49
va ularga sadoqat bilan amal qilinmoqda. O‟zbekiston BMT kotibiyatining inson
huquqlari va erkinliklariga doir 21 ta deklaratsiya, pakt va konvensiyalarga
qo„shildi.
O‟zbekiston Yevropa Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti hujjatlarini tan oldi
va uning demokratik institut va inson huquqlari bo„yicha
Byurosi bilan inson
huquqlarini himoya qilish sohasida hamkorlik qilmoqda.
O‟zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 13-moddasida O‟zbekistonda
demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko„ra inson, uning
hayoti, erkinligi, sha‟ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz
huquqlari oliy qadriyat
hisoblanadi. Demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va qonunlar bilan
himoya qilinadi, deb belgilab qo„yildi.
Konstitutsiyada qonunlashtirib qo„yilganidek, O‟zbekistonda barcha fuqarolar
bir xil huquq va erkinliklarga ega bo„lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini,
ijtimoiy
mavqeyidan qat‟i nazar, qonun oldida tengdirlar.
O‟zbekiston Respublikasida yagona fuqarolik qabul qilingan, ayni vaqtda
Qoraqalpog„iston Respublikasining fuqarosi O‟zbekiston fuqarosi hisoblanadi.
Konstitutsiyaning 7-bobida respublika fuqarolarining shaxsiy huquq va
erkinliklari quyidagicha ta‟riflab berilgan:
yashash huquqi;
erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqi;
aybsizlik prezumpsiyasi;
shaxsiy hayotga aralashishdan himoyalanish va uy-joy daxlsizligi huquqi;
bir joydan ikkinchi joyga ko„chish huquqi;
fikrlash, so„z va e‟tiqod erkinligi;
fuqarolarning o„z huquq va manfaatlariga daxldor bo„lgan
hujjatlar bilan
tanishib chiqish huquqi;
vijdon erkinligi.
Mazkur huquq va erkinliklarga har bir shaxs ega bo„ladi hamda o„zi
tomonidan mustaqil amalga oshiriladi. Inson hayoti qonun bilan qo„riqlanadigan
muqaddas qadriyatdir.
Insonning shaxsiy huquq va erkinliklari O‟zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasi, „Fuqarolik kodeksi“ (1995
-yil 21
-dekabr), „Fuqarolaruing
murojaatlari to„g„risida“ (1994
-yil 6-may), „Fuqarolar muhofazasi to„g„risida“
(2000-yil 26-may), „Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to„g„risida“
(1998
-yil 1
-
may kuni yangi tahrirda qabul qilingan) va boshqa qonunlar bilan kafolatlangan.
Dostları ilə paylaş: