi.
Davlatimiz mustaqilligining dastlabki yillaridanoq hayot va davr har bir coxa
vakillari oldiga yangidan-yangi vazifalarni qо„ya boshladi. Jumladan, demokratik
jamiyat qurishning asosiy masalalaridan bо„lmish matbuotni erkinlashtirishning
о„ziga xos xususiyatlarini, talablarini, qonuniyatlarini о„rganish va ularni
amaliyotga tatbiq etish, umuminsoniy va milliy qadriyatlar, manfaatlar
uyg„unligiga erishish, xususan, ommaviy axborot vositalari tizimidagi islohotlarni,
chunonchi, ular faoliyatini erkinlashtirish, nomarkazlashtirish, о„zini о„zi
boshqarish mexanizmini yaratish, ommaviy axborot vositalarini bozor
munosabatlari sharoitida sog„lom raqobat asosida faoliyat yuritishga tayyorlashdek
jarayonlar davri kelgan, bunday serqatlam va murakkab jarayonlarni tartibli, ayni
chog„da samarali tarzda tashkil etish uchun ham, yuqorida takidlanganidek,
ommaviy axborot vositalari tizimini isloh etishning huquqiy asoslarini ishlab
chiqish zarur edi. Shu ma‟noda, 1997 yil milliy matbuotimiz tarixi sahifalariga
alohida sana sifatida kiradi. Shu yili mamlakatimiz Parlamenti tomonidan
"Axborot olish kafolatlari va erkinligi tо„g„risida"gi, "Jurnalistlik faoliyatini
43
himoya qilish tо„g„risida"gi hamda "Ommaviy axborot vositalari tо„g„risida"gi
Qonunlar qabul qilindi.
Matbuot jamiyatning demokratik institutlaridan biri bо„lib, jamiyat oldida
qanday vazifa turgan bо„lsa, matbuot oldida ham ayni shunday vazifa turadi.
Bundan anglashiladiki, turli jamiyatlarga mansub axborot vositalari matbuotning
umumiy prinsiplariga (voqealarni xolis, haqqoniy va vaqtida yoritish) rioya qilgan
holda, jamiyatning taraqqiyot darajasiga qarab, bir-biridan farq qilishi ham mum-
kin. Buni rivojlangan va taraqqiy topgan mamlakatlarning matbuoti bilan milliy
rivojlanish yо„liga endi-endi qadam qо„yayotgan mamlakatlarning matbuoti
misolida aniq kо„rish mumkin.
Mustaqillik davri matbuotidagi izlanishlar, jahon tajribasining ilg„or
namunalaridan ibrat olish mahsuli о„laroq, jurnalist tekshiruvi о„zbek matbuoti
sahifalaridan ham о„rin oldi, jurnalist tekshiruviga ixtisoslashgan jurnalistlar
guruhi yetishib chiqdi.
"Jurnalistlar faoliyatini himoya qilish tо„g„risida"gi Qonun 1997 yil 26
aprelda qabul qilingan bо„lsa, shu yilning dekabr oyida qabul qilingan "Ommaviy
axborot vositalari tо„g„risida"gi Qonunning 9-moddasi ham "Jurnalistik
tekshiruv"ga bag„ishlangani bejiz emas. Avvalgi Qonunning 9-moddasidagiga
nisbatan, yangi Qonunning 9-moddasida jurnalist tekshiruvi birmuncha kengroq
bayon etilgan, ushbu yо„nalishga ixtisoslashayotgan jurnalistlar faoliyati uchun
yanada keng imkoniyatlar berilgan.
Mustaqillik davri matbuotining о„ziga xos xususiyatlari ommaviy axborot
vositalari sonining ortishi, nomarkazlashuvi, mulkiy jihatdan xilma-xillashuvida,
ayniqsa, nodavlat OAVning kо„paya borishida о„z ifodasini topa boshladi. Bunday
holatda ommaviy axborot vositalarini tashkil etish, ular faoliyatini yuritish yoki
tо„xtatish bilan bog„liq munosabatlarga doir huquqiy meyorlarni ishlab chiqish
kechiktirib bо„lmaydigan vazifalardan ekanligi tabiiy. 1997 yil 26 dekabrda qabul
qilingan "Ommaviy axborot vositalari tо„g„risida”gi Qonun ayni shu maqsadlarga
xizmat qildi. Mazkur Qonundagi muhim yangiliklardan biri mamlakatimizda
davom etayotgan jamiyatni erkinlashtirish jarayonlariga bevosita taalluqli edi.
YA‟ni, respublikamizda yuridik shaxslar qatori jismoniy shaxslarga ham ommaviy
axborot vositalarini ta‟sis etish huquqi berilishi mutlaqo yangilik bо„ldi.
