Demokratik saylov tizimining huquqiy asoslari. Davlat hokimiyatining
birdan bir manbayi xalqdir. Demokratik huquqiy davlatda xalq hokimiyatchiligi,
asosan, vakilliklar yo„li bilan, ya‟ni hokimiyat organlari umumxalq saylovlari
orqali amalga oshiriladi. Davlat ahamiyatiga ega bo„lgan muhim masalalar xalq
muhokamasiga taqdim etiladi, referendumga qo„yiladi.
Odamlarning saylov huquqini, o„z xohishrodasini erkin ifodalash, o„z
manfaatlarini ro„yobga chiqarish va himoya qilish huquqini ta‟minlash uchun
haqiqiy shart-sharoit, qonuniy-huquqiy zamin yaratib berish demokratiyaning eng
muhim tamoyilidir.
Demokratiyaning bosh talabi bu erkin va adolatli saylovlardir. O‟zbekistonda
xalqaro huquq andozalari va talablariga, ilg„or chet el tajribasiga mos saylov
qonunchiligi
yaratildi.
O‟zbekistonda mustaqillikning dastlabki yilida
,,O‟zbekiston Respublikasining referendumi to„g„risida“ (1991-yil 18-noyabr) va
„O‟zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to„g„risida“ (1991-yil 18-noyabr)
Qonunlari qabul qilindi.
O‟zRning fiiqarolari vakillik organlariga saylash va saylanish huquqiga
egadirlar. Har bir sayiovchi bir ovozga ega. O‟z xohishrodasini bildirish tengligi
va erkinligi qonun bilan kafolatlanadi.
O‟zRda Prezident saylovi, hokimiyatning vakillik organlari saylovi umumiy,
teng, to„g„ridan to„g„ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‟li bilan
o„tkaziladi. O‟zbekiston Respublikasining 18 yoshga to‟lgan fuqarolari saylash
huquqiga egadirlar (O‟zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 117-modda.)
Saylovlar haqida, saylov o„tkazish tartiblari to„g„risida bir qator qonunlar
qabul qilindi. „O‟zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to„g„risida“gi
(1993-yil 28-dekabr), „Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga
saylovlar to„g„risida“gi (1994-yil 5-may), „Fuqarolar saylov huquqlarining
kafolatlari to„g„risida“gi (1994-yil 5-may) Qonunlar shular jumlasidandir. 1997-
yildan boshlab amaldagi saylov qonunlariga, referendum to„g„risidagi qonunga bir
qator o„zgartirishlar kiritildi, bo„lajak saylovlar uchun zarur huquqiy asoslar
yaratildi.
O‟zbekistonda saylovlarni tashkil etish uchun mustaqil Markaziy saylov
komissiyasi tuziladi. Uning maqomi va ish yuritish tartibi 1998-yil 30-aprelda
qabul qilingan „Markaziy saylov komissiyasi to„g„risida“gi Qonunda belgilab
qo„yildi. Shuningdek, O‟zbekiston Respublikasi Prezidenti va Oliy Majlisga
saylov o‟tkazuvchi okrug va uchastka saylov komissiyalari tuziladi. Saylov
uchastkalari kamida 20 nafar va ko„pi bilan 3000 nafar saylovchidan iborat etib
tuziladi. Masalan, 1999-yilda saylovlarni tayyorlash va o„tkazish uchun
respublikamizda 7684 ta saylov uchastkalari tuzildi.
Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylovni tashkil etish
ishlarini viloyat, tuman va shaharlarda tuziladigan saylov komissiyalari bajaradi,
saylovlar okrug va uchastka komissiyalari tomonidan o„tkaziladi. Saylov organlari
o„z faoliyatida qonuniylik, kollegiallik, oshkoralik, mustaqillik, adolatlilik
prinsiplariga rioya qiladi.
53
Respublika saylov tizimi saylov kunigacha 18 yoshga to„lgan har bir
fuqaroning ovoz berishda bevosita ishtirok etishini ta‟minlaydigan demokratik
tamoyillarga asoslanadi. Sud tomonidan huquqiy muomalaga layoqatsiz deb
topilgan yoki sud hukmiga ko„ra ozodlikdan mahrum etilgan shaxslar saylovlarga
qatnasha olmaydilar.
O‟zbekistonda saylovlar umumiy va tenglik prinsipiga asoslanadi. Buning
ma‟nosi shuki, har bir saylovchining ovozi teng, ya‟ni har bir saylovchi bitta
ovozga ega.
Fuqarolar ijtimoiy kelib chiqish, irqiy yoki milliy mansubligi, jinsi,
ma‟lumoti, tili, dinga munosabatidan qat‟i nazar teng saylov huquqiga ega.
Saylovchilar saylov uchastkalariga teng, erkin kirish imkoniyatiga ega.
O‟zbekistondagi saylovlar nomzodni to„g„ridan to„g„ri, bevosita saylashni
ta‟minlovchi saylovlardir. Buning ma‟nosi shuki, Prezident, Oliy Majlis va
mahalliy vakillik hokimiyatiga saylovlarda fuqarolar bevosita ishtirok etadi,
AQShda Prezidentni saylash uchun avval saylovchilar tanlanadi, keyin ana shu
tanlangan vakillar Prezident saylovida qatnashadilar.
Saylovlarda yashirin ovoz berish ta‟minlanadi, ovoz beruvchining
xohishrodasini nazorat qilishiga yo„l qo„yilmaydi. Saylov uchastkalarida ovoz
beriladigan, byulletenlar to„ldiriladigan alohida xonacha – kabinalar tuziladi.
Xonachada ovoz beruvchidan boshqa biron-bir kishining bo„lishi man qilinadi.
Byulletenni mustaqil to„ldirish imkoniga ega bo„lmagan saylovchi o„z xohishiga
ko„ra, saylov komissiyasi a‟zosidan boshqa biror shaxsni xonachaga taklif etishi
mumkin.
Saylovlar bir mandatli okruglarda hududiylik tamoyillari bo„yicha
o„tkaziladi.
O‟zbekistonda saylovlar ko„p partiyaviylik prinsipida o„tkaziladi.
O‟zbekiston Prezidentligiga, Oliy Majlis deputatligiga nomzod ko„rsatish huquqi
siyosiy partiyalarga, Qoraqalpog„iston Respublikasi Jo„qorg„i Kengesi, Toshkent
shahar va viloyatlar xalq deputatlari Kengashiga va fuqarolar tomonidan
shakllantiriladigan tashabbuskor guruhlariga berilgan. Fuqarolarning o„zini o„zi
boshqarish organlari xalq deputatlari tuman va shahar kengashlari deputatligiga
nomzod ko„rsatish huquqiga ega. Respublika bo„yicha barcha darajalardagi
davlat hokimiyati vakillik organlariga 7 mingdan ziyod deputatlar saylanadi. Har
bir deputatlik o„rniga kamida 3-4 tagacha nomzodlar qo„yiladi va ular o„rtasida
qizg„in bahs, kurash ketadi.
O‟zbekistonda saylov natijalari eng demokratik majoritar usulda aniqlanadi.
Saylov natijasida saylovda qatnashganlarning 50 foizi + 1 ovoz olgan nomzod
saylangan
hisoblanadi.
Agar
saylovchilarning
ro„yxatiga
kiritilgan
saylovchilarning yarmidan kami saylov yoki referendumda ishtirok etgan bo„lsa,
saylov yoki referendum o„tmagan deb hisoblanadi.
Basharti saylov okrugi yoki uchastkasida saylov o„tmagan deb topilsa,
nomzodning saylanganligini aniqlash imkoni bo„lmasa qo„yilgan nomzodlardan
birontasi 50 foiz + 1 ovoz ololmasa takroriy saylov o„tkaziladi. Takroriy saylov
asosiy saylovdan keyin ko„pi bilan bir oy ichida o„tkaziladi. Takroriy saylovda
54
ovoz berish asosiy saylov o„tkazish uchun tuzilgan saylovchilarning ro„yxatlari
bo„yicha o„tkaziladi, ovoz berish byulleteniga asosiy saylovda boshqalarga
nisbatan ko„proq ovoz olgan ikki nomzod kiritiladi, oddiygina ko„p ovoz olgan
nomzod yutib chiqadi.
Sо„nggi yillarda SH.Mirziyoyev boshliq yangi О„zbekiston hukumati inson
huquqlarini himoya qilish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish borasida qator
amaliy chora tadbirlarni amalga oshira boshladi. Sohada qabul qilingan qator
normativ xujjatlar buni yaqqol kо„rsatib turibdi. Ulardan eng muhimlarini keltirib
о„tamiz:
2016 yil 28 dekabr – “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan
ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar tо„g„risida”
О„zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni (PF-4904) qabul qilindi. Unga
kо„ra Qoraqalpog„iston Respublikasi, viloyat, shahar va tumanlarda О„zR
Prezidentining Dostları ilə paylaş: |