Gidrometriya fani, predmeti, tadqiqot ob’ekti, tadqiqot usullari. Fanning maqsadi va vazifalari, qisqacha rivojlanish tarixi. Gidrometriyaning amaliy ahamiyati. Gidrometrik kattaliklar va ularni turli o‘lcham birliklari tizimlarida ifodalash.
Gidrologik stansiyalar va postlar tarmog‘i. Gidrologik kuzatishlar tizimi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi gidrometeorologiya xizmati markazi (O‘zgidromet) va uning asosiy vazifalari. Gidrologik stansiyalar va postlar tarmog‘ini tashkil etish va ularni joylashtirishning asosiy tamoyillari. Gidrologik kuzatish tarmoqlari tasnifi.
Daryolar, ko‘llar, suv omborlari va boshqa suv ob’ektlarining suv sathi rejimi haqida umumiy ma’lumotlar. Suv sathini kuzatishning mohiyati. Suv sathini kuzatish joylari (postlari) tuzilishining asosiy prinsiplari va ulardagi balandlik hisob tizimlari. Suv o‘lchash postlarining turlari va ularning tuzilishi. Oddiy va uzatma suv o‘lchash postlari. Suv o‘lchash postlarida maksimal (eng baland) va minimal (eng past) suv sathlarini kuzatish, aniqligini oshirishga mo‘ljallangan asbob-uskunalar va qurilmalar.