"Ommaviy axborot vositalari tо„g„risida"gi Qonunning 3 va 4-moddalari
xalqimizning, xususan, ijodkorlarning asriy orzularini rо„yobga chiqardi, deyish
mumkin. Chunki "Har kim ommaviy axborot vositalarida chiqish, о„z fikri va
e‟tiqodini oshkora bayon etish huquqiga ega”ligi, mazkur huquqiy meyorning
izchil davomi bо„lmish "О„zRda ommaviy axborot vositalarini senzura qilishga
yо„l qо„yilmaydi. E‟lon qilinayotgan xabarlar yoki materiallar oldindan kelishib
olinishini, shuningdek, ularning matni о„zgartirilishini yoki butunlay nashrdan olib
qolishini (efirga berilmasligini) talab qilishga hech kimning haqqi yо„q", deya
belgilanishi axborot sohasida mustabid tuzumdan kolgan eng katta illatga barham
berdi.
Garchi "Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish tо„g„risida"gi Qonun bandlari
jurnalistning ijod chog„idagi va undan oldingi bosqichga daxldor faoliyatiga
44
taalluqli bо„lsada, uning "Jurnalistning javobgarligi" deb atalgan 15-moddasi
jurnalist asarining chop etilgandan keyingi bosqichiga ham bevosita taalluqli.
Unda jurnalistning о„zi tayyorlagan va tarqatgan xabar va materiallarning
haqqoniyligi uchun javobgarligi belgilanganki, mazkur modda hayotga keng tatbiq
etilgani sayin "Senzuraga yо„l qо„yilmaydi" degan moddaning tо„la ishlashiga
imkon yaratadi. Chunki jurnalist yozayotgan sо„zi uchun shaxsiy javobgarligini
chuqurroq va amaliyroq idrok eta borishi, birinchidan, uning shaxsiy salohiyati
ortib borishiga asos yaratsa, ikkinchidan, matbuot sо„zining ta‟sirchanligi,
matbuotning jamiyatdagi nazoratchilik vazifasining sog„lomlashuvi uchun xizmat
qiladi. "Ommaviy axborot vositalari tо„g„risida"gi Qonunning "Raddiya berish va
javob qaytarshi huquqi" deb nomlangan 27-moddasi ham jurnalist sо„zining,
nuqgai nazarining puxta va mustahkam bо„lishiga asos yaratadi.
Mamlakatimizdagi yangilanish jarayonlari zamon va global о„zgarishlar
shiddatiga hamohang tarzda kechmoqda. Ijtimoiy-siyosiy о„zgarishlar, mamlakat
hayotini modernizatsiyalash, jamiyatdagi demokratik evrilishlar, fuqarolik
jamiyati tayanch mezonlarining qaror topishi, jumladan, son va miqyos jihatidan
kengayib borayotgan ommaviy axborot vositalari "maydoni"ning vujudga kelishi
sohaga doir qonunlarni qayta kurib chiqish, zarurat tug„ilgan xollarda ularni yangi
taxrirda qabul qilishga ehtiyoj tug„dirdi. 2007 yilning yanvar oyida yangi taxrirda
qabul qilingan "Ommaviy axborot vositalari tо„g„risida"gi Qonun ana shunday
ehtiyoj mahsuli edi.
Mazkur Qonunning amaldagi Qonunga nisbatan yangiligi nimada?
Avvalo, shuni aytish kerakki, 1997 yili amalga kiritilgan "Ommaviy axborot
vositalari tо„g„risida"gi Qonunga 2002 yilning avgust oyida о„zgartirishlar
kiritilgan edi. 2007 yilning yanvar oyida esa Qonun yangi tahrirda qayta qabul
qilindi. Unda quyidagi yangiliklar bо„ldi:
Qonun shaklan jiddiy о„zgardi, 6 bobning har birida OAV faoliyati bilan
bog„liq alohida bosqichlar qamrab olindi va umumlashtirildi;
-
"Ommaviy axborot vositalari" tushunchasi kengaydi, jumladan, elektron
OAV bilan bog„liq yangiliklar kiritildi;
-
OAV muassisi va muassislari, OAV tahririyati, bosh muharrir, tahririyat
xodimi maqomi mustahkamlandi.
Milliy ommaviy axborot vositalari tizimi, birinchi navbatda, aholining
axborotga bо„lgan ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi. Fuqarolik jamiyatining
asosiy shartlaridan biri jamiyatda erkin axborot almashinuvi jarayonlari
ta‟minlanishidir. Emin-erkin axborot almashinuvi yaratilgan jamiyatgina
"axborotlashgan jamiyat" maqomiga ega bо„ladi. Jamiyat miqyosida kechadigan
turli jarayonlar, munosabatlar an‟anaviy "matbuot" yoki "ommaviy axborot vo-
sitalari" tushunchalariga "sig„maydi", shu bois jahon tajribasida, chunonchi,
keyingi yillarda matbuotga doir ilmiy tadqiqot ishlari va amaliyotda "ommaviy
kommunikatsiya" atamasi keng ommalashmoqda. Amaliy jihatdan olganda,
mamlakatimizda ommaviy kommunikatsiya talablari va ehtiyojlari har jihatdan,
ayniqsa, huquqiy jihatdan zamonaviy talablarga javob berishini ta‟kidlash lozim.
1992 yilning yanvar oyida "Aloqa tо„g„risida"gi Qonunning qabul qilinishi
45
mamlakatda demokratik islohotlar boshlanayotganidan dalolat edi. Zero, aloqaning
huquqiy asoslari mohiyat-e‟tibori bilan jamiyatda ochiq axborot muhiti
shakllanishiga zamin yaratadi. "Axborotlashtirish tо„g„risida"gi Qonun (1993 yil,
may) bu yо„nalishdagi navbatdagi muhim qadam bо„ldi. "Fuqarolarning
murojaatlari tо„g„risida"gi Qonun (1994 yil, may) jamiyatda shaxs huquqining
mustahkamlanishi, uning о„rni, fikri va sо„ziga e‟tiborni yanada kuchaytirishga
xizmat qildi. "О„zRning davlat tili haqida"gi (1995 yil, dekabr), "Mualliflik huquqi
va turdosh huquqlar tо„g„risida"gi (1996 yil, avgust), "Noshirlik faoliyati
tо„g„risida"gi (1996 yil, avgust), "Reklama tо„g„risida"gi (1998 yil, dekabr),
"Telekommunikatsiyalar tо„g„risida"gi (1999 yil, avgust) qonunlar ham bilvosita,
ham bevosita jamiyatda demokratik qadriyatlar va talablarga javob beradigan,
axborot maydonini yaratishga xizmat qiladigan, pirovard natijada, respublikadati
hayot tarzini taraqqiy ettan davlatlar darajasiga kо„tarishga xizmat qiladigan
hujjatlardir.
Zamonaviy taraqqiyotni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT)siz
tasavvur qilish qiyin. Ayni chog„da, shaxs, jamiyat va davlatning axborot
ehtiyojini AKTsiz yо„lga qо„yish qiyin. Davlat boshqaruvi, iqtisodiyot, siyosat,
ilm-fan, madaniyat va san‟at, maishiy sharoit singari inson hayoti bilan bog„liq
jabhalarda sog„lom turmush tarzining qaror topishi kо„p jihatdan AKTga
chambarchas bog„liq. Mana shunday talab va ehtiyojlardan kelib chiqqan holda,
davlatimiz rahbari axborot sohasini isloh qilish, axborot va sо„z erkinligini
ta‟minlashga qaratilgan amaldagi ayrim qonunlarga qо„shimcha va о„zgartirishlar
kiritish, shuningdek, yaxshi qonunlar qabul qilish taklifi bilan chiqdi. Chunonchi,
Prezident tomonidan "Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining
ochiqligi tо„g„risida"gi, "Teleradioeshittirish tо„g„risida"gi, "Ommaviy axborot
vositalari faoliyatining iqtisodiy asoslari tо„g„risida"gi, "Ommaviy axborot
vositalarini davlat tomonidan qо„llab-quvvatlash tо„g„risida"gi Qonunlarni qabul
qilish yuzasidan kiritilgan takliflar har jihatdan muhim va dolzarb ekanligini
alohida ta‟kidlash zarur.
Mamlakat hayotida muhim о„zgarishlar yuz berayotganida, jamiyat
yangilanayotganida ommaviy axborot vositalariga bо„lgan talab keskin oshadi.
Chunki yangi sharoitda boshqaruv tizimi, jamiyatning ijtimoiy-siyosiy tamoyillari,
ma‟naviy-axloqiy qadrishlar о„zgaradi, milliy rivojlanish va taraqqiyotning yaqin-
uzoq istiqbolga mо„ljallangai asosiy yо„nalishlari belgilab olinadi. Matbuot
jamiyatning faol va erkin demokratik institutlaridan biri sifatida yangi g„oyalar
targ„ibotchisiga, jamoatchilik fikrini shakllantirishniig ta‟sirchan, samarali
minbariga aylanadi. Odamlarda jamiyat hayotida, dunyoda yuz berayotgan muhim
о„zgarishlarni matbuot orqali bilishga, ijtimoiy-siyosiy jarayonda faol ishtirok
etishga qiziqish kuchayadi.
Prezident Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan "Mamlakatimizda
demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini
rivojlantirish Konsepsiyasi"da (2010 yil 12 noyabr) parlament faoliyatini. siyosiy
partiyalarning rolini yanada oshirish, partiyalararo raqobatni kuchaytirish va uning
samaradorligiga erishish, fuqarolik jamiyati institutlari hamda ommaviy axborot
46
vositalariga doir huquqiy qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan amalga
oshirilishi lozim bо„lgan asosiy vazifalar belgilab berildi.
Davlatimiz rahbari mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma‟naviy
hayotida erishilgan yutuqlarni, xalqimizning dunyoqarashi va ongi-shuurida,
turmush tarzida, davlat jamiyat shaxs munosabatlarida rо„y berayotgan
о„zgarishlarni tahlil qilish bilan birga, davlatimizning umumiy taraqqiyotini yangi
sifat bosqichiga kо„tarish, xalqimizning hech kimdan kam bо„lmagan farovon
turmushini ta‟minlash, mamlakatda ijtimoiy adolat prinsiplarini tо„la qaror
toptirishga doir hayotning о„zi kun tartibiga qо„yayotgan masalalar yuzasidan
g„oyat muhim takliflarni о„rtaga tashladi.
Globallapguv va raqobat dunyo miqyosida kuchayib borayotgan bir paytda
har bir mamlakat dunyo hamjamiyatida о„zi egallab turgan о„rnini xolis va
tanqidiy baholashi, har tomonlama chuqur о„ylangan, ijtimoiy-iqtisodiy asoslari
puxta ishlab chiqilgan taraqqiyot dasturi hamda uni amalga oshirish strategiyasiga
ega bо„lishi kerak. Prezidentimiz taklif etgan Konsepsiyada mamlakat ijtimoiy-
siyosiy hayotining boshqa muhim masalalari qatori axborot sohasini isloh qilish,
axborot va sо„z erkinligini ta‟minlash, ommaviy axborot vositalari faoliyatini
demokratlashtirish, ularning erkinligi va iqtisodiy asoslarini mustahkamlashga
ham jiddiy e‟tibor berildi.
Mustaqillik yillarida ommaviy axborot vositalarining erkin faoliyatini, sо„z
erkinligini ta‟minlaydigan, demokratik talab va standartlarga mos keladigan
mustahkam qonunchilik bazasi yaratildi. "Axborot erkinligi prinsiplari va
kafolatlari tо„g„risida"gi Qonunning qabul qilinishi odamlarning о„zlari istagan
axborotni hech bir moneliksiz olishini, ayni chog„da, axborotni muhofaza qilish,
shaxs, jamiyat va davlatning axborot borasidagi xavfsizligini ta‟minlash imkonini
berdi. Natijada matbuotimiz sahifalarida sobiq tuzum sharoitida mutlaqo qо„l
urilmagan, hech kim jur‟at etmagan, rasman taqiqlab qо„yilgan kо„plab mavzular,
chunonchi, tanqidiy mushohadalar, qiyosiy tahlillar, ijtimoiy-siyosiy sharhlar
paydo bо„ldi. Mamlakatimizning yetakchi nashrlarida e‟lon qilinayotgan
materiallarning ta‟sirchanligi sezilarli darajada oshdi. Yangi mustaqil matbuot
biroz sustkashlik, qiyinchilik bilan bо„lsa-da, о„zining yangi yо„li va maqomini
topib oldi.
Prezident OAV imkoniyatlarini yanada kengaytirish, ularning jamiyatning
siyosiy, iqtisodiy va ma‟naviy hayotidagi о„rnini mustahkamlash, jurnalistlar
faoliyatini ijtimoiy va huquqiy jihatdan kafolatlash zarurligini yana bir bor kun
tartibiga qо„ydi: "Ommaviy axborot vositalarining mamlakatimizda yuz
berayotgan jarayonlarga turlicha qarashlarni erkin va xolis ifodalashga qodir
bо„lishi, hokimiyat bilan jamiyat о„rtasida xolis vositachi bо„lishi va, muhimi,
inson hamda jamiyat manfaatlarining faol va izchil himoyachisi bо„lishi uchun
professional jurnalistlar va OAV xodimlarini tayyorlash jarayonini qayta kо„rib
chiqish, axborot olish, tahlil qilish, ishlash va yetkazishning zamonaviy usullari va
vositalarini о„zlashtirishda ularga yordam berish zarur"
( Karimov I.A. Demokratik
Dostları ilə paylaş: |